2020 йил ортда қолмоқда. Қийин ва мураккаб йил бўлди. Синовлар йили бўлди.

Ва энг асосийси тажрибалар йили бўлди. Хатоларимизни кўриб, улардан тўғри хулосалар чиқарадиган йил бўлди.

Ҳар неки бўлмасин, 2020 йилни ёмон кўриб қолганим йўқ, уни яхши таассуротлар билан эслайман. Чунки у мен учун бутун умрга унутилмас йил бўлди — ота бўлдим! Бу ўткинчи дунёнинг бутун дарду ташвишлари фарзандингизнинг биргина кулгусига арзимаслигини танамда ҳис қилдим. Бу қандайдир ажиб, ўзгача ҳис. Таърифлашга қийналаман.

Лекин биринчи фарзанд сизники бўлмас экан, у бобо-бувисиники бўларкан :) Ота-онангиз фарзандингиз туфайли яна болаликка қайтар экан. Бахтимга омон бўлишсин, илоҳим.

Сиздачи? Сиз 2020 йилдан қандай хулосалар чиқардингиз? Қандай хурсандчиликлар, қандай синовларга дуч келдингиз? Шулар ҳақида фикрларингизни қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
2020-yil qaysidir ma'noda men uchun omadli yil bõldi.Chunki men talaba bõldim.
Shoira Norboyeva
Xushnudbek bolajonim farzand muborak! Umri uzoq, baxti bekam bolib unib- ossin!
Ассалому алайкум яхшимисиз Хушнудбек. Фарзандингизни умри узун, ризки бутун, толеи баланд булсин. Отасига ухшаб эл-юрт корига ярайдиган .фарзанд булсин! Мен узим учун кувончлиси , алхамдуллилах, сог омон юрганимиз, шу билан бирга кизим гранд асосида медицина инситути талабаси булди. Юртбошимиз хам омон булсинлар деб дуо киламиз. Катта имтиёзлар берилди. Бу бизнинг ютугимиз. Оллохимга беадад шукр.
Саодат Одиловна
Xushnudbek farzand muborak bòlsin Allohga solih banda,Sizga yurtiga solih farzand bòlsin !!!
Men bu yilda aqlan va maʼnaviy jihatdan oʻsdim. Maktabni bitirdim men bitiruv oqshomimni umuman boshqacha tasavvur qilgandim yillar davomida lekin orzuyimdagidek boʻlmadi shunchaki uyda oʻtirdim Oliy oʻquv yurtiga kira olmadim, qattiq betob boʻlib qoldim, lekin harakatdan toxtamadim tibbiyot texnikumiga kirdim shunisiga ham shukur 2020 chi yil menga xayotda umuman toʻxtamaslik har bir narsaga sabir, boriga shukur qilishni oʻrgatdi.
Ota onamga katta raxmat aytaman doim meni qoʻllab quvatladi tushkunlikka tushganimda hali hayot oldinda deb dalda berdi. Bu yil xayotimda kutilmagan keskin burilishlar juda koʻp boʻldi bu yilni xech qachon esimdan chiqarmayman va nima boʻlgan taqdirda ham hayotda oʻz oʻrnimni topish uchun intilaman xech qachon toʻxtamayman doim xarakatda boʻlaman. Bu dunyoda albatta yuksak marralarga erishaman xayotda oʻzimdan yaxshi nom qoldiraman inshaalloh 😊
ЖавохиР
FARZAND MUBORAK BO'LSIN.
NARGIZA Muminova
Assalomu alaykum farzand Deb atalmush ulug nemat bilan siylagini chin bulsin umri risqi OTA onasi bn bergan bulsin. Kirib kelgan yangi yil muborak bulsin!!!
Ótgan yil biroz og'riqli sinovli bõlgan bólsada anchagina foydali xam bóla oldi insonlar orasidagi mehr muruvatni xayotni qadriga yetishni órgatdi. Xayotimizga kópgina foydali odatlarni olib keldiki garchi bularni qilishlik zarurligini bilsakda bajarmas edik,ammo 2020 bizni ixtiyoriy majburiy bunday ishlarni amalga oshirishimiz lozimligini ta'minlab berdi.
Marhabo Vohidova
2020 - yilga kelsak omadli yutiqli omadga quvonchga kutilmagan shadliklarga bo`y bo`ldi lekn uyog`iga qiyinlashdi yaqin insonimiz otamizdan ayrildik biz uchun kutilmagan va juda og`ir zarba bo`ldi
