Сизнинг юқоридаги постга муносабатингиз қандай?

9 май Сиз учун аслида қандай кун? Қуйида шу ҳақдаги фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Шунингдек, урушда қатнашган ота-боболарингиз бўлса, уларнинг хотиралари билан ўртоқлашишингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
И И К
9-Май хотира ва кадрлаш куни, агарда иложи булса хар куни, урушда Курбон булган аждодларимизни хотирлашимиз керак ва улар хаккига курьон тиловат килишимиз керак.
Rofiyeva Gulasal
Meni bobom Qo'ldoshev Nur urushdan oyoqlaridagi askolka bn qaytganlar va umrlarini oxirigacha shu askolka bn yashadilar. Ayniqsa sunggi kunlarini juda yaxshi eslayman. Umuman ovqat yemasdilar faqat qotgan nonni shakar choyga ivitib quy deb ushani yerdilar bobom. Bobom ovchi bulganlar. Uz qullari bn ham qurol yasay olganlar. Germaniya chegarasida amerikaliklar bn birga qolishgan ekan. Shu un doim urush haqida gapirsalar 1ta narsani kup takrorlardilar amerikadan oq non ruslardan qora non berishadi derdilar))) u paytlar bunaqa gaplarni tushunmasdim. BU KUN MEN UCHUN BOBOMNING G'ALABASINI XOTIRLASH KUNI.
Волидаи Султон
Галаба куни.Агар шу урушда бизнинг ,сизнинг, уларнинг боболари жанг килмаганида бу кунларга етмаган булар Эдик.Бу кун тарих.Тарихни хеч Ким Хеч качон учира олмайди.Аллохга хамдлар булсин бугун тинч ,мусаффо осмон .Лекин канча жонлар бугунги Кун учун жонини берди.Сен узбек ,сен рус, сен козок демади.урушни уша бошланган жойдан кайтарилмаганда эди бизни юртимизгача кирар эди бу фашистлар.Утганларни Аллох рахматига олсин.Колгарларни умрини узок килсин.Биласизми уруш курган Халк Бир бирига окибатли эди,кадрини Билар эди.Осойишта замонда биз куп нарсани кадрига етмай яшаяпмиз.
Аллохнинг инсонларга туфха килган яна бир имконияти. Бошкаси ортикча. Хар жабхада исроф
Xotira va qadrlash kuni. Yaxshisi boshqa narsalarni o‘zgartirishsin.💪💪💪
Akram
Akram
G'alaba kuni bu kun, yo'qotishlar borligi rost. Lekin by kunni mustaqillik kuniga tenglash mumkin. Mustaqillik hamma joyda bayram qilinadi lekin mustaqillikka ham juda ko'p davlatlar qurbonlar evaziga erishgan.
Yuqoridagi fikrimga qo'shimcha qilib shuni aytamanki shu yerda yozayotganlardan oramizda ikkinchi jahon urushini bevosita ko'rganlar yo'q va bu urushni azobiniyu va uning ortidagi g'alaba nashidasini ham bilmaymiz. Bu bizni urush emas edi deyotganlarga javob shuki bu butun insoniyatni urushi edi agar bordiyu fashizm g'alaba qozonsa ular bu rus bu o'zbek deb ajratmas edi hammani boshma bosh qirar halok qilar, tajriba quyonlari sifatida lagerlarda laboratoriyalarda o'ldirar edi demakki sizu biz ham hozir o'tirib olib talashmasdik bu urush bizga tegishli emas deb. Kelinglar hamma narsani o'z nomi bilan ataylik va bu ota bobolarimizga nosbatan ham hurmat bo'lar edi.
ШЕРЗОД
Bobomni akasi urushga ketib bedarak ketgan faqat bitta xat kelgan ekan shu xatxam yuqolb ketgan ekan men uchun bu xotra kuni.
