Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
шокиров камол жумаевич
Шу худуддан контракт асосида укийдиган талабаларга беринглар,иложи булса.
Avvalambor assalomu alaykum hammaga jumladan Xushnud aka sizga. Bu qilinayotgan ehsonlar olloh yo'lida qabul bo'lsin. Juda ko'p fikrlar bildiryapti ko'rib xursand bo'ldim. Hammalari o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishyapti, lekin shunday bo'lsada bu fikrlarning eng maqbulini tanlashgina asosiy yechim bo'la oladi deb o'ylayman! 200 million bilan keng qamrovli aynan nima qilish mumkin? Quyudagicha ko'radigan bo'lsak asosan bu yerda bildirilayotgan fikrlar: 1)kam ta'minlanganlarga pul ajratish (haqiqatdan ham boshqalarga nibatan ko'proq qiynalayotgan)-2 milliondan 100 ta oilani, 2)o'qiydiganlarini kontrak pulini ko'tarish uchun 10 milliondan bo'lgan taqdirda hozirgi kunda bundan oshiqroq misol uchun 1 yilligini 20 ta yoshni, 3)masjid, bog'cha, maktab yoki boshqa bolalar maydonchasi uchun bu pulning o'zi 200 million menimcha kamlik qiladi bu ham noodatiyroq. Yana ko'pchilik bu yerda umumiyroq deyishapti gaz, svet ta'minoti 4)1 ta podstansiya qurish 100 million o'rtacha 200 tagacha aholini ta'minlasa, 2 tasi maksimum 400 ta xonadon. 5)gaz ta'minotiyam shundayroq. Endi o'zim uchun optimal bo'lgan variant to'grisi o'zim u yerda sharoitni ko'rmagam bo'lsamda yaqin oshnam o'sha yerda 1 oy davomida xalq xizmatida bo'lib qaytdi asosiy muammo sifatida suv muammosini aytib o'tdi. Demak bu variantga keladigan bo'lsak yerdan toza ichimlik suvini qazib chiqazish asosan suv bilan ko'proq muammolarga uchrayotgan aholi joylar uchun bitta quduq suvni 15 metrgacha bo'lgan joydan qazib chiqazish uchun o'rtacha 5 million mablag' ketadi. Shunday quduq suvlardan 40 tasini qazib chiqazish mumkin. Menimcha 1 ta sining o'zi bilan ancha xonadonni mushkulini oson qilish mumkin aynan ichimlik suvi muammo bo'layotgan joylar uchun!!! Bu albatta mening shaxsiy fikrim, noto'g'ri fikrlagan bo'lsam avvaldan uzr!
1 ta uyda 3 4 xujalikturadiganlarxam deganim
HAQIYQATDAN NOCHOR OILALARGA BERILISHI KERAK.
Qanday aloqaga chiqsak buladi Xushnudbek siz bilan
Sardobaliklardan haqiqatdan qiynalgan va tabiiy ofatdan zarar kòrgan talabasi bor talabalarni kantraktini tòlasa bòladi bu meni fikrim.
E'zozjon Allamurodov
Assalomu alaykum pulni davlat ishida ishlamaydiga,ehtiyojmand,
boquvchisi yuq oilalarga tarqatish kerak.
Ассалому алайкум, Хушнуд ака аввалом бор шу ишга кул урганингиз учун Аллохнинг чексиз рахматига мушарраф булинг.Шахсий фикрим, биринчидан бу масалада Ислом уламоларидан хам бир катор маслахат олсангиз кайсидур маънода тугри булар эди. Иккинчидан ЯПОНИЯ хам уруш пайтида илм беришни тухтатмаган. Шундай экан Сардобаликларнинг илимини, билимини, яна хам зиёда килишга сарф килсангиз яхши булар эди. Маслахат сураганингиз учун катта рахмат.
Assalomu alekum. Bitta kicikroq bulsada, lekin sifatli xizmat kursatadigan MED PUNKT yoki POLIKLINIKA quriliwiga sarflang. Tegiwli joylarga murojat qilib, quriliw ucun bepul joy olib, yigilgan pulni quriliwga sarflang, agar yetmasa, xayriya aksiyalari utqizib kerakli pulni xudo xoxlasa yigsa buladi.
Assalomu alekum!
Meni fikrimcha bu pullarni bror maishiy texnika sotadigan firma (masalan Artel ) bilan kelushuv imzolab. Jabir korgan oilalarga maishiy texnikani kredit asosida sotib olishda boshlangich summasini tolab berish kerak.
Shunda kopchikikka yordam qilsa boladi va salmoqli arzigulik nimadur olsa boladi. Albatta olish istagini bildirgan oilalarga. Xar bir oila menimcha kredirni qolgan summasini tolashga ozi xarakat qiladi va uddalaydi.
Faqat mayshiy texnika sotadigan firma bilan xam kamroq foyiz asosida kelishuvga erishish darkor.
