This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Yaxshi muammoni kótarib chiqibsiz, qoil!
Taklifga keladigan bólsak, hozirda kim kóp uy qurib sotayotgan tadbirkorlar kóp. Talabalarda ikta muammo mavjud: turar joy va qatnov transporti. Ularga yengillik yaratish uchun quyidagi ishlar amalga oshirilsa maqsadga muvofiq:
1. Shahar ichida bósh yerdan oliygoh byudjetidan(super va mupper kontrakt) hisobidan TTJ qurilsa, yoki tadbirkorlarga yer ajratilsin ular qurishsin va ularga imtiyizli kredit bersin. Albatta tadbirkorlar bundan foyda kuradi!
2. Talabalar uchun alohida transport berishsin, qurilgan TTJga borishlari uchun. Buni ham oliygoh óz byudjetidan yoki buni ham tadbirkorga berishsin. Albatta bu ishlar shaharlarda ijara narxini tuwishiga va jamoat transportida talabalarning vaqti ótib ketishiga ham yordam beradi.Albatta, yuqorida qurilgan TTJ va talabalarga ajratilgan transport narxi insof bilan belgilansa.
Misol uchun TDYUda super kontrakt 300 mlnga yaqin. Bunday pulni beradigan "aqlli" puldorlar ham yetarlicha. Ushbu universitet moliyaviy baquvvat bólsada, talabalarning juda oz qismini TTJ bn ta'minlaydi.
Assalomu alaykum hammaga. Xushnudbek aka yaxshi taklif berdi.Men shu taklifga qo'shimcha qilsam.Birinchidan talabalarga uy topib beradigan platforma bilan birgalikda tekin maklerlik qiladigan nodavlat notijorat tashkilotlarni ochsak yaxshi bo'lardi.Va bu tashkilotlar davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi zarur.Ikkinchidan shu talabalar turar joylarini imkon qadar ko'p qavatli binolarda joylashtirilsa ya'ni 2.3 etajli TTJlar o'rnida 5.6etajli TTJlar qurish kerak.Uchinchidan talabalarga nafaqat turar joy balki ish bilan ta'minlab beradigan platformani ishga tushirish davr talabi.To'rtinchidan talabalarni amaliyotga jalb qilish faqat to'rtinchi kursda amalga oshiriladi, meni taklifim yozda yozgi ta'til o'rniga yozgi amaliyotni o'tash uchun OTM va Oliy ta'lim vazirligi tomonidan viloyatlarga ishga yuborilsin. Ham talabani budjetiga foyda ham malaka oshiradi.
Beshinchidan uzoq viloyatlardan keladigan talabalarni birinchi navbatda TTJga joylashtirish zarur.O'zim ham guvohi bo'ldim Toshkent shahridagilar kvartirasi bo'lsa ham universitetga yaqin deb pul berib TTJga joylashib olyabdi.Chekka hududlardan kelgan talabalar esa ming azobda kvartira izlab qimmat narxlarda turishyabdi.
Meni yana bir savol qiynaydi.
Meni soxam farmatseftika shuning uchun xuquqiy soxada sal no'noqroqman. GM Manapolist ekanini, olib sotarligi yoki bir vaqtlar GMni rivijlantiriah uchun import avtomobillarga juda katta to'lovlar joriy etilganini o'zingiz xam ko'p aytgansiz.
Xattoki prezident xam GMning narxlariga tanqidiy qarab qimmat ekanini takidladilar.
GM shu darajada xalqning yoki prezidentning xam gapi o'tmaydigan katta kuchga tegishlemi yoki xalqning yonini olishi kerak bo'lgan partiyalar birdaniga GMning tarafiga o'tib uning savdo siyosati maxfiy deya chiqishiga qaraganda yuqori mansabdorlarning GM dan olib turadigan bo'lag(yoxud porasi)i bormi.
Mansabdorlarning mol mulklari qayerdan kelganligi surishtiriladi deb surishtiruv boshlangandi u xam to'xtab qoldi.
Siz bu soxada bilimleroqsiz, mavzuga oid bulmasa xam vaqt ajratib shu masala bo'yicha fikr bildirsez yaxshi bo'lardi
Таклифингизга кушиламан ва кушимча равишда шуни таклиф киламанки, квартирага куйилган талабалар хам ёш гудак бола хаммаси вояга етган, шунинг учун квартирага куйилган талабалар бн шартнома килингандан кейин хамма масулиятни уларнинг узларига куйиш керак, яьни хамма хам бир хил эмас кимлардкр тогри тоза озода тигч яшацди, кимлардур эса кингирликлар килиб яшацди. Уша кингирликлар килганларни квартира эгасигамас, шартнома килинган талабалар зиммасига юклаш керак. Чунги квартира эгалари талабаларни куйишга куркб колганлари куп, яьни улар бундан панд еган, куйган талабалари кандайдур жиноятми(енгил турдаги) ёки шунга ухшаш шовкин кутариш тинчликни бузиш шу кабилар содир булганда квартира эгасини хам жарима тортиш ва шунга ухшаш холатлар мавжуд.
