2020 йил ортда қолмоқда. Қийин ва мураккаб йил бўлди. Синовлар йили бўлди.
Ва энг асосийси тажрибалар йили бўлди. Хатоларимизни кўриб, улардан тўғри хулосалар чиқарадиган йил бўлди.
Ҳар неки бўлмасин, 2020 йилни ёмон кўриб қолганим йўқ, уни яхши таассуротлар билан эслайман. Чунки у мен учун бутун умрга унутилмас йил бўлди —
ота бўлдим! Бу ўткинчи дунёнинг бутун дарду ташвишлари фарзандингизнинг биргина кулгусига арзимаслигини танамда ҳис қилдим. Бу қандайдир ажиб, ўзгача ҳис. Таърифлашга қийналаман.
Лекин биринчи фарзанд сизники бўлмас экан, у бобо-бувисиники бўларкан :) Ота-онангиз фарзандингиз туфайли яна болаликка қайтар экан. Бахтимга омон бўлишсин, илоҳим.
Сиздачи? Сиз 2020 йилдан қандай хулосалар чиқардингиз? Қандай хурсандчиликлар, қандай синовларга дуч келдингиз? Шулар ҳақида фикрларингизни қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
2020- yil men uchun juda ogir boldi. 25 yoshli sevimli jiyanim fojealii vafot etdi. Sal otib jondan aziz opajonim vafot etdi. 2 nafar qadrdo hamkasbim fojeali vafot etdilar. Oilam bilan koronovirus balosiga uchradik. Ollohga shukur yengdik.Hayot davom etadi. Oldinda farzandlar toylari. Yaxshi kunlarga umidvorman.
Lekin 2020 - yilni baribir yaxshi koraman. Axir u hayotimning bir varogi. Uni aslo yirtib bolmaydi.
Ota onamga katta raxmat aytaman doim meni qoʻllab quvatladi tushkunlikka tushganimda hali hayot oldinda deb dalda berdi. Bu yil xayotimda kutilmagan keskin burilishlar juda koʻp boʻldi bu yilni xech qachon esimdan chiqarmayman va nima boʻlgan taqdirda ham hayotda oʻz oʻrnimni topish uchun intilaman xech qachon toʻxtamayman doim xarakatda boʻlaman. Bu dunyoda albatta yuksak marralarga erishaman xayotda oʻzimdan yaxshi nom qoldiraman inshaalloh 😊
Ótgan yil biroz og'riqli sinovli bõlgan bólsada anchagina foydali xam bóla oldi insonlar orasidagi mehr muruvatni xayotni qadriga yetishni órgatdi. Xayotimizga kópgina foydali odatlarni olib keldiki garchi bularni qilishlik zarurligini bilsakda bajarmas edik,ammo 2020 bizni ixtiyoriy majburiy bunday ishlarni amalga oshirishimiz lozimligini ta'minlab berdi.