Бугун, соат 21:00 да МФактор билан ҳамкорликда тайёрлаётган «Юридик клиника» кўрсатувининг навбатдаги сони бўлиб ўтади.

Мавзу: “Меҳнат қонунчилигига оид ҳуқуқий маслаҳатлар”

Кўрсатувни YouTube орқали қуйидаги манзиллардан жонли эфирда томоша қилишингиз мумкин:

👉 youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

👉 youtube.com/c/MFaktoruz

YouTube каналимизга обуна бўлишни унутманг!

Саволларингизни изоҳ сифатида қолдиришингиз мумкин, имконим етганига жонли эфирда жавоб қайтараман 👇


👉 @xushnudbek 👈

147 comments

Show 44 more comments
Sayyora
Assalomu alaykum men Qarshi shahridanman siz iltimos qilib surayman maslahan bering qarshi shahrinad yangi qurilayotgan uylarga tulov qilgandim lekin uyi ikki qavati bitganniga ikki yil buldi tuxtab qolgan men ijarada turaman ikki bolam bilan shunga maslahat bering quruvchi bilan gaplashsak quramandan buyogiga utmaydi quruvchi Toshket shaxridan yashaydi
Alekparo D
Yuridik unversetitning magistraturaga imtihoni Qachon
Alekparo D
Aka Yuridik unversetitning magistraturaga imtihoni Qachon
Xushnudbek, maktablar an'anaviy tarzda ochilsa nimalar bo'lishini tasavvur qilyabsizmi, baribir ilgarigidek bilim singdirolmaymiz, virus yuqishi o'ta ko'payib ketadi, eplab bo'lmaydi baribir, eng daxshatlisi kasalxona yetishmay, shifokor yetishmay hamma o'ziga o'zi shifokor bo'lib ketishi mumkin. Virus bilan yaxshilab kurashib olib keyin o'qish va boshqalar boshlansa to'g'ri bo'ladi deb o'ylayman. Ozgina zararni deb tiklab bo'lmas zararga ketib qolmaslik kerak.Sizga aytishim to'g'rimi, yo'qmi bilmadim, lekin bu meni fikrim xolos
Assalomu alaykum. Xushnudbek aka yaxshimisiz? Zo'r loyixa boshlabsizlar, bu ezgu ishlarizda Olloh madadkor bo'lsin! Men Toshkent shaxridanman. Mening turmush o'rtog'im IIV harbiy bo'linmasida sal kam 10 yildan beri harbiy xizmatchi bo'lib ishlaydi. Erimning aytishi bo'yicha ishxonasidagi oxirgi gap so'zlarga qaraganda, yaqin kunlarda erim ishlaydigan harbiy qismning ma'lum harbiy xizmatchilarini paxta terimiga majburan jalb qilishmoqchi ekan. O'tgan yillarda ham xuddi shunday bo'lgan. Paxta terimiga chiqishni xoxlamagan xarbiy xizmatchilarni ham "bo'lmasam raportingni yozib ishdan ket" deya, majburan paxta termiga olib chiqshgan? Erim ham xuddi shunday bosim ostida o'tgan 2 yil ham ketma-ket majburan paxta terimiga chiqdi. Terim yotoq joyida sharoitlar yaxshi bo'lmagani uchun sog'liqlarini yo'qotib buyraklarni qattiq shamollatib keldilar, kelib ancha vaqt davolandi. O'zim ham magistraturada o'qiyman ham ishlayman, erim paxtaga bir yarim oyga ketganida 2 ta bolam bilan rosa qiynaldim. Shu majburiy paxtani deb qancha asabimiz, sog'ig'imiz va pulimiz ketdi. Xushundek aka savolim shunday " guqorida man yozgan ishlar mehnat qonunchiligiga qanchalik to'g'ri keldi? Oxirgi chiqqan qonunlarda ham " hech kim majburiy mehnatga paxtga terimiga jalb qilinmaydi...!" deyishayabdiku... Sen'at raisi Tanzilla Norboeva ham o'tgan yili va yaqinda OAVga bergan intervyusida "paxta terimiga harbiylar xizmatidan foydalnilmaydi" deb, ko'p takidladi! Bu aytilgan gaplarni hammasi quruq gapmi? Biz demokratik davlatda yashamaymizmi?

