Бугун, соат 21:00 да МФактор билан ҳамкорликда тайёрлаётган «Юридик клиника» кўрсатувининг навбатдаги сони бўлиб ўтади.

Мавзу: “Меҳнат қонунчилигига оид ҳуқуқий маслаҳатлар”

Кўрсатувни YouTube орқали қуйидаги манзиллардан жонли эфирда томоша қилишингиз мумкин:

👉 youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

👉 youtube.com/c/MFaktoruz

YouTube каналимизга обуна бўлишни унутманг!

Саволларингизни изоҳ сифатида қолдиришингиз мумкин, имконим етганига жонли эфирда жавоб қайтараман 👇


👉 @xushnudbek 👈

147 comments

Show 33 more comments
Yana savol hozirda OTM ga kunduzgi ta'lim onlayn shaklda olib borilmoqda talaba rasmiy mehnat faoliyati bilan shug'ullansa bo'ladimi masalan 8 :00 dan 17:00 gacha
Assalomu alaykum!

2020-yil 10-sentabrda (soat10:00) Jizzax davlat pedagogika instituti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi boʻyicha magistraturaga imtihon topshirib chiqdim, mutaxassislik (ona tili va adabiyot) fanidan 2 ta savol xato ekan, aytdim, eʼtiroz xati (telefon raqami xatda yozilgan) olib qolishdi. "Asosli boʻlsa, Oliy taʼlimdagilar ball qoʻshishadi, qoʻngʻiroq qilishadi", - deyishdi.

P/s: "Imtihon kuni va soati aniq boʻlsa, sms keladi", - deyishgandi, lekin menga ham, tanishlarimga ham hech qanday sms xabar kelmadi. (qoʻngʻiroq qilishi?)

Savol:

1. Agar qoʻshishmasa, appelyatsiya jarayoni qanday boʻladi? Axir testlar onlayn oʻtgan-ku?!

2. Magistratura natijalari qachon eʼlon qilinadi?
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Assalomu alaykum xushnudbek aka qachon DTM .. OTM lar MAVZU sini ochasiz . shu mavzuga ham qõl ursangiz yaxshi bolardi. Iltimos keyingi "Yuridik klnika" mavzusi dtm haqid bulsin
Hech bolmaganda chegara kesib otish shartini bekor qilaylik mayli pulni olsa olsin chetga chiqib kelishga balo bormi savdo dokonlardan sotib olinadigan telefonlar kimning nomiga regstiratsiya qilinadi va yana chetdan ilib kirsak ozimizni nomimizga regstratsiya qilinadiyu ozimizdan sotib olsak birovni nomiga regstratsiya qilingan bo'ladi nega mantiq qayerda tushunmadim bu nega kerak pul ishlash bolsa ana olsin shunga ham iloji yoqku hammani pasportiga kimlardur regstratsiya qivorgan kimga murojat qilish kerak otangga bor enanga bor bojhana bizni nima ishimiz bor deyabdi bolmasa shartta telfon ishlatma deb qoyaqolilar
Assalomu alaykum. Paxta mavsumi boshlanmoqda. Paxta ixtiyoriy, majburiymi, yoki ixtiyoriy-majburiymi. Mehnat qonunchiligida bu paxta terimiga jalb qilish alohida körsatilganmi? Paxta terimiga kimlar jalb qilinadi?Terimchilar uchun barcha sharoitlar yaratiladimi? Paxta terimiga jalb qilingan uyushmagan aholiga mavsumiy bölsa ham ish staji yoziladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
Magistraturaga imtihon topshirganda savollar xato tuzilgan ekan, nazoratchilar tayinli gap aytishmadi, appelyatsiya yozing deyishdiyu kimga qachon yoziladi shuni tartibini tushuntirishmadi
Ana shu masalalarni ham tushuntirsangiz
Bahrom
Assalomu alaykum!
Savol: maktabda dars taqsimoti qanday no"lishikerakligi va bu dars taqsimotlari muammoli vaziyatda ya"ni mutahasis turib boshqa o"qituvchi berilishi qaysi qonunlar bilan tartibga solinishi kerakligini tushintirish bering.
2. Savol: maktabdagi o"qituvchilar o"rtasidagi o"zaro guruhbozlik direktorni ham bir burchakka surib qo"ygan bunday guruhbozliklar oqibatida maktabda yomon muhit paydo bo"lgan bunda direktorni aybi ham bor albatta bunday hollarda qaysi qonun bilan tartibga solish kerak.
Javob uchun oldindan rahmat
Mavluda Mirzahalilova
Assalomu alaykum!men bankda kassir lavozimida ishleman hozir bola parvarishlash tatilidaman farzandim 1yarim yosh boldi o'z ish joyimga qaytaman desam bank boshqaruvchisi ruhsat bermayapti,2yoshgacha ariza yozgan San deb arizami rokach qilyapti.Men qanday yol tutushim mumkin iltimos maslahat bering,oldindan rahmat.
Gulomov Muhammadamin
Assalomu alekum meni turmush o'rtog'im ish joyidan bola tatiliga chiqdi. Avval o'zi bola tatilidagi hodim o'rnida ishlayotgan edi endi avvalgi hodim ishga qaytsa o'z o'zida meni turmush o'rtog'imning mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkinmi
болани парваришлаш таътиллари даврида аёлнинг иш жойи (лавозими) сақланади.

