Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Gapirishga til ojiz u vaqtni
HuRiNiSo
1-avgust avvallari rostdan xaqiqiy tayyorlanib,ertayu kech Talaba bo'lish uchun intilganlarning eng hayajonli kuni bo'lgan,shu qatorda mani ham,2006-yil O'zDJTU darvozasi oldida yuragim dukurlab navbat kutib,testga kirgandim,o'qiganlarimni natijasini,mehnatim samarasini 1-yildan his etganman Ollohga shukr!Lekin Aslida Toshkent Yuridik Institutiga topshirmoqchi bo'lganman,lekin yaqinlarim,ustozlarim(balki harakterim va bilimimdan kelib chiqishgandir) rad etishgan...
Menda 1-avgust juda katta hayajon uyg'otgan 2019-yil huddi shu kunda qirg'izdan uqishimni kichirganimda talaba buldingiz degan habar kelgan😂😂😂
Man 10 marta 1 avgust kuni imtihon topshirganman, keyin bu yil Westminsterga kirdim kontraktga IELTS topshirib , 30mln kontrakt, lekin yana topshirdim hujjat TDIUga, InshaAlloh nasib qilsa bu yil oliy o'quv yurtiga o'qishga kirish nasib etsa
Tillayeva Marğuba
Õqituvchim telfon olib kirmaysan fikring bõlinadi beb turib olganlar hamma telfonni bemalol ishlatishgan menda esa yuq edi imtihondan yeğlab chiqanman hudoga shukur grant asosida õqishga kirganman ustozimga ming rahmat
Voy tepadagi fikrlani öqib qörqib ketvoman😱. 10 kundan kn imtihonim . Nima bugandayam Allohni oʻzi qollasin.
Imtixonda 36 tarixlik tarix blokimdan 26ta ishlaganimni 100% anglab chiqqanman eng qizig’i bu son 28ta bo’lishi kerak edi 26ta bolishiga sabab 2ta savolni surib qoyganman juda alam qilgan yakunda 5,2 ball meni oliygohdan olib qolgan😅
Allohimga shukrki hozir talaba bo’ldim
A😘+SH💖=R💞M🌸👶
1avgust tugilgan kunim 2 martlab wu kuni kutardim 2 yil topwirdim Nizomiy ped instga kira olmadim uyga sovchilar kelardi uzatamiz deb turib oliwgandi sovchilar kop jonimga tegib ketgandi ohirgi marta uchrawuvga chiqiwim kegin instga qatiq tayyorlanaman dib yeglab uchrawuvga chiqanman taqdir bolib hojayinimni uchratib yoqtirib qolganman Alhamdullilah 3 ta farzandim bor
Menda 1-avgust bilan 2 ta xotira qolgan. 2017-yilda xohishlarsiz,tajang bo'lib imtihonga borganim. Hafsalasiz chiqqanimda dadamni ko'zlaridagi hayajonni ko'rib uyalib ketganman(chunki o'zim hoxlamagan OTM ga topshirgandim) 20-avgust kuni Ne ko'z bn ko'rayki 1-o'rin grant sohibasi bo'lganman🥰. Hammasi ajoyib, lekin hoxlamagan joyizda 4 yil o'qish qiyin ekan. Alhamdullilah ko'p yutuqlarga erishdim, imtiyozli magistratura bosqichini qo'lga kiritdim va hamma imtiyozlarimdan voz kechib bu yıl orzuyimdagi viloyatga magistratura un topshirganman. Ilohim yaxshi niyatda tayyorlanib o'qimoqchi bo'lgan barchaga talabalik nasib etsin.
O'tgan yili shu kunda yaqin insonim bn taqdirim hal bo'lgan. Barchasi uchun Allohimga hamd bo'lsin🤲
Quvondiq Yaxshiboyev
Milliy test tizimida saviya bor edi yillab mehnat qilinardi men birinchi yildan SamDU ga budjetga o'tganman 173 bilan hozirchi shu insonlarga beriladigan pullarni ko'tarilgan kantrak qilib qo'ydi hozir ham shuki o'zgarish yoq med inistitutga 30 ming 40 ming bilan kirayapdi undan ko'ra Xushnidbek aqilli OTM ni kuchaytirish kk edi o'qimagan talabani yo'qotib yuborish kk edi maoshlarni oshirish kk edi nima o'zgardi boyni bolasi baribir pul bilan kirayapdi pul bilan o'quyapdi
Valijon Abdig'aniyev
2013-yilda 185.6 ball bilan o'qishga kirganman. Ammo 1-avgust kuni vaqt tugadi degan baxona bilan titul varaqamni xavfsizlikni bir xodimi mendan olib qoyaman deb, sal qolgandi yirtilib ketishiga. Undan ozgina yarim soniya oldinroq qolimga olib, xoniga oxiriga qochib qolgandim. ( Shunda bildim kinolarda odamlar "ishtoni xollab" qo'yishining sababini
عبد الله
2019-yil o'qishga kirdim. Imtihon hech qanday hayojonsiz oddiy kundek o'tdi, sababi 1-avgustdan oldin 2 ta xorijiy universitetga oqishga qabul qilingandim. Odatda, bizda abiturientlar o'qishga kirgunicha qattiq o'qishadiyu, talaba bo'lgach o'qishga ishtiyoqi susayib ketadi. O'ylashimcha, to'xtab qolmaslik kerak. 4 yil diplomni kutib bekorchilikda kun o'tkazgandan ko'ra til kurslariga borib xorijiy tillarni o'rganish, ma'lum darajada IT sohasini o'rganish ancha foydaliroq.
