Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Raximov Abror
Bir kunda butun O'zbekiston jinnixona bo‘lardi. Menimcha uncha yomon sana emas, 1 avgust. Bilimi bor o'sha payti ham o'qishga o'tgan. Lekin shaprgalka chiqgan vaqtlari, vunderking bo'lsa ham foydasi yo'q edi
Хурматли Хушнудбек сиз хам у́ша даврни одамисиз. Сиз хам у́зиз коралайдиган даврда укишга кириб хаяжонларни бошиздан кечиргансиз. 2001йилда контрактга хам илинмаганман 2002 йилда давлат гранти асосида у́кишга кирганман. Жон деб у́ша давтларга кайтган булардим. Уша пайтларда сиз айтгандек факат 1августда хаммаси хал буларди, хозир "у́йин килишга" , "Х вариантлар" чикариб сотишга вакт купрок. Мен хозирги тест тизмига умуман каршиман, кераксиз лиготалар ку́пайиб кетган. Улардан Энг расвоси президент мактаблари ташкил этилиб казо казоларни тупой фарзандларини укишга кабул килиб келажакда давлат ОТМ ларига имтихонсиз киришини накдлаб куйишди. Бу жудаям катта хато. Бунда у́сиш булмайди. Табакаланишни бошлаб беришяпти. Оддий мактабда супер мупер контрактда укиган укитувчини кулида укиган оддий халк фарзандларини Нима айби бор. Улар имтихон топширишсину билимли укитувчилардан тахсил олган бойваччалар нега имтихон топширишмасин. Хаммага бирдек имкон бериш керак. 1августни жойига кайтариш керак.
Òqishga 1yil topshirganman. Bu yil ikkinchi yil.3yildan beri tayyorgarlik kòraman. Odatda gaplarimni dadamga aytmayman. Qòrqish bor. Lekin òqish borasida hech narsadan tap tortmayman. Dadamga ilk bor: " Men òqimoqchiman repititorga qòying" deganman. Shunda hech ikkilanmasdan rozi bòlgan. Lekin meni qiziqishlarim bilan qiziqmadi dadam. Òzim jurnalistikaga qiziqardim. Dadam òqituvchi bòlasan derdi. Meni orzularim juda kòp edi. Qòshiq hirgoya qilib turaman, she'r yozaman, dublajga qiziqaman(ovozimni turli ohangga sola olaman😉). Lekin bularni ularga yatgim kelmaydi. Baribir qòlidan kelmaydi, qiz bolaga qòshiqchi bòlib nima bor deyishadi. Òtgan yili 10-sentabrda imtihonim bòldi. Katta shijoat bilan imtihonga otlandim. Òsha dadam hoxlagan inyazga topshirdim. Imtihondan kelib rosa yiģlaganman. Tayyorgarlik kòrishni boshlagan kunimdan too òsha imtihon kunigacha boshimdan òtgan barcha ishlarni eslab yiģlaganman. Qiynalib òqiganman chunki uydagilar senga faqat 1yil imkon kisen kirdin boshqa tayyorgarlik kòrmaysan deyishgandi. Menimcha yiģlaganimni sababi yiqilishimni yuragim sezgan. 148 balni oyimdan eshitib òsha zahotyoq yiģlab yuborganman. Chunki u bal bilan inyazga kirib bòlmasdi. Oyim bakim omadin kelib kirib qolarsan qizim derdilar. Yòq kirolmadim. Siz talabalikka tafsiya etilmadingizni eshitib hòngrab yiģlaganman. Hech kim meni ovuta olmagan. Dadam meni yiģlaganlarimni kòrib mayli qizim senga yana bir imkon yana 1yil òzingni sinab kòr degandilar. Yana 1 yil tayyorgarlik kòrdim. Bu yil hech kimga aytmasdan òsha òzim sevgan jurnalistikaga hujjat topshirdim. Topshirib bòlib dadamga kòrsatdim. Nekòz bilan kòrayki dadam hech nima demadilar. Men hozir urishib tashlaydilar deb òylagan edim. Yòq indamadilar faqat juda qaysarsanda dedilar😀😊. Hali shunday katta jurnalist bòlishimga ishonaman. Xudo xohlasa dadam yaxshiyam sen menga aytmasdan hoxlagan yònalishinga hujjat topshirgan ekansan deydigan darajada yaxshi jurnalist bòlaman. Duo qiling 10-da imtihonim. Qaysidir manoda yengil bòldim. Òylagan, kechirgan narsalarimni kimgadir aytib...
Mohlaroyim Isakova
1- avgust eng hayajonli koʻz yoshli lahzalarga guvoh boʻlgan kun. Millionlab yoshlar taqdirini hal qilgan oʻsha 2 soat. Hozir ham hayajonlanaman. Endi boʻlsa bu kunni hech qanday ahamiyati yoʻq. Ollohga shukur talabalik baxti nasib qildi.
💫🌟🌟🌟🌟🌟🌟💫
2011-yil Imtihon 2- avgustda bo‘lgandi kim eslasa agar. O‘sha yili men talaba bo'lganman.
