Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Gavharoy
1-avgust JUDA hayajonli kun abiyuriyent uchun
Esimda hali hamon birinchi bora imtixonga kirganimda qollarim qaltiragandi.Umid qilgandm talabasi bolishga afsuski Yoq yiqilish talabalikka tavsiya etilmadim.Juda kop yigladim qayta topwirmiman oqishga dedim lekin qayoda yana tayyorlandim yana 1-avgust keldi yana topshirdim eee yana yiqildim busafar ham oxwamadi hamma kitob daftarlarimni yoqib tawladim jahl qldm oqimayman ddm qayoda yana sentyabrdan oqidim tayyorlandm yana 1-avgust keldi imtixonga kirdm 3-yili ham oxshamadi.Juda tushkunlikka tushdim
Qarangki 3-yil Fargona universitetiga metodika yonaliwiga kirolmadm 130ham toplolmadm 4-yil esa yonalishimni ozgartdim va nihoyat man O’zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasiga kantrakt asosida oqishga kirdim buni aslo unutmayman mana 3-kurs boldim inson hech qachon toxtamasligi kere faqat maqsad aniq bolsa inson albatta erishadi orzulariga Buyilgi abituriyentlarga Omad tiliman talaba bolish nasib etsin InshaAllah
Абутеринтларимиз зерикиб колишябди
Otgan yilidan boshlab 1avgustlarim tinch va hayajonsiz otmoqda sababi 4yil deganda institutga 1oʻrin grand boʻlganman
Mansab baribr insonni ozgartirarkan!
1-август жуда хаяжонли жуда огир 6-йил кирганман. Тайёрланавериб кийналиб кетганман лн Оллохга шукр хозир хаммаси яхши. Мани фикримча абитуриентлардан хам кора ота оналар жудаям кийналади фарзанди окишга киролмаса
Shovkatbek
Assalomu aleykum xishnud aka testlar qachon buladi
Shovkatbek
Imtihonlar 15 buladi deyishopti shu rostmi
Abu Safiya
Fakulterimi o'zgartirmoqchidim pragrammasi ishlamayapti yaxshi biladiganla yoki shu pragrammani ishlatkanla bormi yordam berila iltimos
2018-yil 1-avgust. Bu yil imtihonlar 15 kunda bo‘ladigan bo‘ldi. Baxtni qarangki meni imtihon kunim 1-avgustga bo‘ldi.
Ustozlarim imtihonga shpargalka hech qachon olib kirib bo‘maydi endi deb qulog‘imga quygani uchun yonimda hujjatimdan bo‘lak hech nima olmadim.
Imtihon darvozasidan birinchi tekshiruvda melitsioner akamiz titib ko‘rib hechnima topa olmay so‘radi: kalkulyatoring bormi deb. Men esa ha bor dedim . Melitsioner aka ham chindan ishonib qani deb so‘radila men esa qo‘lim bn boshimni ko‘rsatdim.
Xullas imtihonga qushdek emas qushdan ham yengil bo‘lib kirib chiqib talaba bo‘ldim alhamdulillah
Qadrli abiturientlar bilimingizga ishoning. Albatta talaba bo‘lasiz inshaaloh!!!
Тест топширишга борган вақтимда шошилиб ручка олмай борган эканман. 2000- йиллари ручкани ўзимиз олиб борар эдик. Ёнимда турган бир болада 4 та руча бор экан. Илтимос қилиб битта ручкасини олиб тест белгилаганман ва менга ручкасини қизғанмай берган бола билан 4 йил бир группада ўқиганман!!!!
Салом Жаноб Хушнудбек кечирасизу лекин ёдингизда бўлса 2011 йилдаги тест синовари ҳам айрим сабабларга кўра 2 августга кўчирилганди бунга 9 йил бўлди......
Ozoda Choriyeva
Hammani o'ziga bog'liq demak siz asl yo'nalishizda o'qimagansiz. Lekin shaxsan menga o'sha siz aytayotga diplom va u beradigan huquq juda kerak va u hech qachon keraksiz bo'lib qolamydi...
Xoʻoʻoʻsh ana hamma muhokamalar oxiriga yetib,jurnalistlikka ham qadam qoʻyadigan kuniz aniq boʻlibti. Yangilikladan koʻngliz toʻldimi, vahimaga berilib ketmadizmi singlimga oʻxshab. Omad tilayman hammalarizga
Suxrob Hayitov
Xoʻoʻoʻsh ana hamma muhokamalar oxiriga yetib,jurnalistlikka ham qadam qoʻyadigan kuniz aniq boʻlibti. Yangilikladan koʻngliz toʻldimi, vahimaga berilib ketmadizmi singlimga oʻxshab. Omad tilayman hammalarizga
Katta rahmat ... Haa balki jurnalistikaga topshirganimda siz aytayotgan vohimaga tushardim😔men jurnalistikaga topshirdim demadim Jurnalist bo'laman dedim Xudo xohlasa... singliz jurnalistikaga topshirgan bo'lsa OMAD Alloh yor bo'lsin unga havasim keldi... 😊
Suxrob Hayitov
Iyee qovunni tushirivoribmanku, qaysiga topshirgansiz sir boʻlmasa
Hechqisi yo'q. Sir emas Ko'o'p yozuvchilar o'qigan yo'nalishga O'zbek tili filalogiyasiga...
Haqiqatda ham yqxshi jurnalist boʻlish uchun oʻzbek filologiyasini yaxshi bilish kerak, sizni oldin aytgan gapizni tushindim endi. Jurnalistika uchun eng toʻgʻri yoʻl aslida bu. Jurnalistika fakultetiga topshirsayiz yaxshi jurnalist boʻlish imkoniyatizni keskin kamaytirivorgan boʻlardiz. Juda toʻgʻri tanlov 👍