Маданиятли ҳайдовчилар кўпайиши ва йўлларда автоҳалокатлар камайишига тилакдошман.

Аммо бу ўз-ўзидан бўлиб қолмайдику, тўғрими?

Йўлларда ўлимлар сонини камайтириш учун нималар қилишимиз керак? Сизнинг фикрингиз ва амалий таклифларингиз бўлса, изоҳларда қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

303 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum salom bor kanal obunchachilari, Xushnudbek aka.Mening fikrim birinchi o'rinda yo'lni tamirlshimiz kk . Mos ko'priklarni ko'proq qurish kk hamda aholi un alohida yo'laklar ko'paytirish, bor lari ham talaba javob bermaydi.Haydovchilar va piyodalar ongini o'zgartishi.Qayerdagi narsalarni targ'ib qilmasdan shu masalalarni o'rtaga tashlab targ'ibot tashviqot ishlari o'tazish kk.Bu juda koʻp mablag' talab qilar ammo bu yerda inson hayoti ketmoqda.Ko'rib turibdilar qanchadan qancha odam shuni ortidan o'lib ketmoqda.Piyodalar va haydovchilarga JARIMAni ko'pyatirish kk.Kameralar soni vabshe kam.Radarlarni ko'proq qo'ysinchi qani kim qoida buzarkan.
IBROHIM
Йулларни тезлигини белгилаш керак тезлик паст буган жойда хам авария булади йулларимиз 60 70 тезликга мулжаланган хама 60 70 да юрмайди
Ассалаума алейкум. Мениң жеке пикирим.
Inson faktorini yo'qotish kamera va radarlarni ko'paytirish...
Hurmatli haydovchilar radar yaki kamera yonidan qanaqa o'tasizlar?
Tushingan tushindi...
Биринчи навбатда Права беришни мукаммаллаштириш керак.
Масалан мен имтихон топширган грухимдан 6 киши уз билимимиз билан утканмиз холос, қолган 18 киши 150минг сумдан пул бериб утишган.
Мана уша чаласаводлар хам мошина хайдаб юришипти.
Yo'larni ravon qilish kerak
Qonun qoidalarni shunaqangi kuchaytirish kerak-ki, avtomobil boshqaruvchi qonun qoidani his qilib boshqarishi kerak. Tezlikni oshirgan haydovchilarga shunchaki jarima solishmas balkim kamida 5-6 yilga avtomobil boshqarish xuquqidan maxrum qilsak, fikri ojizimcha hamma tezlikni oshirmasa kerak. Ayrim qo'shtirnoq ostidagilar tanish bilish aralashtirib bo'lasa ham vaziyatdan chiqib ketmoqda yoki shunchaki jarimani qiymatini pisand qilmasdan oson to'lab yana o'z xoxishicha avomobil boshqarib ketmoqda. Ayrimlari na piyoda yo'lovchilarni, na svetaforni qizil chirog'ini hurmat qiladi? yo'lovchi o'tadigan yo'lgacha bostirib keladi o'tib ketaman dib, agar qonun-qoidaga tezlikni oshirganga 5-6 yilgacha boshqarish xuquqidan maxrum qilish kiritilsa ana shunda tezlikni oshirmasdan avtomobil boshqarilsa kerak.
"pravani" olishdagi poraxo'rlikni yo'qotish kerak. Xaydovchilarimizni juda ko'pchiligida haydovchilik madaniyati yo'q. Hammamizga insof bersin.
Саодат Одиловна
pravaga òqitishni kamida 1 yillik qilish kk korrupsiyani yòqotishni manashu sohadan boshlash kk,
O. Imomov
Assalomu Alaykum,
Birinchi o'rinda baxtsiz hodisalarning sababini tushunib olishimiz kerak. Buni men madaniyat bilan bog'lamagan bo'lar edim. Aslida buning sababi ilmsizlik. Biz yo'l harakati qoidalarini yaxshi bilmaymiz. Bu ko'pincha imkonsiz. Nega?
Sababi quyidagicha:
1. Imkonsiz chunki davlat ishida yoki hususiy sektorda ishlaydigan hodim prava olishni hohlasa unda o'qishga borishni imkoni bo'lmaydi. chunki u haftaning kamida 5 ish kunida ishda bo'ladi. Prava uchun darslar ham aynan shu kunlarda bo'ladi. Dam olish kunlari yoki ishdan keyin o'qishni esa imkoni yo'q. Har holda men buni imkonini topa olmaganman. O'z o'zidan bunday holatda ishdan ruxsat olmasdan (oylik kesilgan holda) o'qishga borish imkonsiz. Bir yilda bir marta olinadigan yillik ta'tilni esa kamdan kam odam prava uchun sarflashni hech kim hohlamasa kerak. Shaxsan men hohlamayman. Tatilda dam olish kerak.

Ho'sh yechim qanday bo'ladi? yechim bormi bu muammoga o'zi?
Menimcha bor u qiyidagicha:
1. Huddi bayramdan bir kun oldin 1 soat erta ruxsat berilganidek. Ishdan dars kunlari uchun maosh saqlanib qolgan holda javob berishga ruxsat berish kerak. Bunda talaba o'qish muassasasi bilan tuzilgan shartnoma va o'qish jadvalini ish beruvchiga taqdim qiladi. Bu jarayonni qonuniylashtrish uchun esa tegishli qonun chiqarilishi talab qilinadi. Bir marta olingan ta'lim bir umrga yetarli bo'lishini hisobga olsak bu narsa ish beruvchilar uchun ham juda katta muammo bo'ladi deb o'ylamayman.

