2020 йил ортда қолмоқда. Қийин ва мураккаб йил бўлди. Синовлар йили бўлди.

Ва энг асосийси тажрибалар йили бўлди. Хатоларимизни кўриб, улардан тўғри хулосалар чиқарадиган йил бўлди.

Ҳар неки бўлмасин, 2020 йилни ёмон кўриб қолганим йўқ, уни яхши таассуротлар билан эслайман. Чунки у мен учун бутун умрга унутилмас йил бўлди — ота бўлдим! Бу ўткинчи дунёнинг бутун дарду ташвишлари фарзандингизнинг биргина кулгусига арзимаслигини танамда ҳис қилдим. Бу қандайдир ажиб, ўзгача ҳис. Таърифлашга қийналаман.

Лекин биринчи фарзанд сизники бўлмас экан, у бобо-бувисиники бўларкан :) Ота-онангиз фарзандингиз туфайли яна болаликка қайтар экан. Бахтимга омон бўлишсин, илоҳим.

Сиздачи? Сиз 2020 йилдан қандай хулосалар чиқардингиз? Қандай хурсандчиликлар, қандай синовларга дуч келдингиз? Шулар ҳақида фикрларингизни қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Gulchehra+Odinajon
Ассалому алайкум. Йилни хеч хам айби йук. Инсонни узига боглик бу барчаси синовли кунлар холос тушкунликка тушмаслик доим олга босиш кк. Мен учун унутилмас ажойиб йил булди. Оллох барчамизни уз панохида кулласин. 2021 йил барчамизга омадли йил булсин. Оллох ризкимизни бутун тану жонимизни соглом килсин. Омин
Nafosat Sayfiddinova
Assalomu alaykum, Xushnudbek aka, yangi yil muborak bo'lsin, xalqqa xizmat qilishdan charchamang. Yurtimiz tinch, sog-salomat bo'laylik!☃️☃️☃️☃️🎄🎄🎄
Жажжи фариштача муборак булсин.умри билан ,ризки билан бергани чин булсин.бахтингизга ота онангиз сог саломат булишсин........Хаммамиз ун синовли булди йил.мехр окибат кучайди.
Nasima
Assalomu aleykum, Xushnudbek, ijodizga omad, Yangi yil barchamizga barokatli bo'lsin...
Farzand muborak boʻlsin iymon eʼtiqodli farzand boʻlsin. 2020 yil shaxsan man uchun shukrona yil boʻldi. Qanaqa vaziyat boʻmasin shukr qilib yashash kerakligini oʻrgatdi. Alhamdulillah 2021 yil hammaga hayrli kesin goʻzal duolarimizni hayrli mukammal ijobatini koʻrish nasib qisin in shaa ALLOH Amiyn 🤲
2020 tez o'tib ketdi!
Маруф
Хушнудбек фарзанд муборак булсин! Умри билан берган булсин Илохим!
Shoira Norboyeva
Yangi yilingiz qutlug bolsin barchangizga!!!!
2020- yil men uchun juda ogir boldi. 25 yoshli sevimli jiyanim fojealii vafot etdi. Sal otib jondan aziz opajonim vafot etdi. 2 nafar qadrdo hamkasbim fojeali vafot etdilar. Oilam bilan koronovirus balosiga uchradik. Ollohga shukur yengdik.Hayot davom etadi. Oldinda farzandlar toylari. Yaxshi kunlarga umidvorman.
Lekin 2020 - yilni baribir yaxshi koraman. Axir u hayotimning bir varogi. Uni aslo yirtib bolmaydi.
Marhabo Vohidova
Xushnud aka sizni kanalda qoldirgan bu postingizdan tasirlandim aslida telegram onamlarniki lekin bu ovozli habarizga javob yozishga qaror qildim sizga RAHMAT(( bular oddiy obunachilarkuu ularni meni shahsiy hayotim bn nima ishi bor ))demasdan qisqach bo`lsa ham shu o`tgan 1 yillik hayotingizni quvonchli damlarini biz bn baham ko`rganiz un MUSTAFO sizga o`hshab otasini FAHRI bo`lib yursin
2020-yil qaysidir ma'noda men uchun omadli yil bõldi.Chunki men talaba bõldim.
Shoira Norboyeva
Xushnudbek bolajonim farzand muborak! Umri uzoq, baxti bekam bolib unib- ossin!
