⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Hozirgi kunning o'zida kiril bilan lotinni qancha aralashtirib yuboramizku. Shaxsan men lotin tilida o'qiganim bilan amalda kirilda ishlayman shuning uchun hozirda lotin tilida yozishga qiynalaman(hayotda kuzatishim bo'yicha buni ko'pchilikda kuzatganman). Endi harflar o'zgarsa kiril, eski lotin va yangi lotin aralashib ketadi. Bu kimga kerak o'zi ......
𝓚𝓱𝓾𝓭𝓸𝔂𝓫𝓮𝓻𝓭𝓲𝔂𝓮𝓿 𝓞𝓽𝓪𝓫𝓮𝓴 105
Turkparastlikka qanday aloqasi bor 2 ta harfni. Zoting asli turkku, Navoiyni o'qing. Agar harf bn musulmonchilik o'zgarsa ahmoqsanlar hammang
Navoiy hazratlari ş ni oqishganmi ortoq tarixizni ham zor oqibsizda bilsangiz oguzlar bizdan chiqib kichik osiyoga borgan va bizdan tarqalgan turklar urugi ham biz ulardan emas
Komiljon
turk alifbosiga òxşarkanda mayli nima bòlganda ham şunisiga şukur .Òzimmizni alifbo bòlgani yaxşi omad 🤝🤝
Alifboni almashtirish juda ko'p moliyaviy zarar keltiradi. Buning salbiy natijasi ko'proq bo'ladi, yozuvdagi imloviy xatolar ko'payib ketadi, bolalarga o'rgatish ham qiyin bo'ladi. Hozirgi alifbomiz milliyligimizga xos uni boshqa davlatlarnikiga o'xshatib o'zgartirish kerak emas
Oldin krildan lotin alifbosiga to‘liq o‘tib olaylik, alifbo almashishiga keladigan bo‘lsak almashmagani maqul hozirgisi yaxshi roq!
Alifboni hadeb o‘zgartirish savodsizlikni oshiradi .Hozirni o‘zida yarim aholi kiril yozuvida , yarim aholi lotin yozuvida yozadi . Agar yana alifboni o‘zgartirsak yozuvimizni o‘zi 3 ko‘rinishga bo‘linib ketadi.
Цирк - "Tsirk", учун "Ts" (Ц) ни ўрнига "Сс" ишлатишни киритиш кере
Qachonda sh o'rniga ş ch órniga Ç qilish kk edi
Nima gap kashf qilingan O'zbekistonni yana kashf qilib. O'zbekiston takrorlanmas va yagona. Turkiyaga baxs qilibmi yo bo'yin ekibmi?
Sherali
Kerakmas shu o'zgarishlar. Kompyuterda yozish uchun qiyin bo'lsa yaxshisi ESKI KRILL yozuviga qaytaylik shu taklifga nima deysilar. Hamma biladigan harflar. Kompyuterda ham yozish oson.
Xamma narsa ozgarib rasvo bop ketti
Make a Wish
Javoxir
Yashang akam👍👍
Rahmat qo'llab-quvvatlaganiz uchun. 😊😊
Surayyoxon Ergasheva
Lotin yozuviga dastlab1929-1940-yillarda o'tilgan. Keyin yana 1993-yil 2-sentabrdan joriy qilindi. Ana shu O'zbekiston Respublikasi Qonuni 1-moddasida ham "31 harf va 1 tutuq belgisidan iborat" deyilgandi.
Hozir o'zgartirishlar nazarda tutilgan Sh, Ch, Ng harflari o'sha qarorda hozir tavsiya qilinayotgan shaklda edi.
1995-yil 6-mayda O'zbekiston Respublikasining "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida"gi qonunga o'zgartirish kiritish haqidagi qarori e'lon qilingan. Sh, Ch, Ng harflari mana shu -- hozirgi shaklga o'tkazilgan.
Endi savol: dastlabki shakldan nega voz kechilgan? Nega yana voz kechilgan shaklga qaytishimiz kerak?
1995-yildagi o'zgarishlar yana 1993-yildagi shaklga qaytishidan nima yutuq va nima yutqiziqlarga erishamiz?
Menimcha, yutqiziqlarimiz ko'p bo'ladi. Chunki, birinchidan, lotin yozuviga o'tishning to'liq tugallanishi 2000-yilgacha edi. Vaholanki, hali-hanuz to'liq o'tilgani yo'q (ko'plab yuqori tashkilotlarning o'zi hujjatlarni krill imlosida talab qilishadi)
Ikkinchidan, bu o'zgarishlar darsliklar, kitob va qo'llanmalarning yangilanishiga ehtiyoj tug'diradi. Bu esa juda katta mablag'ni talab qiladi.
Uchinchidan, 28 yil (1993-yil 2-sentabr)dan buyon lotin yozuviga to'liq o'ta olmayotgan holda yangi o'zgarishli yozuvning talqin qilinishi hammani qiynaydi. Bu savodxonlik bilan bog'liq muammolarni kuchaytiradi.
Taklifim: buning o'rniga badiiy va ilmiy darslik hamda qo'llanmalarga o'sha mablag'larni yo'naltirish kerak. Turli reklama-yu, ommaviy axborot vositalaridagi xatolarni kamaytirishga harakat qilish kerak.
Busiz ham telegram kanallarida, ijtimoiy tarmoqlarda xatolarga to'la yozilayotgan yozuvlardan hayratlanamiz.
Asosiysi, yozuvlar o'zgargani bilan ta'lim sifati yoki savodxonlik yaxshilanarmikan?
Xushnudbek, masalaning huquqiy jihatlari bilan birga ma'naviy va moddiy tomonlariga ham e'tibor qarating. Vakolatingiz doirasida yozuvning hozirgi shakliga o'zgartirish kiritilmasligiga harakat qiling!!!
Boshqa qanchadan qancha muammolar bor silarga boshqa narsa topilmadimi uzgartirishga
Show next 100 comments