Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.
Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида
арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.
Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.
Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.
Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.
Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.
❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.
👉 @xushnudbek 👈
2) kechki, sirtqi va magistratura bosqichlarida to'liq masofaviy ta'limga bosqichma-bosqich o'tish.
3) Talabalarni ijaraga qo'ygan ijarachilarga daromad solig'idan imtiyoz qo'llash yoki ijaradan keladigan daromadni soliqqa tortishni bekor qilish.
Asosiy maqsad- talabalar bir-birlariga qayerda qanday joy borligini guruhda ulashadi...
Guruhda qancha ko'p talabalar bo'lsa, joy topilish ehtimoli shuncha ortadi
1. E'lonlarda ko'rinyaptiki ijaraga qo'yuvchilar asosan 'zags'li oilalarni ijaraga qo'yishni hohlaydi. Talabalarni qo'yishni istamaydi - bunga turli sabablar bor albatta. Ijaraga aynan talabalarni qo'ygan xonadon egalari uchun soliq, va h. kabi to'lovlarga davlat tomonidan yengillik berilishi kerak. Aynan talabalar turishi haqda kontrakt taqdim etilsa ko'pchilik to'lovlardan ozod etilsa yoki yengillik berilsa talabalarni uylariga qo'yuvchilar soni oshishi mumkin. Buning Qonuniy loyihasi ishlab chiqilsa foydasi tegadi.
2. Unverstetlar bo'limlarini viloyatlarda tashkil qilish kerak , toki boshqa viloyatlardan kelib Toshkentda o'qishga majbur bo'lishmasin.
3. Talabalarning bo'sh vaqtda ishlashiga ruxsat berilishi kerak: faqat ayrim tashkilotlar yoki muassasalardan tashqari barcha joyda ishlashlariga qonuniy ruxsat berish kerak. Qaysi kursda o'qishidan qati'y nazar. Moliyaviy o'z o'zini ta'minlasa har tomlama muommolar kamayadi.
4. "Talabalarni kechikib kelsa darsga kiritmaslik" tartibini qati'yan man etish kerak !! ( xorijda bunday tartib umuman yo'q) Kech kelsa ham darsga kiririlsa talaba uzoqroqda masalan Toshkent viloyatida yashab bo'lsa ham qatnab o'qiydi.
5. Davlat bo'sh turgan binolarni talabalar uylariga aylantirishi kerak ( vaqtinchalik bo'lsa ham)
6. Yoshlar faqat biznes qilishi un emas !!! yashab ta'lim olishi un ham ko'p moliyaviy kreditlarni jalb qilish kerak. Aynan Talabalarga ko'proq kreditlar berilishi kerak. Bilimli kadrlar davlat rivojlanishi un juda muhim.
7. 'Talabaga joy ber" degan turli aksiyalar o'tkazish kerak: xalqimiz orasida saxovatpesha insonlarni aynan talabalarga joy topib berishga yordam qilishga chaqirish uchun turli tadbir va harakatlar uyushtirish kerak - "medsenat grantlari" kabi.