Гафур Календаров
Огир аа кийн йил булди лекин худога шукир хаммаси оркада колган буосин аллохим
Hammaga yangi yil muborak bo‘lsin. Bu yil umr davomida esda qolarli yil bo‘ldi. Boriga shukur. Alloh yetkazganiga shukur. Xushnudbek aka siz zo‘rsiz! Sizdek viloyatdoshdan faxrlanamiz. Sizga omad tilayman. Oilangiz na'munali oila bo‘lsin. Farzandlar baxtini ko‘ring. Hali bizga o‘xshab 4 farzandli bo‘lsangiz katta baxt qanaqa bo‘lishini ko‘rasiz.😊😊😊
2020 йил ман учун кандайдир бебарака йил болди деб отирган жойимда йилнинг энг сонгги кунида Хушнудбек ака эълон килган грант голибларидан бири болганлигимни эшитиб фикримдан кайтдим 🙈 2020 йил зор йил болди) барчасм учун Аллохимдан миннатдорман
Raziya
Farzandlariz kop bolsin. Hammasi sizday yaxshi va kerakli inson bolishsin. Sizga havasmandman. Kelajakda sizday bolish nasib qilsin
Ozush.....
Salom biz xam sinovlardan òtib kasallikni yengib farzandli bòldik ikki ògildan keyin qiz farzandli bòldik xudoga shukur qiyin kunlarimiz ortda qolgani rost bòlsin
Farzand muborak bo‘lsin. O‘zingizga o‘xshab, el-yurt hurmatini qozonsin!!!
2020 yil men biroz sinovli keldi, shunday bo‘lsada sabr qilishni va Alloh yuborgan sinovlarni qabul qilishni o‘rgandim, shunisiga ham shukr. 2021 yilda Ilohim menga ham farzand berishini niyat qildim, inshaalloh.
Ásadbeķ
2020- yilda men talaba boldm endi hohlasam ham hohlamasam ham bu yilni unutmayman
Солиев Икбол
Табриклаймиз ука,илохим отасидек мард фидокор инсон булсин.Байрам муборак.
Assalomu aleykum avvalambor szni eng uluĝ nemat farzandli bolganiz bilan tabriklayman.2020 yil barchamiz uchun sinovli boldi , lekin shu yilda men uchun eng oliy maqsadlarimdan bittasi amalga owdi talabalik baxtiga erishdim.kirib kelgan 2021 yil eng ajoyib barcha uchun unutilmas yillardan biri bolsin.
2020-yil otamdan ayrildim, yil oxirida buvimdan ayrildim, koranavirus... bu yil menga va oilamga juda og‘ir keldi. Ilohim 2021 -yil, eski yilni yaralarini yaxshiliklar bilan davolasin , amin amin amin.
Farzandli bo‘lganingizni Mehrinozni postlaridan bilib rosayam xursand bo‘lgandim. Ikki ajoyib, aqlli insonlarni farzandi ilohim sizlardan xam talantli , aqlli bo‘lsin.
Мархабо
Хушнудбек фарзанд муборак бўлсин.Умри ризқи билан берган бўлсин.Аллоҳ берган умирни доим хурсандчиликда рохатда кўриб юрила. 2020 йил оиламизага қувонч ҳамда синовли йил бўлди.Алхамдулиллах қизим талаба бўлиш насиб қилди. Яқинларимми йўқотиш ҳам бўлди синовли кунлада. 2021 йил фақат хурсандчилик омадли соғлик йили бўлсин
Шахнозахон Барнаева
Assalamu aleykum Xushnudbek avvalombor olloh bergan buyuk ne'mat farzand muborak.Farzandingiz ham sizga o'xshab so'zi o'tkir,haqiqatparvar bo'lib yetishsin.Bu yil biz viloyatliklar uchun bir mo'jiza xisoblangan propiskaga ega bo'ldik.Yangi yil ham yanada quvonchli kelishidan umidvormiz Sizni ishlarizga omad hech qachon xalqqa xizmat qilishdan charchamang.
LOBAR XUJAKULOVNA
Salom yangi yil muborak bulsin2020yil ogir keldi onamdan ayrildim katta yuqotish buldi biz farzandlari uchun oxiratlari obod bulsin lekin uglim yuridik universititiga uqishga kirib bizni xursand qildi yutuqlarimiz bu yida ham bardavom bulsin
Show next 100 comments