⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди
Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.
https://regulation.gov.uz/uz/d/31596Асосий ўзгаришлар:
Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç
Муҳокама
31 мартга қадар давом этади.
👉 @xushnudbek 👈
Hozir o'zgartirishlar nazarda tutilgan Sh, Ch, Ng harflari o'sha qarorda hozir tavsiya qilinayotgan shaklda edi.
1995-yil 6-mayda O'zbekiston Respublikasining "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida"gi qonunga o'zgartirish kiritish haqidagi qarori e'lon qilingan. Sh, Ch, Ng harflari mana shu -- hozirgi shaklga o'tkazilgan.
Endi savol: dastlabki shakldan nega voz kechilgan? Nega yana voz kechilgan shaklga qaytishimiz kerak?
1995-yildagi o'zgarishlar yana 1993-yildagi shaklga qaytishidan nima yutuq va nima yutqiziqlarga erishamiz?
Menimcha, yutqiziqlarimiz ko'p bo'ladi. Chunki, birinchidan, lotin yozuviga o'tishning to'liq tugallanishi 2000-yilgacha edi. Vaholanki, hali-hanuz to'liq o'tilgani yo'q (ko'plab yuqori tashkilotlarning o'zi hujjatlarni krill imlosida talab qilishadi)
Ikkinchidan, bu o'zgarishlar darsliklar, kitob va qo'llanmalarning yangilanishiga ehtiyoj tug'diradi. Bu esa juda katta mablag'ni talab qiladi.
Uchinchidan, 28 yil (1993-yil 2-sentabr)dan buyon lotin yozuviga to'liq o'ta olmayotgan holda yangi o'zgarishli yozuvning talqin qilinishi hammani qiynaydi. Bu savodxonlik bilan bog'liq muammolarni kuchaytiradi.
Taklifim: buning o'rniga badiiy va ilmiy darslik hamda qo'llanmalarga o'sha mablag'larni yo'naltirish kerak. Turli reklama-yu, ommaviy axborot vositalaridagi xatolarni kamaytirishga harakat qilish kerak.
Busiz ham telegram kanallarida, ijtimoiy tarmoqlarda xatolarga to'la yozilayotgan yozuvlardan hayratlanamiz.
Asosiysi, yozuvlar o'zgargani bilan ta'lim sifati yoki savodxonlik yaxshilanarmikan?
Xushnudbek, masalaning huquqiy jihatlari bilan birga ma'naviy va moddiy tomonlariga ham e'tibor qarating. Vakolatingiz doirasida yozuvning hozirgi shakliga o'zgartirish kiritilmasligiga harakat qiling!!!