This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
AKHMEDOV
Xushnidbek aka bit gapno noto'gri aytdiz talabalarga maqsadli kvartiralar qurish vaqt o'lsa ham to'liq qoplamasa ham qurish kerak.. faqat bugunning muommosi bo'lib qolmaydi bu..
Давлат ётоқхоналар қуриш учун қанча зарур бўлса шунча маблағ ажратиши керак ва талабалар учун мутлақо бепул бўлиши шарт.Келажак ёшларники ҳаммамизнинг болаларимиз бор.Эртанги президент,вазир,шифокор,ўқитувчи ва барча касб эгалари ёшлар-ку? Нима учун кўпгина самарасиз лойиҳаларга ажратилган маблағ ётоқхоналар қуриш учун топилмаяпти?
シ ℳγ ℳ๐τHεℜ 彡 ℳγ LιFε ツ
Енгил конструксияли уйлар,еки Занготадаги контейнерлардан фойдаланиш керак
Шунга ухшаш нарсалардан фойдаланса яхши боларди шахарни уртасида контейнер эмас, балки янги бинолар куриб топширишса яхши боларди
Qaysi oliy o'quv yurtiga bo'lishidan qat'iy nazar yuqori ball bilan kirgan talaba Toshkentga kelganidan so'ng birinchi bo'lib uning ro'hiyatini sindiradigan holat bu uning "kvartira" topa olmasligi, ikkinchisi esa, oliy o'quv yurtiga qatnab yo'lda umri o'tib ketayotganidan vijdon azobi va universitetdagi tizimdir. Misol uchun Tdyuda yotoqxona joy kamligidan talabalarini yarmidan ko'pi koko'chada sarson. Turli oliy o'quv yurtini 5 6ta talabasi 1 yoki 2 xonali kv da palon pulga turganidan kiyin dars sifati qanday bo'lardi. Meni subyektiv fikrim shuki, talabalarga o'qish tizimini masofaviy yoki ananaviy tanlash imkonini berish kerak va talabni qattiq qo'yish zarur. Hududlarga optik tolali WiFi larni olib borish maqsadga muvofiq. Har holda bu yotoqxona qurib berishdan arzonroq tushadi. Shunda o'zida xohish bo'lgan, yuqori ball to'plab kirgan talabaning ro'hiyati sinmasdan o'z uyida fanni samarali o'rganishi davom ettirishi mumkin. Qani endi imkon bo'lsa Universitetning ichida talabalarga qulay yotxona va ichida sport bilan qisman mashxo'l bo'lishlari uchun dala sport maydonchasi qurib berilsa(JIDU dagidek, Shaxsan men JIDU kutibxonasida ertalabgacha dars qilib chiqqan xolatlarim ham bo'lgan, chunki kutubxonasi 24 soat ishlaydi va boshqa talabalarga ham kirishga ruxsat berardi. O'qishni xoxlagan talablar uchun ajoyib qulaylik.) Xullas hamma oliy o'quv yurtida bunday imkoniyatni qilish imkonsiz. Shu sababli yuqoridagi fikrimni maqullayman.
Хоразм
Таклифим талабаларни ижарга куйган ижарачиларни даромад солигидан озод килиш буйича карор чикариш назоратини давлат хизматларигами ё бошкагами юклаш юклаш МИБ буганда улар бцларди
Хушнудбек сизга раҳмат. Талабалар учун энг кўп қайғурадиган инсонлардан бирисиз. Мен талаба эмасман. Талабалик даври қийинчиликларини тушунаман. Битта таклиф электрон излаш яхши. Кимдир жой борлигини айтади. Кимдир жой кераклигини ёзади. Ажойиб
Rustamjon
Талабалар бу борада сарсон саргадон.Хеч ким бу маслада чин дилдан бош қотирмайди. Бу масалага давлат даражасидаги эътибор керак.Фақат квоталарни ошириш эмас,балки уларнинг ўқиши учун заруршароитлар ҳам яратиш керак.Хусусий тадбиркорларни шу сохага жалб қилиш керак.Уларга имтиёзлар бериш керак.Шахсан мени 3 нафар фарзандим талаба. Мен учун бу мухим масала,чунки муаммларни ўз кўзим билан кўриб турибман
Asslaom alaykum. Talabalar turar joyi kerak, ularga sharoit yaratiw kerak digani bilan muammolar hal bolavermaydi. Hamma narsa faqat ogizda qolib ketmasligi shart va zarur. Koproq joy ajratiw kerek. Tjy borasidayam faqat birinchi kursda beriladi( undayam judaham qiyin oliw muammolar) yana 2kursdayam soni cheklangan va uzoq joydagi yotoqxonadan joy ajratiladi. Kvartirlar borasida esa judayam kop muammoli vaziyatlar. Oquv joyiga yaqin kvlar qimmat. Uzoq joydagilar bilan bir xil. Yaqindagilarni qimmatligini tuwunsa boladi lekin uzoq masofaga yana yol haqi tolab boriw har qanday talaba uchun qiyin bolsa kerak. Shuning uchun uzoqdagi kvlar arzonlawtirsa yaxshi boladi
Menimcha uch taraflama shartnoma qilish kerak. OTM ijarachi va talaba oʻrtasida. Talabaga uy topishda yordamlashadi va ijara pulini maʼlum bir qismini talab beradi. Hammasini emas. Talabaga yotoqxona uchun toʻlov miqdoricha qoldirib qolganini OTM toʻlashi kerak juda boʻlmaganda. Agar OTM byudjeti koʻtarsa hammasini talab berishi kerak. Uy qurishdan koʻra shunisi maʼqulroq.