Сизни аёлингизни иш берувчи муддатли Меҳнат шартномаси асосида ишга олга яни ўша бола парваришлаш таьтилидаги аёл ишга келгунича.

Меҳнат кодекси 105-моддаси иккинчи қисмига кўра иш жойи (лавозими) сақланиши лозим бўлган ходимнинг ишда бўлмаган вақтига мўлжаллаб тузилган меҳнат шартномаси шу ходим ишга қайтган кундан эътиборан бекор қилинади.

Шундай экан, ўша ходим ишга қайтса сиз билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилиниши мумкин.

Лекин масалани яна бир томони бор. Мехнат кодекси 237-моддасига кўра:

Ҳомиладор аёллар ва уч ёшга тўлмаган боласи бор аёллар билан тузилган меҳнат шартномасини иш берувчининг ташаббуси билан бекор қилишга йўл қўйилмайди, корхонанинг бутунлай тугатилиш ҳоллари бундан мустасно, бундай ҳолларда меҳнат шартномаси уларни албатта ишга жойлаштириш шарти билан бекор қилинади. Мазкур аёлларни ишга жойлаштиришни маҳаллий меҳнат органи уларни ишга жойлаштириш даврида қонун ҳужжатларида белгиланган тегишли ижтимоий тўловлар билан таъминлаган ҳолда амалга оширади.

Муддати тугаганлиги сабабли меҳнат шартномаси бекор қилинган ҳолларда ҳам иш берувчи ушбу модданинг биринчи қисмида кўрсатиб ўтилган аёлларни ишга жойлаштириши шарт. Ишга жойлаштириш даврида бу аёлларнинг иш ҳақи сақланиб қолади, бироқ бу муҳлат муддатли меҳнат шартномаси тугаган кундан бошлаб уч ойдан ошмаслиги керак.

