⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
№1-Касб-хунар мактаби,Харбий рахбар группаси Яримбетов
думли харфлар лотин алифбосиданми ёки турк алифбосиданми энди лотин ёзувини билмайдиган рахбарлар резалюциясини кайси харфда ёзадилар кинодаги Жалолиддин Мангуберди ролини турклар ижро этди энди узбек ёзувида хам доим ёнимизда буладилар
Hammayoq dabdala boʻlar ekanda
Harf birikmalarimiz shunday qolishi kerak
Bu harf birikmalari kompyuter klaviaturasida ham muammo boʻladiku. Keyin yana ikkita davlat klaviaturasida yozish kerak boʻladimi
Menimcha oldin qabul qilingan lotin alifboyimizda qolganimiz maʼqulmikiiin
Avvalombor, Assalomu alaykum, barchaga, bu o'zgarish ko'pchlilikka ma'qul kelmasa kerak, albatta. Aslida, bu o'zgarish nima uchun kerak, kimga kerak? Boshqa davlatlar masalan, Xitoy nega ular o'z alifbosiga o'zgartirish kiritmaydi, ularni eyirogliflari qanchalik murakkab va ko'p. Ularga o'sha harflar qiyinlik qilayotgani yo'q, nega endi biz SH, CH, G' va O' harflarni o'zgartirishimiz kerak? Xalq lotin yozuviga asoslangan O'ZBEK alifbosidan shikoyat qilayotgani yo'q, axir.
Assalomu alaykum hurmatli kanal a'zolari, o'z fikrlaringizni bu yerda emas, https://regulation.gov.uz/uz/d/31596 mana bu ssilkadan kirib, loyiha joyida ifodalasangiz ozgina e'tiborga olinarmidi? Yozuv buzish va yana yoshlarni chalg'itish savodsizlikni kuchaytirish degan balodan qutilgan bo'lardik.
𝓚𝓱𝓾𝓭𝓸𝔂𝓫𝓮𝓻𝓭𝓲𝔂𝓮𝓿 𝓞𝓽𝓪𝓫𝓮𝓴 105
2 ta harf bilan 2 ga bo'linmidiku. Davlat idorasidagilar barbir bir kun qariydi. yosh avlod egallaydi o'rnini. Bu yoshlarga dunyo bn qadam va qadam yurishiga yordam beradiku.
O'sha siz aytgan yosh avlod kadr bo'lib yetguncha eng kami 5 Yoki 20 yil (maktab bolalari uchun) kerak . Ungacha bo'lgan vaqtda hozirda faoliyatdagi karlar uchun murakkab bo'lishi aniq. Xalqni qiynash bo'lsa, shuncha boshqa muammolar yetarli.
Afsuski boshqa xalqlar boshqa planetaga makon qilish yo'lini izlanib, ilm izlanayotgan bir paytda, bizda odamlar umuman vaqt sarflash kerak bo'lmagan g'oyalar bilan ovvora !
Salom aka meni gapim bu mavzudan uzoqda, Xushnud aka xafa bo'lmagu Kanalizga Reklamalar 100% oshibketdida Oldingi Xushnud yoqda xozir, Kanalizda 3/4 xabar belsa ochib qarayman 2 tasi reklamada, Nimaga xozir Xushnud reklama tashab pul ishlayabdimi, hozirgi donzarb yangiliklar yoqda, oldingi Xushnud yoqolgan deb oylayman, aka uzur lekin, agar shularni o'qisangiz Lichkamga javobini yozib qoying, Raxmat charchamang, ishlarizga rivoj.
Jura Haziratqulov
Alifbodagi Sh,Ch harflarining o'zgarmasligini istayman. Nima uchun biz turk alifbosidan andoza olishimiz kerak. Agar o'zgarsa qancha adabiyotu darsliklar qayta nashr qilinishi kerak. Qanch mablag' sarf bo'ladi. Yangi harflar kompyuter klaviaturasida ham yo'q.