БЕКТОШ
мени бобом уша уруш катнашчиси, рахматлик 9- майни катта байрамдай нишонларди. 9- май мен учун хам галаба байрамидир
Дурдона )
9 май фашизм устидан галаба козонилган кун, фашизмга карши курашда мард узбек углонлари хотираси хурмати куни, жангда олдинги сафда курашган узбек углони мардлиги, асир тушган узбек углонинг орияти мардлиги тимсоли, фронт ортида тунни кундузга улаб тиминсиз мехнат килган миришкор узбек аёли хотираси хурмати, фронт учун пахтали пинжаклар, ук дорилар , самалетлар , танклар ишлаб чикарган мехнаткаш узбек халки, фронтда етим колган уй жойсиз колган жабрдийдаларни багрига олган уйи торидан жой берган багри кенг узбек, килган мехнатни миннат килмаган хокисор узбегим тарихини бир парчаси.....
Doston Sa'dullayev
Salom hammaga.G'alaba bayrami bn tabriklayman hammani.Bugun menimcha g'alaba kuni.To'g'ri xotira kuni ham,lekin o'tganlarni xotirlash uchun 9-may sanasini kutish shart emas.Ular doim bizning qalbimizda.Bu mening shaxsiy fikrim edi hammalarizga rahmat😊😊😊
Husniddin Pardayev_HP
Uzrku lekin shuncha insonning o‘limini qanday qilib xursandchilik bilan nishonlash mumkin. Nishonlash ham vafot etganlarning xotirasiga duo o‘qish va ularning joylari jannatda bo‘lishini tilab nishonlash ham mumkin.
Тирик қайтганлар учун бу кун байрам куни ку ахир. Дунёқарашни кенгайтиринг укам бир ёқлама ўйламанг.
Nargiza style
9may xotira va qadrlash kuni ekan nafaqat ikkinchi jaxon urushida shahid ketgan ota-bobolarimizni, millat ravnaqiga hissasi katta bogan va undanda katta ishlarni amalga oshirishni qalbida armon qilib obketgan qatag'on qurbonlariniyam xotirlash kuni deb bilaman. Bu bayramni Motamsaro ona poyida nishonlash barobarida Shahidlar maydoni ziyorati bilan yanada toliq boladi. Ozi xar kuniyam barcha otganlar xotirasi uchun tilovati Qur'on qilamiz. Lekin bu bayram yosh avlod tarbiyasi uchun kerak deb xisoblayman.
🇺🇿 Humoyun 🇺🇿
Шунчаки сталин билан хитлер инжикликлари туфайли ер талашиб бошлаган уруш ва хаммани улуг ватан уруши деб ишонтирган уруш якунини эслайдиган кун
Omonova Gòzal
Menimchayam tog'ri.
Наргиза
Тугри айтилган юкоридаги фикрлар, хозир одамлар бошкача фикрлайди куплари, утганларни хар куни эслаб дуода булишимиз керак... лекин якинларини эсламайдиган, кадрламайдиган одам кандай килиб Ватан химоясида утганларни хотирлайди...
🦅 Ахмадов.Х.Б
ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ куни бугун!!!
Assalomu alaykum. Ohirgi payt siz (Xushnudbek) ham hukumatda ishlaydigan, ilgari fikrlashi boshqacha boʻlsada kichik boʻlsa ham amalga oʻtirgandan keyin tili qisiqligini sezib qolgan odamlarga oʻxshab qolibsiz. Yoki juda koʻp televizor koʻrganingizdan hukumatning propogandistik tashviqotlari taʼsiriga tushib qolgandeksiz. Bu kun hech qanday gʻalaba kuni emas. Bu kun nishonlashga ham arzimaydigan kun. Bu kunda baʼzi odamlarning(Gitler, Djugashvili) injiqliklari ustun kelgan kun. Bu kun bir nechta millatchilarning ahmoqona kim oʻzarga oʻynagan va alal oqibat 70 000 000 odamning umriga zomin boʻlgan davrning hotimasi. Millionlab odamlar ruhan, jismonan qiynab oʻldirilgan. Oʻsha siz aytayotgan "gʻalaba" dan keyin ham oldin ham isqirt, mustabid davlat necha yuz minglab vatandoshlarimizni qatagʻon qilgan. Sizlarga ham maslahat. Oʻzligingizni yoʻqotmaslik uchun hamda tarixda yomon nom biln bilan qolasliklaring uchun bu kuni faqat Xotira va qadrlash kuni sifatida yod etish lozim.
Show next 100 comments