Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Ассалому алайкум, Хушнуд ака аввалом бор шу ишга кул урганингиз учун Аллохнинг чексиз рахматига мушарраф булинг.Шахсий фикрим, биринчидан бу масалада Ислом уламоларидан хам бир катор маслахат олсангиз кайсидур маънода тугри булар эди. Иккинчидан ЯПОНИЯ хам уруш пайтида илм беришни тухтатмаган. Шундай экан Сардобаликларнинг илимини, билимини, яна хам зиёда килишга сарф килсангиз яхши булар эди. Маслахат сураганингиз учун катта рахмат.
Assalomu alekum. Bitta kicikroq bulsada, lekin sifatli xizmat kursatadigan MED PUNKT yoki POLIKLINIKA quriliwiga sarflang. Tegiwli joylarga murojat qilib, quriliw ucun bepul joy olib, yigilgan pulni quriliwga sarflang, agar yetmasa, xayriya aksiyalari utqizib kerakli pulni xudo xoxlasa yigsa buladi.
Assalomu alekum!
Meni fikrimcha bu pullarni bror maishiy texnika sotadigan firma (masalan Artel ) bilan kelushuv imzolab. Jabir korgan oilalarga maishiy texnikani kredit asosida sotib olishda boshlangich summasini tolab berish kerak.
Shunda kopchikikka yordam qilsa boladi va salmoqli arzigulik nimadur olsa boladi. Albatta olish istagini bildirgan oilalarga. Xar bir oila menimcha kredirni qolgan summasini tolashga ozi xarakat qiladi va uddalaydi.
Faqat mayshiy texnika sotadigan firma bilan xam kamroq foyiz asosida kelishuvga erishish darkor.
Xushnud aka keling bir narsa xaqida oylasak. Sardoba xalqiga prezedend hukumat halq tomonidan yordamlar talaygina boldi. Menimcha yetarli bolmasa ham yetarli. Shu pullarni sardobalik talabalarning kantrakti uchun iwlataylik. Albatta muhtoj oiladan chiqqan talabalarga. Yetmasa bittadan yangi kastum shim olib beraylik. Shunisi maqul. Kadrlar muhim deb hisoblayman.
Talabalar omon bosin.
Uwbu komentni oqigan bolsaiz Yana Bir gap. Bor bosaiz javobini yozib qoyin
Assalawma aleykum. Menimcha eng maqbul variant Sardobalik talabalarning kontrakt puliga ótkazish
Assalomu alaykum! Xushnudbek Aka. Gapingiz to'g'ri, hammaga pulni yetkazib taqsimlab bo'lmaydi. ( Yetkazilgan taqdirda ham kopga yetmaydi). Pul xalqning yarimiga berilsa, qolgan aholi bizga nega berilmadi???, deya o'ylashi mumkin... Bunday vaziyatda iloji boricha, yig'ilgan mablag'ni Sardobaliklarning barchasiga, teng foyda keltiradigan narsa uchun ishlatish lozim. Yoki ta'lim sohasi, uy joy qurilishi, yangi korxona, yo bo'lmasa, kam taminlangan oilalar uchun tarqatish mumkin. Aynan hozirgi vaqtda aholining o'zi nimaga ko'proq muhtojligini bilgan holda, bir to'htamga kelish lozim..
TashbayevaNilufarIsroilovna
Хушнудбек уша хисоб ракамини ташланг маслахат солавермай хар ким химматини килсин 200мингта одам бор экан телеграм каналингизда бу 2 миллиард пул дегани
Meni fikrim ishsiz, boquvchisini yo'qotgan kamtaminlangan oilalarga tarqatish kerak
Hamma Qatori Menda Ham Shu Fikr. Oilalarga Ish Orin kichik Biznes Yani Kichik Tadbirkorlik qilib berish kerak. Tikuv mashina Olib Berib Ularning Mahsulotlarini Katta Firmalarga Biriktirish Lozim. Bu ish ancha Samarasini Beradi. Kõproq Uyda Ŏtirib ishlaydiganlarga Berish lozim. Aynisa Muhtoj Oilalarga Shunday Qilsaylar Juda Yaxshi Bolar edi. Ham Ayollarga Staj Qilsaylar Bu undan Ham Yaxshi. BILMADIM HAYOLIMGA SHUNDA FIKR KELDI. MENIMCHA ANCHA OPTIMIST FIKR BŎLDI.
Assalomu Alaykum!
Boshlagan hayrli ishlarizni va shu ishlar uchun be'etibor bo'lmaganlardan hamda o'z xissalarini qo'shganlardan Alloh rozi bo'lsin!
Bu pullar haqiqqatdan ham hamma jabrlanganlarga "xamir uchidan patir" bup qoladi. (Kamchiliklariga yetarli bo'lmaydi).