JULAYEV JASUR
Talabalar shaharchasi ni qurilganini oʻzi katta bir ish ekan.
Xuddi shunday yana bir , yoki bir necha shahar cha qurish kk, aynan bir necha instituti yonida emas, balki shahar chetidan boʻlsa ham boʻladi, buni xususiy sektorga berish kerak, banklar ushbu uylarni moliya lashtirib foizga (MB stavkasida) bersin, kim toʻlaydi?
Bosh.toʻlovni institut larni oʻzi yoki davlat, qolganini talabalarni oʻzi oyma oy toʻlab borish kk, bir talab 4 yil yashasa oʻsha uyda yashagan davrini , qolganini undan keyingi talabalar toʻlab boraveradi, talabalar turar joyi mustahkam va kichik roq boʻlsa boʻldi, ortiqcha infratuzilma shartmas.
シ ℳγ ℳ๐τHεℜ 彡 ℳγ LιFε ツ
Каранг хурматли хукук химоячиси,биргина етокхонага шунча пул сарфлаб укиетган талабалар билан кандай килиб коррупциясиз жамият курмокчи буляпсиз,хайронман.
Talabalar turar joyi degan Vazirlik tashkil qilish kerak.Keyin shu Vazirlik ga talabalarni azo qilish kerak.Bundan tashqari har oy talabalar bilan ijara mavzusida yig'ilish o'tkazish kerak, yana havsiz ijara degan oylikni tashkil qilish kerak.hullas ,faqat hammasi qog'ozda qolib ketadigan ishlarni amalga oshirish kerak.
ANORBOYEV AZIZBEK
Ассалому алайкум таклифим
Мен уша институт якинида талабалар турар жойи қуриш
Здравствуйте уважаемый Хушнудбек! Я мама студента и еще дочка в 11 классе также собирается поступать ВУЗ в Ташкенте живем в г.Нукус . Очень актуальная тема жилье для студентов тем более у кого 2и3 дети учатся в Ташкенте конечно это и в областях проблемы который надо обратить внимания но в Ташкенте особенно т.к Вузы основное количество находится там. Я часто посещаю ваш канал в телеграмме ваши посты актуальны и полезны. Надо искать выходы проблем и они обязательно найдутся просто их необходимо донести к властям так чтобы они обратили внимание, вид победили же КовиД. Предложение почему бы пустующим общежитиям реорганизованных коледжей, лицеиев пустующих от туристов хостелов, гостиниц ,пустых помещений некоторых объектов не организовать временно на год и даже на два года организовывать жилье для студентов с освобождением различных налогов или привилегий в услугах . Наша страна на пути большого будущего и студты часть будущего почему они должный мучается с чемоданами в руках . С большой надеждой от властей ,целой армий депутатов и таких людей как вы очень надеюсь что будет большой шаг к решениям этой больной проблемый как для студентов так и их родителям с уважением мама студента Роза апа.
Assalomu aleykum fikrimmi aytadigan bolsam o'zim Sharqshunoslik Universiteti talabasiman, yotoqxona Universitetdan uzoqroq (ichida joylashmagan), undan tashqari moddiy texnik bazasini yanada yaxshilash hamda turar joy sigimini oshirish kerak deb o'ylayman
Nimaga bizda qanaqadir yomon voqea sodir bo'lgandan keyin shu mavzudagi hamma jonlanib baland parvoz gaplarni aytishni boshlaydi.Huddi deputatlarimizga o'xshab.😁
Alisher Rajabov
Nimaga bizda qanaqadir yomon voqea sodir bo'lgandan keyin shu mavzudagi hamma jonlanib baland parvoz gaplarni aytishni boshlaydi.Huddi deputatlarimizga o'xshab.😁
Oka rostdan man fardu talabasi man oʻzim buxorolik Fargʻonada kelib yotoqxona soʻrasam yotoqxona yoʻq deyishdi hozir ijaraga ijara yuribman xudoga shukur zato osmonimiz musaffo
Hamma gap mablagga borib taqaladi. Manashu yotoqxonalar mablag topib, hox budjet hisobidan bolsin hox xususiy sektir bolsin yotoqxonalarni qurdiyam deylik. Lekin sariflanga mablaglarni qanday qoplanadi manashu muammo. Tallabalarga bolgandan keyin albatta arzon yoki tekin bolishi kerak. Tekin yoki foyda keltirmaydigan loyixa qaysi investirni tadbirkorni qiziqtiradi.
EVEREST 3008
"TALABALIK OLTIN DAVRIM"
Hammasi yaxshi bo'ladi bugun bo'lmasa ertaga.
Show next 100 comments