Agar, bu yil ham erim ishxonasida paxtaga ketadiganlar ro'yxatiga tushib qolib paxtaga ketishga majburlansa... qanday qilib bunday majburiy mehnatdan ximoyalana oladi? Kimga va qay tartibda murojat qiladi? Iltimos, shu savollarga ham batafsil javob bersangiz? Bu juda ko'p harbiy xizmatchilar uchun judayam muhim savol. E'tiboringiz uchun rahmat!
333555777
Assalomu alaykum, hurmatli XUSHNUDBEK. Men Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, 12-sentyabr, soat 7 00 ga test topshirishim kerak edi. Afsuski mazzam yõqligi sababli, borolmadim. Endi men kimga uchrashay, iltimos maslaxat bering.
Assalomu aleykum Xushnudbek Xudoyberdiyev sizdan maslahat soramoqchiman. Qizim 11-sentabr kuni akademik litseyga imtihon topshirdi. Imtihonning savollar kitobida 3ta savolda texnik xatolik borligiga amin bolgan. Bu haqida kuzatuvchilarga murojaat qilgan. Ular etroz yozishi mumkin ekanligini aytishgan va qizim etiroznoma yozgan. Kirish baliga 2.1 bal yetmay qoldi. Appiliyatsiyaga ariza yozib keldik. Bu jarayon qanday boladi mening qanday huquqlarim bor. Shu haqida batafsil malumot berishingizni iltimos qilaman. Appilyatsiya qancha vaqt davomida ko'rib chiqiladi. Oldindan raxmat.
Nargiza Abdunazarova
Ассалому алейкум,саволим қуйидагича:оиламга қўшимча даромад сифатида тиббий ниқоб сотсам бўладими?Фармацевт эмасман.Ноқунуний бўлиб чиқмайдими
Assalomu alaykum! Kunduzgi toki sirtqi talimda òqiyotgan talaba davlat ishida ishlashi mumkinmi? Mumkin bòlsa haftasiga necha soat necha stavka?
Assalomu alaykum!
Savolim. Tusrmush o'rtogim maxsus maktabgacha ta'lim muasasasida bosh defektolog vazifasida ishlar edi. 2-farzandim dunyoga kelgani sabab bola parvarishi ta'tilida hozir. Farzandim 1.5 yoshga to'ldi. Kech yaqinda ishxonasi kadri tel qilib maxsus bog'cha faoliyati odatiy ommaviy bogchaga aylantirildi endi siz ishdan boshatilasiz shuni ogohlantirib qoydim deb tel qilgan. Bu qanchalik to'g'ri.
163.4 bal tuplaganman Toshkent davlat yuridik Universitetiga yetadimi evropeyskiga kirishga
Assalom alaykum 2-mutaxasisslik bóyicha imtixonlar qachonligi haqida ma'lumot bering iltimos.
Assallomu alaykum Soliq chegirmasi xaqida vidio lavxa chiqdi Mening magazinim bor Davlatga soliq to`layman agar men O`qishga Kontrakt asosida qabul qilinsam Qandaydur imtiyoz bormi Kontraktga Javob uchun oldindan raxmat
ЖАННАТИМ-ОНАМ
Ассалому алайкум ! Ман Навоий вилояти Учкудук шахриданман. МТТда 12 йилдан бери тарбиячи булиб ишлаб келмокдаман. Биз илгари Навоий Кон Металлург комбинатига карашли эдик. 2020 йил 1 мартдан бизни богчамизни Учкудук туман МТБ тасарруфига Мехнат кодексининг 98-моддасига асосан утказишди. Унга кура бизнинг иш стажларимиз ва иш ставкаларимиз сакланган холда утишимиз керак эди. Аммо биз хокимият тасарруфига утгач, бизга стажларимиз 0дан, ставкаларимиз 0, 25 дан маош тулай бошлашди. Бу уз-узидан купчиликни норозилигига сабаб булди. Биз МТБга мурожаат килганимизда бизга 10-26 чи карорни пеш килишди. НКМК га мурожаат килсак, улар биз сизларни 98-модда билан кучирганмиз, стажларинг сакланган дейишяпти. Икки уртада биз, яъни оддий халк сарсону-саргардон. Орамизда 20-30 йиллик стажга эга ишчиларимиз хам бор. Юртимизда пандемия сабаб бизни 2020 йил 18 мартдан навбатдан ташкари таътилга чикаришди ва МТБ томонидан бизга таътил пуллари тулаб берилди. Аммо июнь ойида НКМК бизга конпенсация пули тулаб беришди. Хаммага хар хил. Кимларгадир хатто туланмаган. Шундан кейин МТБ тулаб берган таътил пулини биздан кайтариб олишди. Биз НКМКга мурожаат килганимизда улар бизларга конпенсация пули тулашганини ва бу пул таътил пули эмаслигини,МТБни таътил пулларини кайтариб олишга хакки йуклигини айтишди. Уз навбатида МТБ бу пуллар НКМКнинг бизга тулаб берган таътил пуллари ва биз бу пулларни кайтаришимиз шарт эканини айтишди. Ва яна оддий халк икки орада сарсон. Бу муаммо факат бизни богчада эмас, балки шундай богчадан 5 тасида бор.
Сиздан илтимос! Биринчи саволим НКМК бизни 98-модда билан утказган булишига карамай стажларимиз тикланмади. Бу тугрими?
Иккинчи саволим: НКМКи тулаб берган пул компенсациями ёки таътил пулими? Агар таътил пули булса нега хаммага бир хил чикмаган ва айрим ишчиларга умуман йук.