Manimcha, bu pullarga doimiy foyda keltirib turadigan "FAOLIYATLAR" qilib (ochib) berish kerak. Bo'sh joylar yetarlicha bor.
Ishga muxtojlarni shu "FAOLIYATLARGA" birlashtirib qo'yilsa, maqsadga muofiq bo'lardi. Oilasiga ham Xalqga ham foydasi tegadi. Rahmat!
Xolisa
Maktab boqcha davlati vazifasi qilib beradi uzi y6q qilgandan keyin haqiqatdan nochor oylalarga azgina yordam qilsa sigirmi q6ymi olib berilsa bollari boqib alloh barakasini bersa kupaytrib ahvoli unglanadi dib uylayman
Assalomu alaykum.
Siz gapingiz boshida Sardoba fojeasi uchun dib boshlagansiz. Aynan aksiya ham shundan song boshlangan. Demak bu aynan ularga tegishli Alloh tomonidan berilgan rizq siz orqali ularga yetkaziladi. Ozim Fargonadan. Lekin masalani 2 tarafi bor kordik bildik oqidik. Sardoba uchun yegilgan ba'zi summalar, kiyim kechak va shunga oxshash buyumlar otda botta qolganini.
Sizga maslahat berishim mumkin va bu shaxsiy fikrim.
Nazlimda pullarni otasi yoq mushtoqlarga berilgani ma'qul. (Sardoba fojeasida qatnashganlar ) uchun.
Alloh ozi madadkor va hayrli qilsin.
Avval iqtisodiy tomonni o'ylash kerak ,qorni to'q , uyi bor odamni xayoli ko'proq o'qish, ilm o'rganishda bo'ladi, uy masalasida yordamni tezlashtirish kk
20 та корамол олиб беринг 20 та оила учун. 5 та фарзанди бор 20 та оилага
OPTIMIST
Assalomu alaykum.
Hokimiyatga biriktirilgan KATTA KUTUBXONA tashkillashtirishni maslahat beraman.
ZIYODA MIRANVAROVNA
Ассалому алайкум. Менинг таклифим Сардоба ахолиси билан сухбатлашиб,бориб у ердаги шароитни урганиб сунгра бир хулосага келиш керак.
Энг огрикли нуктасини уша ерда яшаб турган ахоли билади.
Пул етса Агро техника олиб беринглар, битта ишчи ёллаб богдорчилик дехкончиликда уларга хозир жуда керакли нарса.
Assalomu aleykum, Xushnudbek aka haqiqatdan xam jabrlanganlar soni juda xam ko'pchilikni tashkil qiladi, naqt pul shaklida bu 20.ming dollar urvoq xam bolmaydi.
"Och odamg baliq tutib bergandan, baliq tutishni o'rgatgan" ma'qul deganlariday,Uzbekistondagi vaziyatdan kelib-chiqib, Prezidentimizning qarshiliklariga qaramay, xaliyam korrupsiya, poraxorlik,ortiqcha byurakratiya va otangga bor, onagga bor bo'lib turgan vaqtda shu pullarga kichikroq joyni ijaraga olib, qiyin vaziyatda qolgan yurtdoshlarimizni og'irni yengil qiladigan, ularni ortiqcha sarsongarchilkdan qutqarib, poraxorlardan ximoya qilib, davlatimiz tomonidan ularga ajratilgan qonuniy, ijtimoiy yordamlarini uz vaqtida va adolat bilan olishlarini ta'minlaydigan bir joy qilsangiz, ko'pchilikni og'irini yengil qilgan bo'lardingiz, bu ishni boshlash, umuman yo'lga qo'yish qiyin bo'ladi, lekin sizdan umidmiz katta!
Assalomu alekum!
Meni fikrimcha bu pullarni bror maishiy texnika sotadigan firma (masalan Artel ) bilan kelushuv imzolab. Jabir korgan oilalarga maishiy texnikani kredit asosida sotib olishda boshlangich summasini tolab berish kerak.
Shunda kopchikikka yordam qilsa boladi va salmoqli arzigulik nimadur olsa boladi. Albatta olish istagini bildirgan oilalarga. Xar bir oila menimcha kredirni qolgan summasini tolashga ozi xarakat qiladi va uddalaydi.
Faqat mayshiy texnika sotadigan firma bilan xam kamroq foyiz asosida kelishuvga erishish darkor.
Манимча кичикрок булсада, богча еки мактаб курилишига сарфлаш керак
Oziq-ovqatga yònaltirish kerak, masalan mol, qoramollarni kòpaytirib keyinchali aholiga tarqatilsa yaxshi bòladi
Show next 100 comments