This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Сездингизми, охирги пайтлар яна ташкилот ва идораларда меҳнат қонунчилиги аҳволи ёмонлашиб кетди. Ярим тунгача ишлаш, дам олиш кунлари ҳам ишга чақириш, иш вақтидан ташқаридаги мажлислар сезиларли кўпайди.

Аввалгидек рейдлар ёки баландпарвоз чиқишлар ҳам камайди.

Бизда бир дунёқараш бор. Яхши натижа бўлиши учун жуда кўп ишлаш керак, деб ўйлашади. Гапиртирсанг давлат аҳамиятидаги ишни қиляпмиз, дейишади. Ваҳимаси дунёни бузади [энсасиқотгансмайлик]

Ваҳоланки, ўша ташкилотларнинг эришган натижасини кўрсанг - тайинли гап йўқ. Бунақа натижани кунига 8 соат одамга ўхшаб нормал ишласа ҳам қилиш мумкин.

Замонавий дунёда ишнинг кўзини билган ақлли раҳбарлар ходимларига кўпроқ дам олиши учун имкон беради, қолоқ ва эскича ўйланадиган тизимлар эса ходимларини эшшакдай, қулдай ишлатишга ҳаракат қилади. Шу сабаб ҳам улар доим қолоқ бўлиб қолаверадилар.

Юқоридаги видео - тинимсиз ишлаш муваффақият калити эмас, балки пайти келганда ишни тўхтатишни билиш кераклигига яққол мисол бўла олади.


