Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Mani imtihondan chiqazvorishgandi 2013- yil😭
ELBEK SHODIBOYEV
1-avgust men ham bugun ertalab bu kunni eslab abituriyent vaqtimni esladim, chunki bowqalarni bilmadim-u, lekin meni abituriyentlik davrim uyoq chozilgan, yani 7-yil har yili 1-avgust kelaversa hayajon kuchayaverardi. Bu kunni juda intiqlik bn kutardik. Yaxwi tayyorlanib bilimni olib kelaman ozroq omad yetishmay yiqilib yana tayyorgarlikni bowlardim wu 1-avgustni kutaverib 7-yil ham otib ketibdi. Inson doim harakatda bolsa maqsadni aniq qoysa albatta maqsadiga erishar ekan faqat bu yoʻlda ozroq mashaqqat, qiyinchiliklar boʻlar ekan. Men ham oxiri 8-yil oʻz maqsadimga yetdim Toshkent Davlat Yuridik Unversiteti talabasiga aylandim. Agar bir yilni oʻlchovini bilmoqchi boʻlsang abituriyentlardan soʻra deyishadi. 1- avgust desa hammani esiga imtixon hayajonli kun kelar edi. Xayr 1-avgust!!!!
👸Bɑɦσɖıɾσѵռɑ👑
1 avgust yana avvalgidek bolishini hohlardim mayli ushannday qiyin bolsa ham u paytni ozgacha masuliyati bor edi hech esimdan chiqmasa kk usha kun mana uqishni bitirdm shu yil hali hamon kechagidek esimda 1 avgust
2013-yil 1-avgust Nukusga endi kelib koʻrishim edi. Bir qadamlik joyga falon soʻm pul bilan olib borib aldashgan. Aniqrogʻi sodda boʻlganmiz.
Sardorbek
2014-yil 1-avgust. Imtihondan chiqdimu atrofdagi gaplarni eshitib stressga tushdim. Chunki imtihonga birinchi kirishim hamma narsa adolatli bo'ladi deb o'ylagandim. Bizni xonada va chiqayotganda mani nazarim tushgan xonalarda hamma narsa adolatli o'tayotgandek edi, nazorat kuchli edi judayam. Lekin tashqariga chiqishim bilan tarvuzim qo'ltig'imdan tushdi. Tashqaridagi yurgan abituriyentlar telefonda qaysi fandan nechta urganligi haqidagi gaplar tinmasidi. Yo'llarda kitobchalar(usha paytlari gugurtdek kitoblar sotilardi opkirib ketish uchun) shpargalkalar sochilib yotardi. Keyin bilsam armiyiskiylar kirgan xonada (boshqa xonalarda ham bo'lishi mumkin lekin manga qorong'u bu masala) hamma kattaxolasinikidek telefondan foydalanipti. O'zi 40 ta o'ringa 56 ta armiyiski topshirgan edi (harbiy tavsiyanomaga ega bo'lganlar, u paytlari ularga qo'shimcha 61 ball berilardi). Yo'lda ketayapkan paytim umrbod esimdan chiqmasa kerak. Imtihonga kirgan yaqin do'stlarimni holati manga o'xshardi. Kettikmi deganda nima diganimni eslolmayman. Abam nima bo'ldi Sardor deb tinmay so'raganlarida man kettim deb indamay hammasini tashlab ketvorganman. Hayolimda o'ylar usha payti bir narsa agar mabodo kirolmasam armiyaga ketaman. Ketish uchun qancha soqqa ketarkin(usha paytlari ketish uchun ham qistirish kerak edi). Yana dadamni pulini sarflarkanman. Shuncha kursga pul berib sarflaganlarini davomi bo'larkanda. Yoq xudoga shukur unday bo'lmadi. Ustozlarim bergan bilim samarasini berdi. Faqat ba'zi bir la'nati insonlarni deb, korrupsiyani deb dadamni pullarini 4 yil kantraktga sarfladim. 172.2 ball bilan kantraktga kirdim deyolmaganmanam. Mandat chiqqan kun nishonlamaganman ham. Chunki kantrakt edi. Mandatni abedgacha bilib abetdan keyin beton quyganlarim, hayolimda ota-onamni kantraktni to'lashga majbur qilarkanman deb o'ylaganlarim. Eh gapirsa gap ko'p...
