Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Taxilarni narxi osmon bolardi
2011 yil 1 avgust imtoxondan chiqishim bilan ota onam kutib olishgan ularga grant kirdim deb chiqganman orqamdan opam ham chiqgan grant deb chiqgan ota onam ukam hayron bolishgan kirish kirmaslik kantrakga kirishimizam mumkun bolganda bunchalik ishonch bilan ayganimizdan hayron bolishgan. Taqdir taqozosi bilan ikkalamizham grantga oqishga kirganmiz mandat chiqgan kun ota onamiz bizlardan bahtli inson yoq edi
Комил Назаров
2004 йил укишга кабул килинганман
1-avgust ajoyib hotiralar kuni. Men 2009- yilda kollejni tugatibmanki o'qishga kirish uchun omadimni sinab uning alamli yakunini his qilish bilan umrim o'tdi. Birinchi avgustga 3 kun qolganda uxlolmay boshlardim o'tib ketgach mandatgacha bu uyqusizlik cho'zilardi. O'tgan yili hujjat topshirmadim baribir omad mendan butun umrga yuz o'girgan ekanini chin dilimdan tan oldim. Ming shukrki o'tgan yili ham bu yil hammasi joyida😊😊 bugun 1-avgust ajoyib kun hozirgi kungacha oliygohda o'qish nasib etmagan bo'lsa ham hayotda o'z o'rnimni topganimdan mamnunman.😊😊😊
Men uchun bugun ya'ni 1-avgust sanasi hech qachon yodimdan chiqmaydi bu kun unutilmas sanadir
AZAMAT
Albette 1-avgust kuni mende abiturent bolip testke barganman ham 2 marte укол salgan emleniwim ushin naq 45 min waqit ketken. Sonda da audayga shukur sol jili 112.5 ball jiynap student boldim
Oqilaxon Tursunova
O'ylab qarasam,1-avgustni men ham yomon ko'rar ekanman.1-avgust kuni uxlamasdan duo o'qib tong ottirar edim.Sababi qizim olti til O'zbekiston oliygohlariga kira olmagan.Imtihonlarda bo'ladigan barcha g'irromliklarni ko'rdik.Natija chiqmasligini bilsamda appelyatsiyaga berganman.Allohga shukur,zamon yaxshi tomonga o'zgardi.Hozir qizim nufuzli xorijiy oliygohda o'qiyapti.Lekin haliyam 1-avgust kelganda yuragim bir orziqib ketadi.
4 yil oldin shu kuni issiqda imtihon topshirganman...

Va o'qishga kirolmaganman😅
2017- yili 1- avgustda birinchi marta imtihonga kirganman, atrofimda hamma telda foydalanayotgan umuman olganda hamma bor imkoniyatdan foydalanayotgan edi, o'sha yili 104.2 ball bn óqiwdan yiqildm, va nihoyat 2019- yili talaba bôliw baxti nasib qildi, óz kuchim bn talaba bóldim!
Menga 1 avgustda testga kirish nasib etmagan 😅, 12-avgustda topshirganman. Chunki 2018-yilda testlar 15 kunga o'tgandai. Allohga shukur 19 yoshimda Sharqshunoslik Universiteti talabasi bo'ldim. Mana yana 1 yil vaqt qolibdi. Vaqt o'tmoqda...
Inshaalloh menga xam 5 avgust sanasi shunday quvonchli xotiralar bilan eslab qolish nasb qilsin
Axmatov
1 августдан пул берувчии ва олувчилар маанфатдор,пули йукларни хечким тингламас эди.
Лекин билганку хамма шундай булишини,...
Хуллас хозир яхши.
Allohdan soreman 10-avgustniyam birinchi avgustdek hotrjam hursan otkizvole
Xa 1avgustdan alamli xotiralar qogan 2yil imtixondan yiqilganman lekin hozir xudoga shukur hammasi yaxshi azaliy orzuyim talaba bòlish baxtiga sazovor bòganman Olloxga shukur
1 avgust òyinlarini 4 yil kòrdim😔😔 4- yil uje umidim uzgandim shunaqangi nohaqlikka uchradim buldi hech qayerda adolat yòq ekan deb yiglab univer darvozasidan chiqib ketganman. Bizning auditoriyada tayyor javoblani kutib utirishardi lekin bu hech kimni ajablantirmas, kamiga usha noinsoflar birovlarga tuxmat qilib utirishgan ana "paravoz" chetlatinglar deb. Uzimga ham shunaqa tuxmat qilishgan yonimdagi yordam suragnida bir qarab bergan edim. Chetlatishlariga bir bahiya qolgan. Qarasam ular uzlarida eski qogozlar rasm chizib utirishar javobni kutib. Eni shu holatni bir tasavvur qilib kuring😡😡😡 man hm talab qildim savollar kitobini va javob varaqalari topishlarini nazoratchilar jim , koridorga chiqdim Snb hodimlari hr qadamda aytdim nima bòlayotganini qimir etishmadi nima emish vakolatiga kirmas emish, unda sizlar nega keraksiz dedim??? Yana yurishda davom etdim yana nazoratchilar ularga ham aytdim yurilar qarelar qachongacha shunaqa holat davom etadi deb urnidan ham turmadi qareymiz uylameng deb beparvo uturishardi. 1-etajga tushdim shunaqa yiglab ketayabman alam bn. yulimdan gerdaygan SNB xodimi chiqdi har qadamda turganlarini kattasi edi, unga ham aytdim gerdayib bizni vakolatga kirmaydi dedi. Kimni vakolatiga kiradi unda dedim DTM vakili bor unga bor deydi, qani unda usha vakil desam hech kim kursatmadi😔😔😔 qòpol qilib aytganda "it"eshitmasdi,kòngliz uchun ham qareymiz deb aytadigan "inson" yoq edi😢😢😢. Chiqaverishimdahovlida bir yoshgina òqituvchi qiz tuxtatdi nimaga yiglayabsan deb, yagona hol suragan inson, qòlimdan tutib binoga olib bordi hozir aytaman SNB borku axir, bunaqa qilishlariga yul quymaydi deb ishonch bn borgandi, usha gerdaygan SNB hodimi bor joyingni bil olib kelma bizga bunaqa boshqa, aralashma deb urishib berdi, chetroqda turardim yiglab hamma gaplarini aniq eshitgandim.Bechora indamey yonimga keldida, buldi uzlari qarashar ekan aytdim, yur yiglama buldi hammasi yaxshi boladi deb olib chiqib ketdi. Nechchi kun bunaqa nohaqlikdan uzimga kelolmay yiglaganman😔😔😢😢😢 umidimni uzgan edim uje, dadam oxirgi yiling degandila😔😔😔 javob ham kutmadim. Lekin Allohimga ming shukur duolarim ijobat bòldi talaba bòldim, shuncha nohaqlikka qaramasdan😊 Alhamdulillah tamomladim ham)). Lekin 1 avgust juda achchiq xotiralar qoldirgan😔😔😔 bu voqea 2017 yil Milliy Universitetda bòlgan...
"Qora tarixning qora xotiralari kuni" - 20 yilga taraqqiyotni to'xtatib qo'ygan sana!
Hayotimdagi eng hayajonli kunlardan biri edi. Talaba boʻlish uchun qanchadan qancha uyqusiz tunlar, sarf xarajatlar, tinimsiz duolar ijobati boʻldi xudoga shukur.
Show next 100 comments