Маданиятли ҳайдовчилар кўпайиши ва йўлларда автоҳалокатлар камайишига тилакдошман.
Аммо бу ўз-ўзидан бўлиб қолмайдику, тўғрими?
Йўлларда ўлимлар сонини камайтириш учун нималар қилишимиз керак? Сизнинг фикрингиз ва амалий таклифларингиз бўлса, изоҳларда қолдиришингиз мумкин.
👉 @xushnudbek 👈
Масалан мен имтихон топширган грухимдан 6 киши уз билимимиз билан утканмиз холос, қолган 18 киши 150минг сумдан пул бериб утишган.
Мана уша чаласаводлар хам мошина хайдаб юришипти.
Birinchi o'rinda baxtsiz hodisalarning sababini tushunib olishimiz kerak. Buni men madaniyat bilan bog'lamagan bo'lar edim. Aslida buning sababi ilmsizlik. Biz yo'l harakati qoidalarini yaxshi bilmaymiz. Bu ko'pincha imkonsiz. Nega?
Sababi quyidagicha:
1. Imkonsiz chunki davlat ishida yoki hususiy sektorda ishlaydigan hodim prava olishni hohlasa unda o'qishga borishni imkoni bo'lmaydi. chunki u haftaning kamida 5 ish kunida ishda bo'ladi. Prava uchun darslar ham aynan shu kunlarda bo'ladi. Dam olish kunlari yoki ishdan keyin o'qishni esa imkoni yo'q. Har holda men buni imkonini topa olmaganman. O'z o'zidan bunday holatda ishdan ruxsat olmasdan (oylik kesilgan holda) o'qishga borish imkonsiz. Bir yilda bir marta olinadigan yillik ta'tilni esa kamdan kam odam prava uchun sarflashni hech kim hohlamasa kerak. Shaxsan men hohlamayman. Tatilda dam olish kerak.
Ho'sh yechim qanday bo'ladi? yechim bormi bu muammoga o'zi?
Menimcha bor u qiyidagicha:
1. Huddi bayramdan bir kun oldin 1 soat erta ruxsat berilganidek. Ishdan dars kunlari uchun maosh saqlanib qolgan holda javob berishga ruxsat berish kerak. Bunda talaba o'qish muassasasi bilan tuzilgan shartnoma va o'qish jadvalini ish beruvchiga taqdim qiladi. Bu jarayonni qonuniylashtrish uchun esa tegishli qonun chiqarilishi talab qilinadi. Bir marta olingan ta'lim bir umrga yetarli bo'lishini hisobga olsak bu narsa ish beruvchilar uchun ham juda katta muammo bo'ladi deb o'ylamayman.
2. Dam olish kunlarida yoki ish vaqtidan so'ng o'qish tashkil qilish kerak. O'qish muddati uzayishi mumkin lekin ta'lim olish imkoniyati bo'ladi. Bu aslida uchalik yaxshi taklif emas lekin yo'qdan ko'ra bor. Chunki ko'pchilik dam olish kunini o'qish uchun sarflashni hohlamasligi mumkin. Dam olish kuni dam olmaslik ham o'qish sfatiga yomon ta'sir ko'rsatishiga shubha qilmasa ham bo'ladi.
Qisqa qilib aytsa insonlarga talab qo'yishdan avval uni bajarish uchun qulay sharoit yaratib berishimiz kerak.
1) Yo'l harakati qoidalari (belgilar, yo'l chiziqlari) bo'yicha alohida
2) Transport vositasida harakatlanish (vojdeniya)
3) Haydovchilik madaniyati (tirbandliklarda, qayrilishlarda, piyodalar o'tish joylarida va b.) bo'yicha vizual dasturiy imtihon qilish kerak.
Bundan tashqari yo'l qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni oshirish kerak. Qoidani buzdimi jarima to'lashi naqd bo'lish kerak. Bu tizimni raqamlashtirish kerak.
Hozirda kuzatuv kameralari faqat qizil chiroqni va tezlikni qayd etadi. Yo'l chiziqlarini bosish, no'to'g'ri qatorni almashtirish, noto'g'ri burilishlarni ham qayd qilish kerak.
Menimcha bizning madaniyatsiz haydovchilarimizni targ'ibot ishlari bilan insofga chaqirib bo'lmaydi. Faqat qat'iy jazolash orqali insofga kelishadi.
Men 10 yildan buyon ruldaman. Oxirgi besh yilda faqat bitta (uzluksiz yo'l yotiq chizig'ini bosish) jarima qo'llanilgan. Chunki, men xulosa qilganman "Jarimaga beriladigan pulni bola-chaqamga, oilam kam-ko'stiga ishlataman"
Бундан ташқари, магистрал йўлларда битта-иккита уй кўринса бўлди тезликни 70 қилиб белгилаб қўйишади. Аҳоли яшаш жойлари трассага яқин бўлмаган жойларни 80-90 қилиб белгилаш керакдир балки. Албатта, бу менинг шахсий фикрларим.
Prava oliwda poroxorlikka cek qoysak ham .bular aslo kamyib qolmaydi.
Yollarimizni togrilaw kk.
Va gayilarni kopaytrb yollarda turuwi kk. Va ulani korganlar huwyor haydaydi.
Жамоат ва давлат фаоллари таникли шахслар
шахсий намуна булиши керак деб хисоблаймиз!
Конун коидага буйсунмай юриш (Маданятли хайдовчи булмаслик) худдики бир жиноят содир этганлик даражасига олиб чикилиши шарт!
Сизга таклиф, шу https://yhxbb.uz сайтида статистика сахифасини юргизилмаетганлигини бир тахлил килиб курсангиз. Колаверса йул ходисаси окибатидаги улимлар сони халкаро статистика маълумотларига тугри келмайди, сабаб ходиса пайтидаги улимларни хисоблашади, ходисадан кейинги улимларни хисоблашмас экан.
Яна битта таклиф, нега миллий йул хавфсизлиги стратегиямиз йук?