Assalomu aleykum. Hozir shularni rohatini kuryapszmi
Asomiddin
Men 1 avgustda ikki marotaba imtixonga kirib yiqilganman o'tgan yili sentabrda imtixon bo'lganida kirdim hozirda TerDuda yuridik fakultetida o'qiyman
1 - August hayajonlarga boy va juda qiziqarli edi.
Osha kuni va undan bir kun oldin deyarli kop abiturentlar kuchli hayajon tufayli uxlay olishmasdi. Manda ham shunday bolgan.
Barcha bargaining yaxshi yomon tomoni bolganiday. Bu kun men uchun hayotimning hal qiluvchi baxtli pallasi bolib qoladi
Ha ozgarishlar yaxshi lekin osha vaqtdagi 1 avgustni kutib yergan abuteriyentlar va oqishga kirgan talabalar hozzirgi abuteriyentlar va talabalardan ancha muncha ilimli va oqu qorani aniqlayoladigan avlodddd
Taxilarni narxi osmon bolardi
2011 yil 1 avgust imtoxondan chiqishim bilan ota onam kutib olishgan ularga grant kirdim deb chiqganman orqamdan opam ham chiqgan grant deb chiqgan ota onam ukam hayron bolishgan kirish kirmaslik kantrakga kirishimizam mumkun bolganda bunchalik ishonch bilan ayganimizdan hayron bolishgan. Taqdir taqozosi bilan ikkalamizham grantga oqishga kirganmiz mandat chiqgan kun ota onamiz bizlardan bahtli inson yoq edi
Комил Назаров
2004 йил укишга кабул килинганман
1-avgust ajoyib hotiralar kuni. Men 2009- yilda kollejni tugatibmanki o'qishga kirish uchun omadimni sinab uning alamli yakunini his qilish bilan umrim o'tdi. Birinchi avgustga 3 kun qolganda uxlolmay boshlardim o'tib ketgach mandatgacha bu uyqusizlik cho'zilardi. O'tgan yili hujjat topshirmadim baribir omad mendan butun umrga yuz o'girgan ekanini chin dilimdan tan oldim. Ming shukrki o'tgan yili ham bu yil hammasi joyida😊😊 bugun 1-avgust ajoyib kun hozirgi kungacha oliygohda o'qish nasib etmagan bo'lsa ham hayotda o'z o'rnimni topganimdan mamnunman.😊😊😊
Men uchun bugun ya'ni 1-avgust sanasi hech qachon yodimdan chiqmaydi bu kun unutilmas sanadir
AZAMAT
Albette 1-avgust kuni mende abiturent bolip testke barganman ham 2 marte укол salgan emleniwim ushin naq 45 min waqit ketken. Sonda da audayga shukur sol jili 112.5 ball jiynap student boldim
Oqilaxon Tursunova
O'ylab qarasam,1-avgustni men ham yomon ko'rar ekanman.1-avgust kuni uxlamasdan duo o'qib tong ottirar edim.Sababi qizim olti til O'zbekiston oliygohlariga kira olmagan.Imtihonlarda bo'ladigan barcha g'irromliklarni ko'rdik.Natija chiqmasligini bilsamda appelyatsiyaga berganman.Allohga shukur,zamon yaxshi tomonga o'zgardi.Hozir qizim nufuzli xorijiy oliygohda o'qiyapti.Lekin haliyam 1-avgust kelganda yuragim bir orziqib ketadi.
4 yil oldin shu kuni issiqda imtihon topshirganman...

Va o'qishga kirolmaganman😅
2017- yili 1- avgustda birinchi marta imtihonga kirganman, atrofimda hamma telda foydalanayotgan umuman olganda hamma bor imkoniyatdan foydalanayotgan edi, o'sha yili 104.2 ball bn óqiwdan yiqildm, va nihoyat 2019- yili talaba bôliw baxti nasib qildi, óz kuchim bn talaba bóldim!
Menga 1 avgustda testga kirish nasib etmagan 😅, 12-avgustda topshirganman. Chunki 2018-yilda testlar 15 kunga o'tgandai. Allohga shukur 19 yoshimda Sharqshunoslik Universiteti talabasi bo'ldim. Mana yana 1 yil vaqt qolibdi. Vaqt o'tmoqda...
Show next 100 comments