Тестсиз ўтаётган 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан бир неча йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни аҳмоқ қилишарди гўё... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу 1 августдан.

Бугун эса 1 август — оддий кун. Август ойининг биринчи санаси холос. Мана кетма-кет 2 йилдирки 1 августда ҳатто тест синовлари ҳам бўлаётгани йўқ. Ҳамма хотиржам. Ҳеч нарса ўчмаган (мабодо ой охирида абонент тўловини қилмаган бўлсангиз, ўчгандир балки). Ҳаммаси бип-бинойидай ишлаб турибди.

Айтмоқчиманки, ўзгаришлар ўз қўлимизда. Фақат оззззгина хоҳиш ва оззззгина сиёсий ирода бўлса етарли. Бошқа соҳаларга ҳам мана шу оззззгина хоҳишдан оззззгина беришса, гуллаб кетарди кўп нарса.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар қолган?

Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1071 comments

Show 100 more comments
Mendagi 1-avgust voqealari judayam yomon bòlganiga qaramasdan.Usha kuni eslasam hozir mazza qilib kulgim keladi,judayam hayajonli vahimali kun desam yangilshmagan bolaman. Õsha paytlar juda kòp nohaqliklarni ôz kòzim bilan kôrganman. Harsafar shu kuni imtihonga ketgim kelmay yiģlardim xuddikim urushga ketayotgandek chunki u paytlar haqiqat yoq edi shuning uchun bõlsa kerak yiqilishim tayin deb ôylardim va men hargal 3-4 ball yetmasdan tarix fakultetidan oqishdan yiqilardim.koplar pastroq fakultetga topshirgin diyishgan ammo qilmaganman vanihoyat 3 yil oqishdan yiqilshlardan sõng 2018-yil 12-avgustdagi imtihonga kirib õzim xohlagan õsha tarix fakultetiga õqishga kirdim 😁
1 -avgust menga oddiy kun sifatida qolgan sababi 2019 -yil birinchi marta topshirganman va 15 kun davomida o‘tkaziladigan bo‘lgandi shuning uchun hayajonli kun emas lekin imtihonga kirish juda hayajonli birinchi yil tayorlanmay topshirganman va yiqilganman keyingi yil juda qiynalib ayniqsa karantinda tunni tonga ulab tayorlanganim esimda ammo omad yana kulmadi 2 -yil ham yiqildim lekin bilimsizlikdan emas omadsizlikdan ota onamga rahmat yana bir yil imkon berishdi 21 ga kirdim do‘stlarim o‘zlari pul topishadi lekin men hali ham dadamni puliga qarayman hozzir bor imkoniyati bn tayorlandim hudo hoxlasa shu yil talaba bo‘laman 9-da imtihonim balki kimlar uchundir bir vaqtlar juda hayajonli bo‘lgan bu 1 -avgust men un 9-bo‘lar inshallah. Barcha abutirentlarga omad abutirentlik zavqli lekin juda mashaqqatli davr omad tilangozar biz abutirentlarga astoydil o‘qigan mehnat qigan(xitr yo‘llar bn kirmoqchi bo‘ganlarni ishi o‘xhsmasin)😊 kishilar talabalik baxtiga muyassar bo‘lsin
Mr__AkRaMoVich
O'qishni kochirish boyicha 2021-yillik malumotlarni bera olasizmi
SIDDIQOVA MUKARRAMXON HABIBULLAYEVNA
Assalomu alaykum.Mening 2 farzandim med.institutga grant va kontrak asosida kirishgan.Ular o'z bilimlari bilan kirishgan.Chunki bizda doimo pul muammosi bo'lgan.1-avgust kuni men uchun yoqimsiz hayajonli kunlar bo'lgan.Imtihonga borish va nazoratdan o'tish juda achinarli holat.....
Камола Кенжаева 16-мтт
Мен икки йил уриниб АДУга мактабгача таьлим йуналишига киролмаганман.ва утган йили киргизистонга укишга онлайн ташлашга мажбур булганман.бу йил худо хохласа кучириш насиб килса узимизда талабалар каторида мазза килиб укийман.