Илтимос бу масалада бизга ёрдам беришингизни сурайман. Олдиндан катта рахмат!
Assalomu Alaykum Xushnudbek Aka meni savolim quyidagicha men 2019-yil o‘qishga kirganman 2020-yil ham ro‘yxatdan o‘tib imtihomga borganimda va boshqa yunalishga o‘qishga kirsam o‘sha yangi yunalishda o‘qisam bo‘ladimi ? Javob uchun avvaldan Raxmat!
Кундузги таълим шаклида ўқийдиган талаба дарсдаш бўш вақтида меҳнат фаолияти билан шуғулланса, ЎРИНДОШЛИК асосида ишловчи ҳисобланадими?
Assalomu alaykum OTM da bir yil stajyor-o'qituvchi bo'lib ishladim. O'zbekistonda tug'ilib katta bo'ldim, millatim tojik. Mehnat shartnoma ham stajiyorlar uchun bir yil tuzilgan eka. Bu yil assitent sifatida ishga qabul qilishmadi. Vaholanki o'tgan o'quv yilida barcha Shaxsiy ish rejalarimni bajarganman va hech qanday intizomiy jazolnmagan. Bundan tashkari Unversitet ma'muryati ogohlantirish xati bergani yuq. Ayol kishi bulib turib yangi kelagan kafedera mudiriga hozirda gender tenglik bor muhtaram Prezdentimizning qarori va kursatmalari bor desam Bu unversitetga bu qarorlar o'tmaydi boshqa OTM ga o'tishi mumkin deb aytadi. Rektorni oldidga kirganimda ish beruvchi sifatida arizamni olib kolishdi. o'quv yili 2 sentaybrda boshlangan bo'lsada murojaat qilganimdan keyin 7-sentaybrda ochiq dars o'tkazib ochiq darsda umuman yaxshi dars o'tolmadingiz deb komissiya a'zolar aytib o'tgan nomzodni tanlovdan o'tdi qilib mani yana ishsiz qoldirdi. Bu qanchalik qonuniy. Balki boshka millat ekanligim uchun shunday bo'lganmi deb ham uyladim ham, gender tenglik, millatparvarlik kabi olg'a surilayotgan davlat siyosati kafedra mudirlariga ta'lukli emasmikan. qonuniy bulgan bulsa men hech kimdan arzim yuq. Agar joiz deb bilsangi ushbu savolimni muhokama qilib savolga javob berishingiz iltimos qilib surardik. Bu murojaatni akamni profilidan yozdim. Javob ucun oldindan raxmat
Ergasheva Hayotxon
Assalomu alaykum Xushnudbek.Maktab jamoa shartnomasida ish vaqti belgilangan bo'lishi mumkinmi. Haftasiga 7 soat darsi borga ham 10 soat darsi borga ham 20 soat darsi borga ham ish vaqti 8 Dan 16 gacha bo'lishi qanchalik qonuniy.
Савол. Колледж ликвидация килинди. Ишчиларга 1 майда огохлантириш хати берилади. 1 Июль да мехнат шартномаси бекор килинди. Лекин ишчи 1 июлдан тугиш ва тугишдан кейинги давр касаллик варакаси келтирди. Ишчини 3 июл билан ишдан бушатиб касаллик варакаси, выходное пособие ва расчетный тулаб берилди. 2 ва 3 ой учун ишсизлик нафакаси тулаб берилмайди деб таъкидланди, чунки касаллик варакаси туланган. Шу тугрими. Ишчини штат кискартирилганида 2 ва 3 ой учун декрета булган лиги учун туланмайдими?
Assalomu alaykum men 2019 yilda Toshken temir yo'l muhandislari institutini davlat granti asosida tamomlaganman hamda hozirda Temir yo'l tarkibiga kiruvchi Korxonada mehnat faoliyatimni olib kelmoqdaman Shu kunlarda boshqa Temir yo'l tarkibiga kirmaydigan Kompaniyadan taklif oldim va bo'shash tugrisidagi arizamni kadrlar bo'limiga olib borganimda u 3 yil faqat Temir yo'l tarkibidagi korxonalarda ishlashim kerakligini vaj qilib mehnat daftarchamni bermasligini aytdi. Maslahat bering men uzim hohlagan iwda iwlay olmimanmi. Uzimni majburan ishlayotgandek his qilyapman.
Dilshodbek Daliyev
Ассалому алайкум Хушнудбек ака! Мен Далиев Дилшод Сотволдиевич АТ Халқ банки Учкўприк тумани филиалидан 2019 йил 23 январда нохақ ишдан бўшатилиб юборилдим. Мана қарийб 2 йилдирки Судларда адолат тополмаяпман. Бош прокурор ўринбосари Светлана Артиқова хатто хақлигимни кўра билиб протест киритди.Аммо келтирилган протест Олий суд томонидан рад қилинди.Мени ишдан бўшатишда МК 100 моддаси 2 қисми 3 банди асос қилинган.Аммо менга аввал қўлланилган интизомий жазолар Қонунчиликка хилоф равишда қўлланилган.Судлар интизомий жазога хуқуқий бахо бермаяпти.Аввалги интизомий жазоларни бекор қилиш бўйича судга бергандим Суд даъво мудлати ўтиб кетди деб даъвони 3 кун аввал рад қилди.Ахир 2 йилдан буён курашяпман қандай қилиб даъвони рад қилиб юбориши мумкин. Илтимос мана шу хужжатларни ўзинггиз ўрганиб чиқилишида ёрдам беринг.Менинг рақамим 905878300
Show next 82 comments