Mrs🌼Moychechak🌼
Alifbo yaratish fikri kimdan chiqdi. Tuzukro narsa o'ylashsa bo'lmidimi. Ahir yangi alifbo bizga foyda emas ko'pgina zarar va noqulayliklar tug'dirib chiqaradi. Biz shundoq globallashuv jarayonida ham o'zligini, milliyligini saqlab kelayotgan Xitoy va Koreya davlatlarida rivojlanish qanday katta, lekin ular o'sha million yillik ierogliflaridan va o'zlarining Se Jong qoldirgan yozuvlaridan kechishmadi. Bu ularning rivojlanishiga zig'ir ha tasr qilmadiku. Biz esa o'tgan 50 yildan buyon 5 marta alifbo almashtirdik! Bu nimasi ahir! Shundoq ham hozirgi alifbo niyam hamma yaxshi bilmasdi endi bunga ko'nikyotganda yana o'sha 4 xarfni deb alifboni o'zgartirishadimi?! Ikkinchidan bu juda ko'p moliyaviy zarar hamdir. Davlatimiz hadeeeb olgan qarzlarini orqa ketiga qaramasdan ishlatish o'rniga kelajakni ham o'ylashi kerak. Alifboni o'zgartirish bu barcha kitoblarni yangidan nashr qilish degani, bu qancha mablag talab qiladi. Ortiqcha chiqim shartmi hozir, Shundoq ham karantin tufayli qiynalgan o'zbek aholisiga. Eski alifbiga nima qilibdi? Nega o'sha 95 - yilda tayyor shu ko'rinishdagi alifboni o'zgartirib hozirgi holga ketrdi. O'zi umuman qarorlar qabul qilinayotgan davlat xodimlari hech yo'q kelgusi 20 yilni o'ylab ko'rishmaydimi?!
Mrs🌼Moychechak🌼
Shavkat Xudoynazarov
Sh va Ch harflarining Ş va Ç belgilariga ōzgartirilgani juda yaxşi bōldi. Ma'qullayman.
Balki birato'la o'zbek millati dgan yozuv o'rniga pasportga turk db yozishgani ma'qul bu faqat Turkiya ortidan ergashish undan boshqa narsa db baholamayman
Mahmudjon
Alifboga teginish mutlaqo be'manigarchilik , ahmoqgarchilik , maynavozchilik , safsatabozlik , tuturuqsizlikdan boshqa narsa emas..Xushnudbek sizni hohishlaringiz va foydasiz fikrlaringiz bizga mutlaqo kerakmas..Alifboga tegmang , tegmang..chalasavodgarchilikning ildizi alifbodamas kattalarni miyyasida..alifboga qo'lingizni tekkizmang
Mahmudjon
Haqiqiy mashmashabozlik , murakkabliklar siz aytyotgan alifbodan keyin boshlanadi..mani aytdi deysiz
Nima balo qilishga ishi yoqmi bulani alifboga yopishadi undan kòra davlatga foydasi tegadigon ish qilsin kamroq alifboga yopishsin kalasi ishlamaydi shulani xalal beryaptimi shu alifbo hamma shunga moslashgan nima endi 4ta telbani deb qaytib alifboni buzdirib turaveramizmi yiģishtiringla bunaqa safsatabozlikni
Mahmudjon
Odamlarni ahmoq qilib regulation gov saytini ochiq qo'ygan lekin na kirib bo'ladi na fikr yozib bo'ladi..kimga kerak unaqa murakkab ishlamaydigan nogiron tizim..2 soat urindim oddiy registratsiya qilolmadim..1 tiyinga qimmat..qisqasi BIZNI HOZIRGI ALIFBOMIZGA MUTLAQO TEGINMANGLAR JANOB ''AQILLILAR''..Alifboni tinch qo'yinglar..
Mrs🌼Moychechak🌼
Balki birato'la o'zbek millati dgan yozuv o'rniga pasportga turk db yozishgani ma'qul bu faqat Turkiya ortidan ergashish undan boshqa narsa db baholamayman
Yana kimlardir sizga õxşab turklarga taqlid, turklarning ta'siri deb yozişgan. 24 ta harfni lotin alufbosiga õzgartirganimiz inglizlarga taqlid emas, inglizlarni ta'siri emas-da, 4 ta harf turk harfiga õxşagani uçun turklarga taqlid yoki turklarni ta'siri bo'lib qoldimi? Nima uçun turklarni yomon kõrişadi, hayronman. Axir turklar bizning musulmon birodarlarimizku. Harflarimiz õxşasa nimasi yomon? Qaçongaça musulmon xalqlarga ola qarab, rus va inglizlarni sevişda davom etamiz? Rus va inglizlar bizlarga heç qaçon dõst bõlmaydi. Kõzimizni oçişimiz kerak.
Show next 43 comments