Shukurov
Ajoyib fikrlar
Òwa vaqtlar 30 foizca bilimsiz abiturient talaba bòlgan bòlsa hozirgi holatda 70-80 foizga yaqinlab qoldi.Cunki maqsadli kvotalar,super kontraktlar kòpayib ketti.Xullas boylar òqiydigan zamon keldi.
Men ucun 10yil alamli bulgan kun
Dilnoza Baratova
Assalomu alaykum hurmatli Xushnudbek 2002- yilda 75,5 Bal bilan grant asosida o'qishga kirganim haqiqiy omad bo'lgan.
Mohena
1-avgust . Bu sanani hamma har xil xotirlaydi. Men ham eng oxirgi 1-avgustdagi imtixonga qatnashganman Ertalabdan asosiy yullar yopiq imtixon joyigacha ancha piyoda borganman . Tiqilish ichkariga kirish muommo. 4-5ta tekshiruvdan utishlar Ushanda tiqilishda zurga ichgariga kirganman eng qizig'i oyoq kiyimsiz testga kirganman. Shunchalik tirband bulganki oyoq kiyimimni bosib qolishgan egilib qayta kiyishni imkonini qilolmaganman. 1-2 tasi xushini yuqotgan. Uyam mayli testlar sinfxonada hamma telda ishlagan eng qizig'igi bunga nazoratchini uzi imkon bergan. Menda na telifon , na telda javob aytib turadigan inson bor edi. Xullas Usha yili kirolmaganman
Hozir esa ancha qulay imtixonga kirish. Xudaga shukur talabaman.
💫🌟🌟🌟🌟🌟🌟💫
2011-yil Imtihon 2- avgustda bo‘lgandi kim eslasa agar. O‘sha yili men talaba bo'lganman.
ha ro'zani birinchi kuniga to'g'ri kelgandi1-August shu uchun 2-avgustda bo'lgandi imtixon esimda o'sha damlar man ham shu yili 184,5ball bn student bo'lganman
Eeee Xushnudbek dardni yangilaysizda, 5-yili kirdim òqishga shundan keyin hozirgi sistema boshlandi 30-20 ta savol, 3,5 ta joyni belgilaysan, super kontrakt ehee shunda ham kirolmaydigan odamlar bor
Мохинурхон Иззатиллаевна
Assalomu alaykum....
1-avgust... Har kimda har xil taassurot qolgan kun... Kimdadir ijobiy kimdadir salbiy. Lekin shu paytgacha tushundimki inson qunt bilan o'qisagina talabalik baxtiga erisharkan. Bunda omadni ham 1- yo 2-avgust umuman ahamiyatsiz. To'g'ri avvallari adolatsizlik poraxo'rlik avj olgandi. Ko'z oldimda qancha-qancha abiturentlar o'zini aldar, nazoratchilar xarom pul uchun bezlarcha vijdonini sotardi. Hozir-chi? Hozir ham shunday. Faqat sal madaniyatliroq holda poraxo'rlik. Ya'ni super kontrakt. Biz odamlar bora-bora faqat boyning bollari o'qiydi degan xulosaga keldik. Va o'qimasak ham talaba bo'la olarkanmiz degan tushuncha bilan yashayapmiz. To'gri 5yildan buyon o'zim ham talaba bo'lolmayapman. Balki omadim yo'q, balki bilim darajam past. Ammo afsuslanmayman. Sababi ustozlarimdan ko'p bilim oldim. Insitutda talabaman deb kerilib yurganlardan ko'ra bilimliroqman. Bu yil ham topshirdim. Qachondir man ham talabalikka erisharman...😞
Биринчи август хақида бўладиган хар йилги ёмон хотиралар ва коррусиявий холатларни хеч ким унута олмаса керак(пора билан кириб «ширин хотиралар ва туйғулар»ни хис қиладиганлар минг ланат,негаки шунча ўқиш учун хақли ёшларни уволига қолгансизлар.Аллох ўзи мехрибон ва рахмдил сизларни кечирсин)Менда еслашга қувонарли вақтлар кўп бўлган😊150балл билан контрактга кирганман 2019 темир йўллари😊
Ха Ростан, ажойиб Кун Эди. 7 йил абитуриент Булганман вактида. Бу Кун менга мукаддас кунга айланган))
Барча абитуриентларга омад. Изидан колманг, албатта кирасиз))
Show next 100 comments