Маслаҳатингиз керак
Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция
ташкил қилгандик.
Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами
19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак,
203 млн сўм бўлади.
Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.
Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни
бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.
Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами
70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса
10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги
20 минг сўмдан тўғри келади.
❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак.
Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.
👉 @xushnudbek 👈
boquvchisi yuq oilalarga tarqatish kerak.
Meni fikrimcha bu pullarni bror maishiy texnika sotadigan firma (masalan Artel ) bilan kelushuv imzolab. Jabir korgan oilalarga maishiy texnikani kredit asosida sotib olishda boshlangich summasini tolab berish kerak.
Shunda kopchikikka yordam qilsa boladi va salmoqli arzigulik nimadur olsa boladi. Albatta olish istagini bildirgan oilalarga. Xar bir oila menimcha kredirni qolgan summasini tolashga ozi xarakat qiladi va uddalaydi.
Faqat mayshiy texnika sotadigan firma bilan xam kamroq foyiz asosida kelishuvga erishish darkor.
Talabalar omon bosin.
Uwbu komentni oqigan bolsaiz Yana Bir gap. Bor bosaiz javobini yozib qoyin
Boshlagan hayrli ishlarizni va shu ishlar uchun be'etibor bo'lmaganlardan hamda o'z xissalarini qo'shganlardan Alloh rozi bo'lsin!
Bu pullar haqiqqatdan ham hamma jabrlanganlarga "xamir uchidan patir" bup qoladi. (Kamchiliklariga yetarli bo'lmaydi).
Manimcha, bu pullarga doimiy foyda keltirib turadigan "FAOLIYATLAR" qilib (ochib) berish kerak. Bo'sh joylar yetarlicha bor.
Ishga muxtojlarni shu "FAOLIYATLARGA" birlashtirib qo'yilsa, maqsadga muofiq bo'lardi. Oilasiga ham Xalqga ham foydasi tegadi. Rahmat!
Siz gapingiz boshida Sardoba fojeasi uchun dib boshlagansiz. Aynan aksiya ham shundan song boshlangan. Demak bu aynan ularga tegishli Alloh tomonidan berilgan rizq siz orqali ularga yetkaziladi. Ozim Fargonadan. Lekin masalani 2 tarafi bor kordik bildik oqidik. Sardoba uchun yegilgan ba'zi summalar, kiyim kechak va shunga oxshash buyumlar otda botta qolganini.
Sizga maslahat berishim mumkin va bu shaxsiy fikrim.
Nazlimda pullarni otasi yoq mushtoqlarga berilgani ma'qul. (Sardoba fojeasida qatnashganlar ) uchun.
Alloh ozi madadkor va hayrli qilsin.
Hokimiyatga biriktirilgan KATTA KUTUBXONA tashkillashtirishni maslahat beraman.
Энг огрикли нуктасини уша ерда яшаб турган ахоли билади.
"Och odamg baliq tutib bergandan, baliq tutishni o'rgatgan" ma'qul deganlariday,Uzbekistondagi vaziyatdan kelib-chiqib, Prezidentimizning qarshiliklariga qaramay, xaliyam korrupsiya, poraxorlik,ortiqcha byurakratiya va otangga bor, onagga bor bo'lib turgan vaqtda shu pullarga kichikroq joyni ijaraga olib, qiyin vaziyatda qolgan yurtdoshlarimizni og'irni yengil qiladigan, ularni ortiqcha sarsongarchilkdan qutqarib, poraxorlardan ximoya qilib, davlatimiz tomonidan ularga ajratilgan qonuniy, ijtimoiy yordamlarini uz vaqtida va adolat bilan olishlarini ta'minlaydigan bir joy qilsangiz, ko'pchilikni og'irini yengil qilgan bo'lardingiz, bu ishni boshlash, umuman yo'lga qo'yish qiyin bo'ladi, lekin sizdan umidmiz katta!