Таклифим шуки юкоридаги каби холатлар келиб чикканда, квартира эгасигамас шартнома буйича куйилган( уша квартира яшаётган) талабаларни жавобгарликка тортиш керак, негаки хамма килган килмиши учун жавоб берсин, шу каби масалаларни хам курб чикиш керак.
Ва яна шуни хам кулимча киламанки квартира эгаси квартирантга уйини кай ахволда топширябди ва кабул килишда хам шу ахволдан купам фарк килмаган холда кабул килиш шартлари киритилса хамда шуни хисобига квартира нархларини тушишига олб келинса, колаверса квартира яшаётганларга хам масулият буларди деб уйлиман, яьни уз уйидек тоза озода яшарди, яьни маданий ва маьнавий саводхонлик хам ошишига сабаб булса ажаб эмас.
Хаммага рахмат, мен узим хам талабаман, курб билиб юрганларимдан хулоса килиб айтябман, кимгадур ёкмаса узур, лекин афсуски хар томонлама саводсиз ёшларимиз, талабаларимиз куп.
Viloyatlarda unchalik bilinmaydi. Poytaxtda judayam qiyin. Belgilab qóysa bólarmikin narx ni 🤔🤔🤔
Talabalarni darsdan tashqari vaqtda mutaxasisligi bo'yicha hech bo'lmasa 0.5 stavka ish bilan ta'minlashga e'tibor qaratish kerak. Uy joy masalasi bo'yicha faqat talabalar uchun hostel va motellarni arzonlashtirishi va har bir oliy o'quv yurtining qabul kvotasi bo'yicha yotoqxona hajmini kengaytirish kerak deb o'yliyman. Hozirgi vaqtda eng ma'qul yo'l shu bo'lsa kerak. O'qiganlar uchun rahmat!
Baxtiyor Ochilov
Ассалому алайкум яхши жуда зур мавзуни кутарибсизлар рахмат бу масалани хал килиш учун давлат томонидан имтиёзли кредет ажратилиши керак ва албатта инсофи бор курилиш корхоналарига бу ишни топшириш керак Жиззахдан Бахтиёр Очилов
Assalomu Allaykum! Barchamiz pandemiya paytida online talimni sharoit taqoza etgan vaziyatda ammalyotda sinab koʻrdik va bu oʻzini unchalik ham oqlamadi. Mening fikrimcha shu tizimda qilgan hatolarimizni tahlil qilib va ortirilgan tajribaga tayyanilgan holda horij tajribalarini oʻrganib qaytadan universitetlar imkoniyatidan kelib chiqib joriy etish lozim. Shunda u byudjetda uqiydimi yoki kantraktda uyida ota onasini oldida talim olishadi. Bunda ham talabada yotoxona muommosi bulmaydi yana bir jihat talaba bilan uqituvchi oʻrtasida bevosita jonli kontakt bulmasligi korrupsiyaviy holatlarniyam oldini oladi.
1) Talabalar uchun shahar ichida va shahar tashqarisida (kelgusida OTMlar iloji boricha shahar tashqarisiga joylashtirilishi tarafdoriman) foydalanilmayotgan yerlardan kontynerlardan noananaviy dizaynga ega bo'lgan talabalar yotoqxonalari qurish
2) kechki, sirtqi va magistratura bosqichlarida to'liq masofaviy ta'limga bosqichma-bosqich o'tish.
3) Talabalarni ijaraga qo'ygan ijarachilarga daromad solig'idan imtiyoz qo'llash yoki ijaradan keladigan daromadni soliqqa tortishni bekor qilish.