2. Dam olish kunlarida yoki ish vaqtidan so'ng o'qish tashkil qilish kerak. O'qish muddati uzayishi mumkin lekin ta'lim olish imkoniyati bo'ladi. Bu aslida uchalik yaxshi taklif emas lekin yo'qdan ko'ra bor. Chunki ko'pchilik dam olish kunini o'qish uchun sarflashni hohlamasligi mumkin. Dam olish kuni dam olmaslik ham o'qish sfatiga yomon ta'sir ko'rsatishiga shubha qilmasa ham bo'ladi.

Qisqa qilib aytsa insonlarga talab qo'yishdan avval uni bajarish uchun qulay sharoit yaratib berishimiz kerak.
Albatta . Rahmat Xushnudbek aka ajoyib so'rovnoma menimcha Insonlar ruhiy holatini yaxshilash lozim .
Gailarga elektro shoker berish kerak. Xaydovchi Vayyo deb etiroz bildirdimi shaqqillatib ursin shoker bilan. Gai nohaq bo’lsa xaydovchiga manaviy zararni eng kam ish haqini nechadir misol 10 barobarida cho’ntagidan to’lasin.
Kuvonov
Avtomaktabdan bowlash kk hammasini haydovcini miyyasiga quyib tawaw kk odob bn haydawi yezdaga cqandayam rosa tayinlaw kk
Sizga savol ! qonunchilikdi ayri joylarini uzgartirish kerak masalan fuqoro qoydani busa unga sharli asosan fiqoro 3 kun ichida qayta imtixon shaxsan uzi topshirip uta olsa jarimani 20 % ni tulasa bulaveradi chunke uning bilimi oshib boshqa qoyda buzarlik qilmaydi
Menim taklefimga uz fiklarizdi bildiring🙏
👑🅜🅤🅢🅛🅘🅜🅑🅔🅚 -👑
Конунлар хамма учун амал килса ва радар ва камераларни барча учун онлайн куриш имконияти берилса ва кулланилган маьмурий жазони хам ижросини жамоатчиликка куриш имконияти берилса камайса керак
Ko'pchilik avtomaktablarda o'qitish sifatini oshirish, davomatni tekshirish kerak deb taklif bildirishadi. Menimcha bundan hech narsa chiqmaydi. Guvohnoma olish uchun imtihon tizimini qayta ko'rib chiqish kerak. Imtihon topshirish OTMga kirishdagi imtihonlardan ham murakkab bo'lish kerak. Bunda,
1) Yo'l harakati qoidalari (belgilar, yo'l chiziqlari) bo'yicha alohida
2) Transport vositasida harakatlanish (vojdeniya)
3) Haydovchilik madaniyati (tirbandliklarda, qayrilishlarda, piyodalar o'tish joylarida va b.) bo'yicha vizual dasturiy imtihon qilish kerak.

Bundan tashqari yo'l qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni oshirish kerak. Qoidani buzdimi jarima to'lashi naqd bo'lish kerak. Bu tizimni raqamlashtirish kerak.
Hozirda kuzatuv kameralari faqat qizil chiroqni va tezlikni qayd etadi. Yo'l chiziqlarini bosish, no'to'g'ri qatorni almashtirish, noto'g'ri burilishlarni ham qayd qilish kerak.
Menimcha bizning madaniyatsiz haydovchilarimizni targ'ibot ishlari bilan insofga chaqirib bo'lmaydi. Faqat qat'iy jazolash orqali insofga kelishadi.

Men 10 yildan buyon ruldaman. Oxirgi besh yilda faqat bitta (uzluksiz yo'l yotiq chizig'ini bosish) jarima qo'llanilgan. Chunki, men xulosa qilganman "Jarimaga beriladigan pulni bola-chaqamga, oilam kam-ko'stiga ishlataman"
Ассалому алайкум ва рахматуллохи ва баракатух.
Abdualim Salimov
Йўл транспорт ҳодисаларининг 80 фоизи тезлик жуда баланд бўлганлигидан келиб чиқади. Магистрал йўллардаги тезликни тартибга солиш керак. Йингил машиналар учун майли 110 эмас 120 ёки 130 қилиб белгиласин ва радарлар, камераларни кўпайтирсин. Аҳоли яшамайдиган жойларда 160-180 км соат тезликда юради шафёрлар.
Бундан ташқари, магистрал йўлларда битта-иккита уй кўринса бўлди тезликни 70 қилиб белгилаб қўйишади. Аҳоли яшаш жойлари трассага яқин бўлмаган жойларни 80-90 қилиб белгилаш керакдир балки. Албатта, бу менинг шахсий фикрларим.
Assalomu alaykum.
Prava oliwda poroxorlikka cek qoysak ham .bular aslo kamyib qolmaydi.
Yollarimizni togrilaw kk.
Va gayilarni kopaytrb yollarda turuwi kk. Va ulani korganlar huwyor haydaydi.
Аввало таргибот ташвикот ишлари ва шу билан амалдорлар,
Жамоат ва давлат фаоллари таникли шахслар
шахсий намуна булиши керак деб хисоблаймиз!
Конун коидага буйсунмай юриш (Маданятли хайдовчи булмаслик) худдики бир жиноят содир этганлик даражасига олиб чикилиши шарт!
Show next 97 comments