Gapirishga til ojiz u vaqtni
HuRiNiSo
1-avgust avvallari rostdan xaqiqiy tayyorlanib,ertayu kech Talaba bo'lish uchun intilganlarning eng hayajonli kuni bo'lgan,shu qatorda mani ham,2006-yil O'zDJTU darvozasi oldida yuragim dukurlab navbat kutib,testga kirgandim,o'qiganlarimni natijasini,mehnatim samarasini 1-yildan his etganman Ollohga shukr!Lekin Aslida Toshkent Yuridik Institutiga topshirmoqchi bo'lganman,lekin yaqinlarim,ustozlarim(balki harakterim va bilimimdan kelib chiqishgandir) rad etishgan...
Menda 1-avgust juda katta hayajon uyg'otgan 2019-yil huddi shu kunda qirg'izdan uqishimni kichirganimda talaba buldingiz degan habar kelgan😂😂😂
Man 10 marta 1 avgust kuni imtihon topshirganman, keyin bu yil Westminsterga kirdim kontraktga IELTS topshirib , 30mln kontrakt, lekin yana topshirdim hujjat TDIUga, InshaAlloh nasib qilsa bu yil oliy o'quv yurtiga o'qishga kirish nasib etsa
Tillayeva Marğuba
Õqituvchim telfon olib kirmaysan fikring bõlinadi beb turib olganlar hamma telfonni bemalol ishlatishgan menda esa yuq edi imtihondan yeğlab chiqanman hudoga shukur grant asosida õqishga kirganman ustozimga ming rahmat
Voy tepadagi fikrlani öqib qörqib ketvoman😱. 10 kundan kn imtihonim . Nima bugandayam Allohni oʻzi qollasin.
Imtixonda 36 tarixlik tarix blokimdan 26ta ishlaganimni 100% anglab chiqqanman eng qizig’i bu son 28ta bo’lishi kerak edi 26ta bolishiga sabab 2ta savolni surib qoyganman juda alam qilgan yakunda 5,2 ball meni oliygohdan olib qolgan😅
Allohimga shukrki hozir talaba bo’ldim
A😘+SH💖=R💞M🌸👶
1avgust tugilgan kunim 2 martlab wu kuni kutardim 2 yil topwirdim Nizomiy ped instga kira olmadim uyga sovchilar kelardi uzatamiz deb turib oliwgandi sovchilar kop jonimga tegib ketgandi ohirgi marta uchrawuvga chiqiwim kegin instga qatiq tayyorlanaman dib yeglab uchrawuvga chiqanman taqdir bolib hojayinimni uchratib yoqtirib qolganman Alhamdullilah 3 ta farzandim bor
Menda 1-avgust bilan 2 ta xotira qolgan. 2017-yilda xohishlarsiz,tajang bo'lib imtihonga borganim. Hafsalasiz chiqqanimda dadamni ko'zlaridagi hayajonni ko'rib uyalib ketganman(chunki o'zim hoxlamagan OTM ga topshirgandim) 20-avgust kuni Ne ko'z bn ko'rayki 1-o'rin grant sohibasi bo'lganman🥰. Hammasi ajoyib, lekin hoxlamagan joyizda 4 yil o'qish qiyin ekan. Alhamdullilah ko'p yutuqlarga erishdim, imtiyozli magistratura bosqichini qo'lga kiritdim va hamma imtiyozlarimdan voz kechib bu yıl orzuyimdagi viloyatga magistratura un topshirganman. Ilohim yaxshi niyatda tayyorlanib o'qimoqchi bo'lgan barchaga talabalik nasib etsin.
O'tgan yili shu kunda yaqin insonim bn taqdirim hal bo'lgan. Barchasi uchun Allohimga hamd bo'lsin🤲
Quvondiq Yaxshiboyev
Milliy test tizimida saviya bor edi yillab mehnat qilinardi men birinchi yildan SamDU ga budjetga o'tganman 173 bilan hozirchi shu insonlarga beriladigan pullarni ko'tarilgan kantrak qilib qo'ydi hozir ham shuki o'zgarish yoq med inistitutga 30 ming 40 ming bilan kirayapdi undan ko'ra Xushnidbek aqilli OTM ni kuchaytirish kk edi o'qimagan talabani yo'qotib yuborish kk edi maoshlarni oshirish kk edi nima o'zgardi boyni bolasi baribir pul bilan kirayapdi pul bilan o'quyapdi
Valijon Abdig'aniyev
2013-yilda 185.6 ball bilan o'qishga kirganman. Ammo 1-avgust kuni vaqt tugadi degan baxona bilan titul varaqamni xavfsizlikni bir xodimi mendan olib qoyaman deb, sal qolgandi yirtilib ketishiga. Undan ozgina yarim soniya oldinroq qolimga olib, xoniga oxiriga qochib qolgandim. ( Shunda bildim kinolarda odamlar "ishtoni xollab" qo'yishining sababini
Show next 100 comments