Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.
Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида
арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.
Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.
Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.
Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.
Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.
❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.
👉 @xushnudbek 👈
Avval kvartiraga qõyganlar hozirgi kunda virusdan qõrqib qõymayapdi. Qimmat kvartirada turganlar ishlamasa iloji yõq õqimasdan turib MARDIKORLIKKA yoki boshqa shu kabi ishlarda ishlab kelgan va hozirda ham ishlamoqda bu qachongacha davom etadi hudo biladi.
Arzon kvartira qurmasdan turib ta'lim sifati haqida gapirish qanchalik tõg'ri bilmadim.
Talabalar Toshkentga oʻqishga kelib ish izlashyapti buni sababi albatta kvartira qimmatligi va yotoqxona yoʻqligi tufayli albatta!
Taklifga keladigan bólsak, hozirda kim kóp uy qurib sotayotgan tadbirkorlar kóp. Talabalarda ikta muammo mavjud: turar joy va qatnov transporti. Ularga yengillik yaratish uchun quyidagi ishlar amalga oshirilsa maqsadga muvofiq:
1. Shahar ichida bósh yerdan oliygoh byudjetidan(super va mupper kontrakt) hisobidan TTJ qurilsa, yoki tadbirkorlarga yer ajratilsin ular qurishsin va ularga imtiyizli kredit bersin. Albatta tadbirkorlar bundan foyda kuradi!
2. Talabalar uchun alohida transport berishsin, qurilgan TTJga borishlari uchun. Buni ham oliygoh óz byudjetidan yoki buni ham tadbirkorga berishsin. Albatta bu ishlar shaharlarda ijara narxini tuwishiga va jamoat transportida talabalarning vaqti ótib ketishiga ham yordam beradi.Albatta, yuqorida qurilgan TTJ va talabalarga ajratilgan transport narxi insof bilan belgilansa.
Misol uchun TDYUda super kontrakt 300 mlnga yaqin. Bunday pulni beradigan "aqlli" puldorlar ham yetarlicha. Ushbu universitet moliyaviy baquvvat bólsada, talabalarning juda oz qismini TTJ bn ta'minlaydi.
Beshinchidan uzoq viloyatlardan keladigan talabalarni birinchi navbatda TTJga joylashtirish zarur.O'zim ham guvohi bo'ldim Toshkent shahridagilar kvartirasi bo'lsa ham universitetga yaqin deb pul berib TTJga joylashib olyabdi.Chekka hududlardan kelgan talabalar esa ming azobda kvartira izlab qimmat narxlarda turishyabdi.
Meni soxam farmatseftika shuning uchun xuquqiy soxada sal no'noqroqman. GM Manapolist ekanini, olib sotarligi yoki bir vaqtlar GMni rivijlantiriah uchun import avtomobillarga juda katta to'lovlar joriy etilganini o'zingiz xam ko'p aytgansiz.
Xattoki prezident xam GMning narxlariga tanqidiy qarab qimmat ekanini takidladilar.
GM shu darajada xalqning yoki prezidentning xam gapi o'tmaydigan katta kuchga tegishlemi yoki xalqning yonini olishi kerak bo'lgan partiyalar birdaniga GMning tarafiga o'tib uning savdo siyosati maxfiy deya chiqishiga qaraganda yuqori mansabdorlarning GM dan olib turadigan bo'lag(yoxud porasi)i bormi.
Mansabdorlarning mol mulklari qayerdan kelganligi surishtiriladi deb surishtiruv boshlangandi u xam to'xtab qoldi.
Siz bu soxada bilimleroqsiz, mavzuga oid bulmasa xam vaqt ajratib shu masala bo'yicha fikr bildirsez yaxshi bo'lardi
Таклифим шуки юкоридаги каби холатлар келиб чикканда, квартира эгасигамас шартнома буйича куйилган( уша квартира яшаётган) талабаларни жавобгарликка тортиш керак, негаки хамма килган килмиши учун жавоб берсин, шу каби масалаларни хам курб чикиш керак.
Ва яна шуни хам кулимча киламанки квартира эгаси квартирантга уйини кай ахволда топширябди ва кабул килишда хам шу ахволдан купам фарк килмаган холда кабул килиш шартлари киритилса хамда шуни хисобига квартира нархларини тушишига олб келинса, колаверса квартира яшаётганларга хам масулият буларди деб уйлиман, яьни уз уйидек тоза озода яшарди, яьни маданий ва маьнавий саводхонлик хам ошишига сабаб булса ажаб эмас.
Хаммага рахмат, мен узим хам талабаман, курб билиб юрганларимдан хулоса килиб айтябман, кимгадур ёкмаса узур, лекин афсуски хар томонлама саводсиз ёшларимиз, талабаларимиз куп.
2) kechki, sirtqi va magistratura bosqichlarida to'liq masofaviy ta'limga bosqichma-bosqich o'tish.
3) Talabalarni ijaraga qo'ygan ijarachilarga daromad solig'idan imtiyoz qo'llash yoki ijaradan keladigan daromadni soliqqa tortishni bekor qilish.