👉 @xushnudbek 👈

249 comments

Show 90 more comments
Xuddi shunday,gapirsangiz kõziga balodek kõrinasiz.qanday qilib bõlsada shuni tuwuntirish kkmikan qoloq rahbarlarga🤔 .Rahbar degan jonzotga qachongacha qul bõlish mumkin ,aytinglar.🤨.Hamma jipslashib harakat qilsa bdiku axir.....
Shanba yakshanbaga kunlari ishga chikish majburiy Ixtiyoriy chikilmasa premiadan kesiladi😅😅 yoki kech 7 dan erta ketilsa yana premiaga osiladi bu kanaka boshlik boldiki hodimni puliga osiladigan???? Oylik berish majburi premia boshlik ixtiyorida😅😅😅 uni oilasi yok degani boshka 40 ta xodim ham oilasiz deganimas!!! Lekin shuni zora osha odamga chuntira olseng.
Assalom aleykum Xushnudbek aka. Men sog'likni saqlashda ishlayman. Bizdan yana obuna uchun pul yigishni boshlashdi. Siz ham mundoq bir sizga murojaat qilish uchun mail mi yoki boshqa narsa bering. Shumi bloggerlik?
Дилафруз Исмаилова
Shanba yakshanbaga kunlari ishga chikish majburiy Ixtiyoriy chikilmasa premiadan kesiladi😅😅 yoki kech 7 dan erta ketilsa yana premiaga osiladi bu kanaka boshlik boldiki hodimni puliga osiladigan???? Oylik berish majburi premia boshlik ixtiyorida😅😅😅 uni oilasi yok degani boshka 40 ta xodim ham oilasiz deganimas!!! Lekin shuni zora osha odamga chuntira olseng.
Tuwuntiringlar shuni,kõziga tik qarab turib.bilasizmi bir fakt bor,tilyog'lamalik qilib qancha odamlarga teskaricha gap gapirsangiz,shuncha yuragiz kasallnib borvurarkan.Nechtadir õqituvchi birlashsangizlarchi.Ularni haqqi yõq.Bir marta õlim bor.Haqiqatni aytib tashlasangiz sizni bir nima qilmaydiku..qilinglar shuni.Esini joyiga kirgizish kerak bundaylarni.
6 соат йигилишда утирган рахбар ишхонасига кайтди.Уринбосар суради:Нима гаплар бошлик.Бошлик:Эски гаплар.Бошка хеч гап йук.6 соат , 6 соат- а
Oltinoy
Videoga gap yoq
JAMOL JO'RAQULOV
Assalomu alaykum Video juda ajoyib
rahbarlarning barchasi birdek nazirimda xammasi eskicha ishlaydigan savet tizimi rahbarlari tepada barchasi damolishda ham o'zicha ish ko'rsatgisi ish vaxti tugagach topshiriq bergisi kelib qoladi ayniqsa oliy ta'limning ma'naviyat sohasida faqat aldamchilik ko'zbo'yamachilik, bizda ham yaxshi bo'lishiga umidimiz bor ammooo....???
Xuddi molxonadan farqi qolmayabdi bu yil oqishni bitirdim ammo ishga oluvchilar oldindan talab qoyayabdi nimamish ish vaqti aslida 8 dan kecki 7 gaca ammo kecki soat 10 11 gaca ish boladimish unda uyda ovqatni kim qiladi kirimni kim yuvadi kimni vaqti boladi ittay charchab kelib tap tashlab yotib ertaman yana ishga borish bu axmoqgarchilikni ozi emasmi xozirda menga oxshab kopchilik yoshlar noilojlikdan bunday ishga kirishyabdi chunki shunca yil sarflab hec bolmasa o'zingning kamkostingni amallasang ham katta gap bolib qolyabdi. Xushnud aka bir narsa soramoqchiman shunday xolda xop biz kimga murojaat qiliahimiz kerak xop desak ittay ishlashimiz kerak yoq desak yoki osha odamni kavlaydigan bolsa yana ishdan ketish kerak. Bu qanday jamiyatga aylanib boryabdi tushunib bolmayabdi. Bu yil kop joyga ishga ariza topshirib kordim ammo deyarli 90% dan ortig'i tajriba soraydi qanday qilib endi oqishni tugatgan insonda kamida 3 yo 5 yillik tajriba bolishi mumkin.
telegram
devona sportchi ekan ammo lekin boru😂😂😂
haq gap!!! kundan kunga mehnat sharoitlari og’irlashib ketmoqda mehnatga yarasha haq ham to’lanmaydi. Videoga respect 👍👍👍
f O!!! I fO!!! I
Хак гап
Мехнат кодексини назорати ва уни ижроси назаримда четда қолаётгандек лекин кимнидир ишдан олиш керак бўлса мехнат кодекси эсга олинади. менимча сенатларимиз палаталар депутатлар озгина этибор берса яхши бўлармиди мехнат унимдорлиги хам кўтарилармиди журналист ва ОА вакиллари хам шунга этибор беришса кечки кузатувлар олиб боришса хақиқий ахволни кўришармиди
f O!!! I fO!!! I
Ман тадбиркорман бир кун мийоридан куп ишласам икки уч кун гайратим сунади
Maktablarda yana obuna bowlandi gazetaga. Bir Tinga qimmat gazetani kimga keragi bor it ham uqimaydi. Yana 200 mingga yaqin har bir muallimdan ushlashyabdi noyabr oyligidan. Hali bu ewitiwimiz buyicha surxondaryo viloyat hokimini majburiy obunasi emiw. Xali yana xalq talimini obunasi ham bor ekan. Tuwunmadim uzi hamma zurģa kun kuryapdi. Shu masalada fikrlariz qanday hamyurtlar
Гулнора Рузметова
Шу мажлисларни ташкил килаётган рахбарларни яхши ишларга йуналтириш учун, хатоларини тушунтирувчи курслар ташкил этинг.Курсларда нихоятда ббилимли инсонлар дарс утсин.
ha yakshanba kuniyam ish qilishadi va yaqshiroq natijaga erishish uchun lkn hukumat ishchilaridan nimaga yaksanba kuni ishlashini tushunmayman ular bir narsa ishlab chiqarishmasa 1 kun ishlamasa mahsulot soni kamayib ketadiganday ular nima qilishadi dushanba kuni majlis boladi oshanga tayorlanishadi
Мадартов Тошкувват
Хушнуд ака мажьурий обуна бошланди бундан ташкари тунги соат 22 -23 ларгача секторларда ишлашга мажбур булаяпмиз мехнат конунчилига тугри келадими
Eskirgan, foydasidan kora zarari kop bolgan avtomobilni faqatgina rulini almashtirsangiz, hech qanday effekt bermaganidek, davlatni ham prezidenti yangi bolgani uchungina rivojlanib ketadi deyish mantiqsizlik bolsa kk. Asosiy harakatlantriuchi mator bu talim tizimi(korrupsiya degan zanglatib yuq qiladigan “bakteriya” dan holi), tishlari yoq bolib ketgan eski balonlarni (parlament, senator va deputatlar)yangilariga almashtirishdan boshlash kk edimi diymandaa. 
Post scriptum :Bu albatta shaxsiy fikrim xolos
Assalamu alaykum ish yanayam kopayyapti rost gap bu smen bilan ishlaydiganlarni smeni bolmasa ham chaqirishadi yakshanba kunlari navbatchilikka chaqirishadi video zor
Show next 100 comments