Umuman olganda, yaxshi mutaxassis bo'lish uchun hech qanaqa diplomni keragi yo'q, o'z sohasi bo'yicha malaka va ko'nikmaga ega bo'lsa kifoya. Qachondir O'zbekistonda ham diplomga qarab emas, balki iste'dod va malakasiga qarab ishga qabul qilishlarini kutib qolamiz... Albatta bunga erishish uchun mutasaddilarimiz sovet tuzumidan qolgan ongi va dunyoqarashini o'zgartirib, hayotga real qarashni o'rganishi kerak...
Men 198.8 bal bilan TATU ga grantga kirganman eng qizig oqishdi javob 18 avgust kuni chiqan tugulgan kunimga padarka
@Jalol4451!
Гульёра Эргашева
1 avgust òyinlarini 4 yil kòrdim😔😔 4- yil uje umidim uzgandim shunaqangi nohaqlikka uchradim buldi hech qayerda adolat yòq ekan deb yiglab univer darvozasidan chiqib ketganman. Bizning auditoriyada tayyor javoblani kutib utirishardi lekin bu hech kimni ajablantirmas, kamiga usha noinsoflar birovlarga tuxmat qilib utirishgan ana "paravoz" chetlatinglar deb. Uzimga ham shunaqa tuxmat qilishgan yonimdagi yordam suragnida bir qarab bergan edim. Chetlatishlariga bir bahiya qolgan. Qarasam ular uzlarida eski qogozlar rasm chizib utirishar javobni kutib. Eni shu holatni bir tasavvur qilib kuring😡😡😡 man hm talab qildim savollar kitobini va javob varaqalari topishlarini nazoratchilar jim , koridorga chiqdim Snb hodimlari hr qadamda aytdim nima bòlayotganini qimir etishmadi nima emish vakolatiga kirmas emish, unda sizlar nega keraksiz dedim??? Yana yurishda davom etdim yana nazoratchilar ularga ham aytdim yurilar qarelar qachongacha shunaqa holat davom etadi deb urnidan ham turmadi qareymiz uylameng deb beparvo uturishardi. 1-etajga tushdim shunaqa yiglab ketayabman alam bn. yulimdan gerdaygan SNB xodimi chiqdi har qadamda turganlarini kattasi edi, unga ham aytdim gerdayib bizni vakolatga kirmaydi dedi. Kimni vakolatiga kiradi unda dedim DTM vakili bor unga bor deydi, qani unda usha vakil desam hech kim kursatmadi😔😔😔 qòpol qilib aytganda "it"eshitmasdi,kòngliz uchun ham qareymiz deb aytadigan "inson" yoq edi😢😢😢. Chiqaverishimdahovlida bir yoshgina òqituvchi qiz tuxtatdi nimaga yiglayabsan deb, yagona hol suragan inson, qòlimdan tutib binoga olib bordi hozir aytaman SNB borku axir, bunaqa qilishlariga yul quymaydi deb ishonch bn borgandi, usha gerdaygan SNB hodimi bor joyingni bil olib kelma bizga bunaqa boshqa, aralashma deb urishib berdi, chetroqda turardim yiglab hamma gaplarini aniq eshitgandim.Bechora indamey yonimga keldida, buldi uzlari qarashar ekan aytdim, yur yiglama buldi hammasi yaxshi boladi deb olib chiqib ketdi. Nechchi kun bunaqa nohaqlikdan uzimga kelolmay yiglaganman😔😔😢😢😢 umidimni uzgan edim uje, dadam oxirgi yiling degandila😔😔😔 javob ham kutmadim. Lekin Allohimga ming shukur duolarim ijobat bòldi talaba bòldim, shuncha nohaqlikka qaramasdan😊 Alhamdulillah tamomladim ham)). Lekin 1 avgust juda achchiq xotiralar qoldirgan😔😔😔 bu voqea 2017 yil Milliy Universitetda bòlgan...
Bugun 2-3ta telekanalda "1-avgust" degan kino quydi. U yerda haqiqat faqat bir taraflama yoritilgan. Siz aytayotgan shahslar haqida gap buliwi mumkin emas.
Eng yoqimli xotirlar edi qani o'sha kunlar
2015-yil 1-avgust 1-urinishdayoq 1-grant.
Gavhar Umurqulova
Лазизбек Баракаев
Хурматли Хушнудбек сиз хам у́ша даврни одамисиз. Сиз хам у́зиз коралайдиган даврда укишга кириб хаяжонларни бошиздан кечиргансиз. 2001йилда контрактга хам илинмаганман 2002 йилда давлат гранти асосида у́кишга кирганман. Жон деб у́ша давтларга кайтган булардим. Уша пайтларда сиз айтгандек факат 1августда хаммаси хал буларди, хозир "у́йин килишга" , "Х вариантлар" чикариб сотишга вакт купрок. Мен хозирги тест тизмига умуман каршиман, кераксиз лиготалар ку́пайиб кетган. Улардан Энг расвоси президент мактаблари ташкил этилиб казо казоларни тупой фарзандларини укишга кабул килиб келажакда давлат ОТМ ларига имтихонсиз киришини накдлаб куйишди. Бу жудаям катта хато. Бунда у́сиш булмайди. Табакаланишни бошлаб беришяпти. Оддий мактабда супер мупер контрактда укиган укитувчини кулида укиган оддий халк фарзандларини Нима айби бор. Улар имтихон топширишсину билимли укитувчилардан тахсил олган бойваччалар нега имтихон топширишмасин. Хаммага бирдек имкон бериш керак. 1августни жойига кайтариш керак.
Men ham shu gaplarga qo'shilaman 1-avgust yaxshi edi super kontraktni ham yo'q qilish kerak otasini puliga boyvochcha bilimsizlar kervolib o'qishmoqda
Show next 100 comments