Демак юқоридаги қоидадан шуни тушиниш мумкинки сизни аёлингизни иш берувчи ишдан бўшатган тақдирда хам аввал иш билан таьминлаб кейин бўшатиши лозим.
Klinika boyicha tashkil etiladigan e'londa magistratura muhokamasimi. Mavzu yuzasidan savol bo'lsin
Sayyora
Assalomu alaykum men Qarshi shahridanman siz iltimos qilib surayman maslahan bering qarshi shahrinad yangi qurilayotgan uylarga tulov qilgandim lekin uyi ikki qavati bitganniga ikki yil buldi tuxtab qolgan men ijarada turaman ikki bolam bilan shunga maslahat bering quruvchi bilan gaplashsak quramandan buyogiga utmaydi quruvchi Toshket shaxridan yashaydi
Alekparo D
Yuridik unversetitning magistraturaga imtihoni Qachon
Alekparo D
Aka Yuridik unversetitning magistraturaga imtihoni Qachon
Xushnudbek, maktablar an'anaviy tarzda ochilsa nimalar bo'lishini tasavvur qilyabsizmi, baribir ilgarigidek bilim singdirolmaymiz, virus yuqishi o'ta ko'payib ketadi, eplab bo'lmaydi baribir, eng daxshatlisi kasalxona yetishmay, shifokor yetishmay hamma o'ziga o'zi shifokor bo'lib ketishi mumkin. Virus bilan yaxshilab kurashib olib keyin o'qish va boshqalar boshlansa to'g'ri bo'ladi deb o'ylayman. Ozgina zararni deb tiklab bo'lmas zararga ketib qolmaslik kerak.Sizga aytishim to'g'rimi, yo'qmi bilmadim, lekin bu meni fikrim xolos
Assalomu alaykum. Xushnudbek aka yaxshimisiz? Zo'r loyixa boshlabsizlar, bu ezgu ishlarizda Olloh madadkor bo'lsin! Men Toshkent shaxridanman. Mening turmush o'rtog'im IIV harbiy bo'linmasida sal kam 10 yildan beri harbiy xizmatchi bo'lib ishlaydi. Erimning aytishi bo'yicha ishxonasidagi oxirgi gap so'zlarga qaraganda, yaqin kunlarda erim ishlaydigan harbiy qismning ma'lum harbiy xizmatchilarini paxta terimiga majburan jalb qilishmoqchi ekan. O'tgan yillarda ham xuddi shunday bo'lgan. Paxta terimiga chiqishni xoxlamagan xarbiy xizmatchilarni ham "bo'lmasam raportingni yozib ishdan ket" deya, majburan paxta termiga olib chiqshgan? Erim ham xuddi shunday bosim ostida o'tgan 2 yil ham ketma-ket majburan paxta terimiga chiqdi. Terim yotoq joyida sharoitlar yaxshi bo'lmagani uchun sog'liqlarini yo'qotib buyraklarni qattiq shamollatib keldilar, kelib ancha vaqt davolandi. O'zim ham magistraturada o'qiyman ham ishlayman, erim paxtaga bir yarim oyga ketganida 2 ta bolam bilan rosa qiynaldim. Shu majburiy paxtani deb qancha asabimiz, sog'ig'imiz va pulimiz ketdi. Xushundek aka savolim shunday " guqorida man yozgan ishlar mehnat qonunchiligiga qanchalik to'g'ri keldi? Oxirgi chiqqan qonunlarda ham " hech kim majburiy mehnatga paxtga terimiga jalb qilinmaydi...!" deyishayabdiku... Sen'at raisi Tanzilla Norboeva ham o'tgan yili va yaqinda OAVga bergan intervyusida "paxta terimiga harbiylar xizmatidan foydalnilmaydi" deb, ko'p takidladi! Bu aytilgan gaplarni hammasi quruq gapmi? Biz demokratik davlatda yashamaymizmi?

Agar, bu yil ham erim ishxonasida paxtaga ketadiganlar ro'yxatiga tushib qolib paxtaga ketishga majburlansa... qanday qilib bunday majburiy mehnatdan ximoyalana oladi? Kimga va qay tartibda murojat qiladi? Iltimos, shu savollarga ham batafsil javob bersangiz? Bu juda ko'p harbiy xizmatchilar uchun judayam muhim savol. E'tiboringiz uchun rahmat!
333555777
Assalomu alaykum, hurmatli XUSHNUDBEK. Men Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, 12-sentyabr, soat 7 00 ga test topshirishim kerak edi. Afsuski mazzam yõqligi sababli, borolmadim. Endi men kimga uchrashay, iltimos maslaxat bering.
Assalomu aleykum Xushnudbek Xudoyberdiyev sizdan maslahat soramoqchiman. Qizim 11-sentabr kuni akademik litseyga imtihon topshirdi. Imtihonning savollar kitobida 3ta savolda texnik xatolik borligiga amin bolgan. Bu haqida kuzatuvchilarga murojaat qilgan. Ular etroz yozishi mumkin ekanligini aytishgan va qizim etiroznoma yozgan. Kirish baliga 2.1 bal yetmay qoldi. Appiliyatsiyaga ariza yozib keldik. Bu jarayon qanday boladi mening qanday huquqlarim bor. Shu haqida batafsil malumot berishingizni iltimos qilaman. Appilyatsiya qancha vaqt davomida ko'rib chiqiladi. Oldindan raxmat.
Nargiza Abdunazarova
Ассалому алейкум,саволим қуйидагича:оиламга қўшимча даромад сифатида тиббий ниқоб сотсам бўладими?Фармацевт эмасман.Ноқунуний бўлиб чиқмайдими
Assalomu alaykum! Kunduzgi toki sirtqi talimda òqiyotgan talaba davlat ishida ishlashi mumkinmi? Mumkin bòlsa haftasiga necha soat necha stavka?
Assalomu alaykum!
Savolim. Tusrmush o'rtogim maxsus maktabgacha ta'lim muasasasida bosh defektolog vazifasida ishlar edi. 2-farzandim dunyoga kelgani sabab bola parvarishi ta'tilida hozir. Farzandim 1.5 yoshga to'ldi. Kech yaqinda ishxonasi kadri tel qilib maxsus bog'cha faoliyati odatiy ommaviy bogchaga aylantirildi endi siz ishdan boshatilasiz shuni ogohlantirib qoydim deb tel qilgan. Bu qanchalik to'g'ri.
Show next 93 comments