Сизнинг юқоридаги постга муносабатингиз қандай?

9 май Сиз учун аслида қандай кун? Қуйида шу ҳақдаги фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Шунингдек, урушда қатнашган ота-боболарингиз бўлса, уларнинг хотиралари билан ўртоқлашишингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Mohidil
Urushda qatnashib, hozirda yashab kelayotgan Vatanimiz himoyasiga debocha qo‘ygan faxriylarimizga o‘zlari bo‘yi tillaga ko‘msak ham kam, juda kam. Lekin ularga hozir tinchlik, sog‘lik kerak xolos. Ularga katta ehtirom ko‘rsatish zarur, kundan kunga saflari juda kamayib ketyapti.
Assalomu alaykum barchaga. Mening bobom ya'ni dadamning dadalari urushda qatnashganlar va Ollohga shukr tirik qaytganlar. Bobom bir maydon òlgan askarlar ichida qolib òzini òlganga solib nemislarning qiynoģiga chidab asirlikdan qutulib qolgan ekanlar. Men shunday insonning nabirasi bòlganimdan faxrlanaman
Хотира ва қадрлаш куни
Behruz
Musulmon odam oziga bir kunni belgilab olib faqat owa kunda ota-bobolarini eslamaydi aksincha har kuni namozdan song tilovat qilib eslaydi
MMA uz
Bugun albatta Xotira va qadrlash kuni.Bu o'z ichiga faqat o'tganlarni xotiralashdan iborat emas,balki,hayot bo'lgan urush qatnashchilarini ham xotiralashdir.Ularni tiriklik bayramini qilish emas aksincha ularni e'zozlab qadriga yetishimiz darkor bo'ladi.
G'alaba kuni! Ota-bobolarimiz ikkinchi jahon urushiga o'z vatanlarini himoya qilish uchun jangga kirganlar. Bu kun Germaniya ustidan emas balki butun insoniyatning fashizm ustidan qozongan g'alabasidir! Urush boshlangan kundan to shu kun fashizm ustidan qozonilgan g'alabagacha ular shu kunni kutishgan. Bu kun fashizm ustidan qozonilgan g'alaba kunidir. Tarixni o'zgartirib bo'lmaydi! Bu fakt!
И И К
9-Май хотира ва кадрлаш куни, агарда иложи булса хар куни, урушда Курбон булган аждодларимизни хотирлашимиз керак ва улар хаккига курьон тиловат килишимиз керак.
Rofiyeva Gulasal
Meni bobom Qo'ldoshev Nur urushdan oyoqlaridagi askolka bn qaytganlar va umrlarini oxirigacha shu askolka bn yashadilar. Ayniqsa sunggi kunlarini juda yaxshi eslayman. Umuman ovqat yemasdilar faqat qotgan nonni shakar choyga ivitib quy deb ushani yerdilar bobom. Bobom ovchi bulganlar. Uz qullari bn ham qurol yasay olganlar. Germaniya chegarasida amerikaliklar bn birga qolishgan ekan. Shu un doim urush haqida gapirsalar 1ta narsani kup takrorlardilar amerikadan oq non ruslardan qora non berishadi derdilar))) u paytlar bunaqa gaplarni tushunmasdim. BU KUN MEN UCHUN BOBOMNING G'ALABASINI XOTIRLASH KUNI.
Волидаи Султон
Галаба куни.Агар шу урушда бизнинг ,сизнинг, уларнинг боболари жанг килмаганида бу кунларга етмаган булар Эдик.Бу кун тарих.Тарихни хеч Ким Хеч качон учира олмайди.Аллохга хамдлар булсин бугун тинч ,мусаффо осмон .Лекин канча жонлар бугунги Кун учун жонини берди.Сен узбек ,сен рус, сен козок демади.урушни уша бошланган жойдан кайтарилмаганда эди бизни юртимизгача кирар эди бу фашистлар.Утганларни Аллох рахматига олсин.Колгарларни умрини узок килсин.Биласизми уруш курган Халк Бир бирига окибатли эди,кадрини Билар эди.Осойишта замонда биз куп нарсани кадрига етмай яшаяпмиз.
Аллохнинг инсонларга туфха килган яна бир имконияти. Бошкаси ортикча. Хар жабхада исроф
Xotira va qadrlash kuni. Yaxshisi boshqa narsalarni o‘zgartirishsin.💪💪💪
Akram
Akram
G'alaba kuni bu kun, yo'qotishlar borligi rost. Lekin by kunni mustaqillik kuniga tenglash mumkin. Mustaqillik hamma joyda bayram qilinadi lekin mustaqillikka ham juda ko'p davlatlar qurbonlar evaziga erishgan.
Yuqoridagi fikrimga qo'shimcha qilib shuni aytamanki shu yerda yozayotganlardan oramizda ikkinchi jahon urushini bevosita ko'rganlar yo'q va bu urushni azobiniyu va uning ortidagi g'alaba nashidasini ham bilmaymiz. Bu bizni urush emas edi deyotganlarga javob shuki bu butun insoniyatni urushi edi agar bordiyu fashizm g'alaba qozonsa ular bu rus bu o'zbek deb ajratmas edi hammani boshma bosh qirar halok qilar, tajriba quyonlari sifatida lagerlarda laboratoriyalarda o'ldirar edi demakki sizu biz ham hozir o'tirib olib talashmasdik bu urush bizga tegishli emas deb. Kelinglar hamma narsani o'z nomi bilan ataylik va bu ota bobolarimizga nosbatan ham hurmat bo'lar edi.
ШЕРЗОД
Bobomni akasi urushga ketib bedarak ketgan faqat bitta xat kelgan ekan shu xatxam yuqolb ketgan ekan men uchun bu xotra kuni.
БЕКТОШ
мени бобом уша уруш катнашчиси, рахматлик 9- майни катта байрамдай нишонларди. 9- май мен учун хам галаба байрамидир
Дурдона )
9 май фашизм устидан галаба козонилган кун, фашизмга карши курашда мард узбек углонлари хотираси хурмати куни, жангда олдинги сафда курашган узбек углони мардлиги, асир тушган узбек углонинг орияти мардлиги тимсоли, фронт ортида тунни кундузга улаб тиминсиз мехнат килган миришкор узбек аёли хотираси хурмати, фронт учун пахтали пинжаклар, ук дорилар , самалетлар , танклар ишлаб чикарган мехнаткаш узбек халки, фронтда етим колган уй жойсиз колган жабрдийдаларни багрига олган уйи торидан жой берган багри кенг узбек, килган мехнатни миннат килмаган хокисор узбегим тарихини бир парчаси.....
Show next 100 comments