Ассалому алайкум яхшимисиз Хушнудбек. Фарзандингизни умри узун, ризки бутун, толеи баланд булсин. Отасига ухшаб эл-юрт корига ярайдиган .фарзанд булсин! Мен узим учун кувончлиси , алхамдуллилах, сог омон юрганимиз, шу билан бирга кизим гранд асосида медицина инситути талабаси булди. Юртбошимиз хам омон булсинлар деб дуо киламиз. Катта имтиёзлар берилди. Бу бизнинг ютугимиз. Оллохимга беадад шукр.
Саодат Одиловна
Xushnudbek farzand muborak bòlsin Allohga solih banda,Sizga yurtiga solih farzand bòlsin !!!
Men bu yilda aqlan va maʼnaviy jihatdan oʻsdim. Maktabni bitirdim men bitiruv oqshomimni umuman boshqacha tasavvur qilgandim yillar davomida lekin orzuyimdagidek boʻlmadi shunchaki uyda oʻtirdim Oliy oʻquv yurtiga kira olmadim, qattiq betob boʻlib qoldim, lekin harakatdan toxtamadim tibbiyot texnikumiga kirdim shunisiga ham shukur 2020 chi yil menga xayotda umuman toʻxtamaslik har bir narsaga sabir, boriga shukur qilishni oʻrgatdi.
Ota onamga katta raxmat aytaman doim meni qoʻllab quvatladi tushkunlikka tushganimda hali hayot oldinda deb dalda berdi. Bu yil xayotimda kutilmagan keskin burilishlar juda koʻp boʻldi bu yilni xech qachon esimdan chiqarmayman va nima boʻlgan taqdirda ham hayotda oʻz oʻrnimni topish uchun intilaman xech qachon toʻxtamayman doim xarakatda boʻlaman. Bu dunyoda albatta yuksak marralarga erishaman xayotda oʻzimdan yaxshi nom qoldiraman inshaalloh 😊
ЖавохиР
FARZAND MUBORAK BO'LSIN.
NARGIZA Muminova
Assalomu alaykum farzand Deb atalmush ulug nemat bilan siylagini chin bulsin umri risqi OTA onasi bn bergan bulsin. Kirib kelgan yangi yil muborak bulsin!!!
Ótgan yil biroz og'riqli sinovli bõlgan bólsada anchagina foydali xam bóla oldi insonlar orasidagi mehr muruvatni xayotni qadriga yetishni órgatdi. Xayotimizga kópgina foydali odatlarni olib keldiki garchi bularni qilishlik zarurligini bilsakda bajarmas edik,ammo 2020 bizni ixtiyoriy majburiy bunday ishlarni amalga oshirishimiz lozimligini ta'minlab berdi.
Marhabo Vohidova
2020 - yilga kelsak omadli yutiqli omadga quvonchga kutilmagan shadliklarga bo`y bo`ldi lekn uyog`iga qiyinlashdi yaqin insonimiz otamizdan ayrildik biz uchun kutilmagan va juda og`ir zarba bo`ldi
Гафур Календаров
Огир аа кийн йил булди лекин худога шукир хаммаси оркада колган буосин аллохим
Hammaga yangi yil muborak bo‘lsin. Bu yil umr davomida esda qolarli yil bo‘ldi. Boriga shukur. Alloh yetkazganiga shukur. Xushnudbek aka siz zo‘rsiz! Sizdek viloyatdoshdan faxrlanamiz. Sizga omad tilayman. Oilangiz na'munali oila bo‘lsin. Farzandlar baxtini ko‘ring. Hali bizga o‘xshab 4 farzandli bo‘lsangiz katta baxt qanaqa bo‘lishini ko‘rasiz.😊😊😊
2020 йил ман учун кандайдир бебарака йил болди деб отирган жойимда йилнинг энг сонгги кунида Хушнудбек ака эълон килган грант голибларидан бири болганлигимни эшитиб фикримдан кайтдим 🙈 2020 йил зор йил болди) барчасм учун Аллохимдан миннатдорман
Raziya
Farzandlariz kop bolsin. Hammasi sizday yaxshi va kerakli inson bolishsin. Sizga havasmandman. Kelajakda sizday bolish nasib qilsin
Show next 100 comments