Xushnud aka keling bir narsa xaqida oylasak. Sardoba xalqiga prezedend hukumat halq tomonidan yordamlar talaygina boldi. Menimcha yetarli bolmasa ham yetarli. Shu pullarni sardobalik talabalarning kantrakti uchun iwlataylik. Albatta muhtoj oiladan chiqqan talabalarga. Yetmasa bittadan yangi kastum shim olib beraylik. Shunisi maqul. Kadrlar muhim deb hisoblayman.
Talabalar omon bosin.
Uwbu komentni oqigan bolsaiz Yana Bir gap. Bor bosaiz javobini yozib qoyin
Assalawma aleykum. Menimcha eng maqbul variant Sardobalik talabalarning kontrakt puliga ótkazish
Assalomu alaykum! Xushnudbek Aka. Gapingiz to'g'ri, hammaga pulni yetkazib taqsimlab bo'lmaydi. ( Yetkazilgan taqdirda ham kopga yetmaydi). Pul xalqning yarimiga berilsa, qolgan aholi bizga nega berilmadi???, deya o'ylashi mumkin... Bunday vaziyatda iloji boricha, yig'ilgan mablag'ni Sardobaliklarning barchasiga, teng foyda keltiradigan narsa uchun ishlatish lozim. Yoki ta'lim sohasi, uy joy qurilishi, yangi korxona, yo bo'lmasa, kam taminlangan oilalar uchun tarqatish mumkin. Aynan hozirgi vaqtda aholining o'zi nimaga ko'proq muhtojligini bilgan holda, bir to'htamga kelish lozim..
TashbayevaNilufarIsroilovna
Хушнудбек уша хисоб ракамини ташланг маслахат солавермай хар ким химматини килсин 200мингта одам бор экан телеграм каналингизда бу 2 миллиард пул дегани
Meni fikrim ishsiz, boquvchisini yo'qotgan kamtaminlangan oilalarga tarqatish kerak
Hamma Qatori Menda Ham Shu Fikr. Oilalarga Ish Orin kichik Biznes Yani Kichik Tadbirkorlik qilib berish kerak. Tikuv mashina Olib Berib Ularning Mahsulotlarini Katta Firmalarga Biriktirish Lozim. Bu ish ancha Samarasini Beradi. Kõproq Uyda Ŏtirib ishlaydiganlarga Berish lozim. Aynisa Muhtoj Oilalarga Shunday Qilsaylar Juda Yaxshi Bolar edi. Ham Ayollarga Staj Qilsaylar Bu undan Ham Yaxshi. BILMADIM HAYOLIMGA SHUNDA FIKR KELDI. MENIMCHA ANCHA OPTIMIST FIKR BŎLDI.
Assalomu Alaykum!
Boshlagan hayrli ishlarizni va shu ishlar uchun be'etibor bo'lmaganlardan hamda o'z xissalarini qo'shganlardan Alloh rozi bo'lsin!
Bu pullar haqiqqatdan ham hamma jabrlanganlarga "xamir uchidan patir" bup qoladi. (Kamchiliklariga yetarli bo'lmaydi).
Manimcha, bu pullarga doimiy foyda keltirib turadigan "FAOLIYATLAR" qilib (ochib) berish kerak. Bo'sh joylar yetarlicha bor.
Ishga muxtojlarni shu "FAOLIYATLARGA" birlashtirib qo'yilsa, maqsadga muofiq bo'lardi. Oilasiga ham Xalqga ham foydasi tegadi. Rahmat!
Xolisa
Maktab boqcha davlati vazifasi qilib beradi uzi y6q qilgandan keyin haqiqatdan nochor oylalarga azgina yordam qilsa sigirmi q6ymi olib berilsa bollari boqib alloh barakasini bersa kupaytrib ahvoli unglanadi dib uylayman
Assalomu alaykum.
Siz gapingiz boshida Sardoba fojeasi uchun dib boshlagansiz. Aynan aksiya ham shundan song boshlangan. Demak bu aynan ularga tegishli Alloh tomonidan berilgan rizq siz orqali ularga yetkaziladi. Ozim Fargonadan. Lekin masalani 2 tarafi bor kordik bildik oqidik. Sardoba uchun yegilgan ba'zi summalar, kiyim kechak va shunga oxshash buyumlar otda botta qolganini.
Sizga maslahat berishim mumkin va bu shaxsiy fikrim.
Nazlimda pullarni otasi yoq mushtoqlarga berilgani ma'qul. (Sardoba fojeasida qatnashganlar ) uchun.
Alloh ozi madadkor va hayrli qilsin.
Avval iqtisodiy tomonni o'ylash kerak ,qorni to'q , uyi bor odamni xayoli ko'proq o'qish, ilm o'rganishda bo'ladi, uy masalasida yordamni tezlashtirish kk
20 та корамол олиб беринг 20 та оила учун. 5 та фарзанди бор 20 та оилага
Show next 100 comments