Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Сохиба Махматкулова
Хакикатдан шу куни куплаб миллатдошларимиз уз халкимизга,келажагимиз булган фарзандларимизнинг келажагига харом куллари б-н нафс ва бойлик эвазига болта уришган.Бир неча соатларда миллионер ва миллиардерларга айланишган.Кандай аянчли ва жирканч холат.Рости харом йуллар б-н эришилган мол-мулк ва давлатнинг жавоби накадар огир-а.Суроксиз бировнинг ручкаси ёки каламини олиш бу гунох,угирлик хисобланади деб бола тарбия киламиз.Бу холатларга бандаси нима деб жавоб беради билмадим.Худога шукур жамиятимиздаги энг,энг чиркин ва жиркач холатларга чек куйиляпти...
Men ham 2013-yil 1-avgustda test sinovlari topshirganman. Hayajon bilan 15 kundan oshiq natijalarni kutganman rosa 😊 Va Xudoga shukrki, talaba bo'lish nasib qilgan
Rustam Abduraximov
Zo‘r gap
Telegramda ham twit yozish mumkin

Telegramga sodiqlar nima dedingiz😆

Telegramni ham bloklab qo'yishmasin😯
Assalomu aleykum! 1-avgustni eslamay bo'ladimi? 1 kun oldin hayajondan o'lay deganman. 1-avgust kuni imtixonga hattoki nonushta qilmasdan borganman. Imtixondan keyin kira olmadim deb rosa qo'rqqanman va natijalar e'lon qilinguncha hech qaysi o'qituvchim bilan gaplashmaganman. Allohga shukr, birinchi yilim o'qishga kirganman.
Mendagi 1-avgust voqealari judayam yomon bòlganiga qaramasdan.Usha kuni eslasam hozir mazza qilib kulgim keladi,judayam hayajonli vahimali kun desam yangilshmagan bolaman. Õsha paytlar juda kòp nohaqliklarni ôz kòzim bilan kôrganman. Harsafar shu kuni imtihonga ketgim kelmay yiģlardim xuddikim urushga ketayotgandek chunki u paytlar haqiqat yoq edi shuning uchun bõlsa kerak yiqilishim tayin deb ôylardim va men hargal 3-4 ball yetmasdan tarix fakultetidan oqishdan yiqilardim.koplar pastroq fakultetga topshirgin diyishgan ammo qilmaganman vanihoyat 3 yil oqishdan yiqilshlardan sõng 2018-yil 12-avgustdagi imtihonga kirib õzim xohlagan õsha tarix fakultetiga õqishga kirdim 😁
1 -avgust menga oddiy kun sifatida qolgan sababi 2019 -yil birinchi marta topshirganman va 15 kun davomida o‘tkaziladigan bo‘lgandi shuning uchun hayajonli kun emas lekin imtihonga kirish juda hayajonli birinchi yil tayorlanmay topshirganman va yiqilganman keyingi yil juda qiynalib ayniqsa karantinda tunni tonga ulab tayorlanganim esimda ammo omad yana kulmadi 2 -yil ham yiqildim lekin bilimsizlikdan emas omadsizlikdan ota onamga rahmat yana bir yil imkon berishdi 21 ga kirdim do‘stlarim o‘zlari pul topishadi lekin men hali ham dadamni puliga qarayman hozzir bor imkoniyati bn tayorlandim hudo hoxlasa shu yil talaba bo‘laman 9-da imtihonim balki kimlar uchundir bir vaqtlar juda hayajonli bo‘lgan bu 1 -avgust men un 9-bo‘lar inshallah. Barcha abutirentlarga omad abutirentlik zavqli lekin juda mashaqqatli davr omad tilangozar biz abutirentlarga astoydil o‘qigan mehnat qigan(xitr yo‘llar bn kirmoqchi bo‘ganlarni ishi o‘xhsmasin)😊 kishilar talabalik baxtiga muyassar bo‘lsin
Mr__AkRaMoVich
O'qishni kochirish boyicha 2021-yillik malumotlarni bera olasizmi
SIDDIQOVA MUKARRAMXON HABIBULLAYEVNA
Assalomu alaykum.Mening 2 farzandim med.institutga grant va kontrak asosida kirishgan.Ular o'z bilimlari bilan kirishgan.Chunki bizda doimo pul muammosi bo'lgan.1-avgust kuni men uchun yoqimsiz hayajonli kunlar bo'lgan.Imtihonga borish va nazoratdan o'tish juda achinarli holat.....
Камола Кенжаева 16-мтт
Мен икки йил уриниб АДУга мактабгача таьлим йуналишига киролмаганман.ва утган йили киргизистонга укишга онлайн ташлашга мажбур булганман.бу йил худо хохласа кучириш насиб килса узимизда талабалар каторида мазза килиб укийман.
Shukurov
Ajoyib fikrlar
Òwa vaqtlar 30 foizca bilimsiz abiturient talaba bòlgan bòlsa hozirgi holatda 70-80 foizga yaqinlab qoldi.Cunki maqsadli kvotalar,super kontraktlar kòpayib ketti.Xullas boylar òqiydigan zamon keldi.
Men ucun 10yil alamli bulgan kun
Dilnoza Baratova
Assalomu alaykum hurmatli Xushnudbek 2002- yilda 75,5 Bal bilan grant asosida o'qishga kirganim haqiqiy omad bo'lgan.
Mohena
1-avgust . Bu sanani hamma har xil xotirlaydi. Men ham eng oxirgi 1-avgustdagi imtixonga qatnashganman Ertalabdan asosiy yullar yopiq imtixon joyigacha ancha piyoda borganman . Tiqilish ichkariga kirish muommo. 4-5ta tekshiruvdan utishlar Ushanda tiqilishda zurga ichgariga kirganman eng qizig'i oyoq kiyimsiz testga kirganman. Shunchalik tirband bulganki oyoq kiyimimni bosib qolishgan egilib qayta kiyishni imkonini qilolmaganman. 1-2 tasi xushini yuqotgan. Uyam mayli testlar sinfxonada hamma telda ishlagan eng qizig'igi bunga nazoratchini uzi imkon bergan. Menda na telifon , na telda javob aytib turadigan inson bor edi. Xullas Usha yili kirolmaganman
Hozir esa ancha qulay imtixonga kirish. Xudaga shukur talabaman.
💫🌟🌟🌟🌟🌟🌟💫
2011-yil Imtihon 2- avgustda bo‘lgandi kim eslasa agar. O‘sha yili men talaba bo'lganman.
ha ro'zani birinchi kuniga to'g'ri kelgandi1-August shu uchun 2-avgustda bo'lgandi imtixon esimda o'sha damlar man ham shu yili 184,5ball bn student bo'lganman
Show next 100 comments