Жой топиш муаммомас гап пулида ковоти канде килиб 10 миллион контракт тулавоткан талаба яна 300$ долларга арендада туради Бир хафтадан буен курсдошларим квартира кидирвомиза 200 300дан ками йук
Assalomu alaykum! Talabalarni uy bn taʼminlash uchun websayt va ilova dasturlash kerak. Unda talabalar arzon narxlarda oʻzlariga mos uy tolishi mumkin boʻlsin. Albatta bu uylar faqat talabalar uchun boʻlishi shart
Assalomu alaykum! Talabalar turar joyi hozirgi kunda dolzarb muammo. Xushnudbek Xudoyberdiyevning yuqoridagi fikriga qo'shilaman, ya'ni talablarni turar joyga bo'lgan ehtiyojini O'zbekiston sharoitida qondirishni imkoni deyarli nolga teng. Chunki O'zbekistondagi OTMlarning deyarli hammasidan 50 ta talaba qabul qilinishi kerak bo'lgan o'rinda 80 ta talaba o'qiydi. Ko'rinib turibdiki turar joy muammosi shundoq ham bor, hozirgi kunda menimcha asosiy muammo talabalarni turar joyi muammosida emas asosiy muammo ta'lim "sifat"ida. Misol tariqasida oladigan bo'lsak Oxford universitetida 24000 talaba tahsil olsa, 15000 ta o'qituvchi dars beradi, nisbat esa 1.6 atrofida. O'zbekistonda esa O'zMU misolida olsak 16000 ta talaba va 1182 ta o'qituvchi nisbat esa 13.5 ga teng. Ma'lumot uchun O'zMU O'zbekiston Respublikasidagi reytingi eng yuqori universitet(qolgan OTM larni tasavvur qildingiz degan umiddaman). Mana misol uchun agarda ta'lim sifati xalqaro standartlarga javob bermasayam sal shunga yaqinroq bo'lsa, men eng qimmat kvartiradayam turib o'qishga tayyorman(boy oiladan emasman). Chunki OTM dan olayotgan bilim bilan ertaga xohlagan tashkilotimda ishlashga ko'zim yetmaydi. Endi xulosa qilsak, 4 yil davomida hostellarda turib o'qisangiz-u olgan bilimingiz bilan xuddi o'sha hostelni oddiy xodimi (qorovulmi shunga o'xshash) bo'lib ishlasangiz bunaqa joyda yashab o'qishdan sizga ne foyda...? Sizgaku foydasi tegib qolar bir joyda, lekin davlatga bunaqa kadrlardan,yoshlardan ne foyda??? Davlat sizningcha shunaqa avlod bilan rivojlanadimi? Shuning uchun ko'proq urg'uni turar joy muammosiga emas ta'lim sifatiga qaratsak, zero ko'pchilik bir yoqadan bosh chiqarsa hech bo'lmasa shuni foydasi bo'lar.
Yolg'iz qariya va nuroniylarga ham biriktirish mumkin talabalarni.Talaba joyli bo'ladi.Qariyalarga qarashadi osh ovqat kir chiriga.
Yaxshi fikr bir taklif bor iloji borichi talabalar yotoqxonasini qaysi ta'lim muassasasida o'qisa shunga yaqin yoki ichida qurish kerak.Sababi sarson bo'lishi kerakmas talabalar.
Tojiboyev Abbosbek
Assalomu alaykum hammaga. Xushnudbek aka yaxshi taklif berdi.Men shu taklifga qo'shimcha qilsam.Birinchidan talabalarga uy topib beradigan platforma bilan birgalikda tekin maklerlik qiladigan nodavlat notijorat tashkilotlarni ochsak yaxshi bo'lardi.Va bu tashkilotlar davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi zarur.Ikkinchidan shu talabalar turar joylarini imkon qadar ko'p qavatli binolarda joylashtirilsa ya'ni 2.3 etajli TTJlar o'rnida 5.6etajli TTJlar qurish kerak.Uchinchidan talabalarga nafaqat turar joy balki ish bilan ta'minlab beradigan platformani ishga tushirish davr talabi.To'rtinchidan talabalarni amaliyotga jalb qilish faqat to'rtinchi kursda amalga oshiriladi, meni taklifim yozda yozgi ta'til o'rniga yozgi amaliyotni o'tash uchun OTM va Oliy ta'lim vazirligi tomonidan viloyatlarga ishga yuborilsin. Ham talabani budjetiga foyda ham malaka oshiradi. Beshinchidan uzoq viloyatlardan keladigan talabalarni birinchi navbatda TTJga joylashtirish zarur.O'zim ham guvohi bo'ldim Toshkent shahridagilar kvartirasi bo'lsa ham universitetga yaqin deb pul berib TTJga joylashib olyabdi.Chekka hududlardan kelgan talabalar esa ming azobda kvartira izlab qimmat narxlarda turishyabdi.
Текин маклерлик билан хеч ким шугулланмаслиги мумкин лекин анча арзонрок килишса( талабалар учун) яхши буларди. Ёзги практика масаласи ажойиб, таьлим билан амалиётни узвиц боглашимиз керак
Akmal Farmonov
Фақат талабалар учун фикр қилсак мақсадга эришилмайди, Ҳаммани уйли бўлиши учун ечим топиш керак. Иши бор ОДАМда уй муаммоси бўлмаслиги керак.
Кеча манетта биттаси ётокхонадан сокка хакида гопрудимо? Эшиттилами?
Man guruh ochgandim @studentlargakvartira degan.

Asosiy maqsad- talabalar bir-birlariga qayerda qanday joy borligini guruhda ulashadi...

Guruhda qancha ko'p talabalar bo'lsa, joy topilish ehtimoli shuncha ortadi
압두까허르
Makler degan narsani yo'qotsin shuni o'zi yetadi bazi bir kivartira qo'yadiganlar makler bilan kelishib u buni baxona qlib chiqarib yuborib ya'na boshqasini olib kelib soqqa qiladi
Show next 100 comments