Маданиятли ҳайдовчилар кўпайиши ва йўлларда автоҳалокатлар камайишига тилакдошман.

Аммо бу ўз-ўзидан бўлиб қолмайдику, тўғрими?

Йўлларда ўлимлар сонини камайтириш учун нималар қилишимиз керак? Сизнинг фикрингиз ва амалий таклифларингиз бўлса, изоҳларда қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

303 comments

Show 100 more comments
👑🅜🅤🅢🅛🅘🅜🅑🅔🅚 -👑
Конунлар хамма учун амал килса ва радар ва камераларни барча учун онлайн куриш имконияти берилса ва кулланилган маьмурий жазони хам ижросини жамоатчиликка куриш имконияти берилса камайса керак
Ko'pchilik avtomaktablarda o'qitish sifatini oshirish, davomatni tekshirish kerak deb taklif bildirishadi. Menimcha bundan hech narsa chiqmaydi. Guvohnoma olish uchun imtihon tizimini qayta ko'rib chiqish kerak. Imtihon topshirish OTMga kirishdagi imtihonlardan ham murakkab bo'lish kerak. Bunda,
1) Yo'l harakati qoidalari (belgilar, yo'l chiziqlari) bo'yicha alohida
2) Transport vositasida harakatlanish (vojdeniya)
3) Haydovchilik madaniyati (tirbandliklarda, qayrilishlarda, piyodalar o'tish joylarida va b.) bo'yicha vizual dasturiy imtihon qilish kerak.

Bundan tashqari yo'l qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni oshirish kerak. Qoidani buzdimi jarima to'lashi naqd bo'lish kerak. Bu tizimni raqamlashtirish kerak.
Hozirda kuzatuv kameralari faqat qizil chiroqni va tezlikni qayd etadi. Yo'l chiziqlarini bosish, no'to'g'ri qatorni almashtirish, noto'g'ri burilishlarni ham qayd qilish kerak.
Menimcha bizning madaniyatsiz haydovchilarimizni targ'ibot ishlari bilan insofga chaqirib bo'lmaydi. Faqat qat'iy jazolash orqali insofga kelishadi.

Men 10 yildan buyon ruldaman. Oxirgi besh yilda faqat bitta (uzluksiz yo'l yotiq chizig'ini bosish) jarima qo'llanilgan. Chunki, men xulosa qilganman "Jarimaga beriladigan pulni bola-chaqamga, oilam kam-ko'stiga ishlataman"
Ассалому алайкум ва рахматуллохи ва баракатух.
Abdualim Salimov
Йўл транспорт ҳодисаларининг 80 фоизи тезлик жуда баланд бўлганлигидан келиб чиқади. Магистрал йўллардаги тезликни тартибга солиш керак. Йингил машиналар учун майли 110 эмас 120 ёки 130 қилиб белгиласин ва радарлар, камераларни кўпайтирсин. Аҳоли яшамайдиган жойларда 160-180 км соат тезликда юради шафёрлар.
Бундан ташқари, магистрал йўлларда битта-иккита уй кўринса бўлди тезликни 70 қилиб белгилаб қўйишади. Аҳоли яшаш жойлари трассага яқин бўлмаган жойларни 80-90 қилиб белгилаш керакдир балки. Албатта, бу менинг шахсий фикрларим.
Assalomu alaykum.
Prava oliwda poroxorlikka cek qoysak ham .bular aslo kamyib qolmaydi.
Yollarimizni togrilaw kk.
Va gayilarni kopaytrb yollarda turuwi kk. Va ulani korganlar huwyor haydaydi.
Аввало таргибот ташвикот ишлари ва шу билан амалдорлар,
Жамоат ва давлат фаоллари таникли шахслар
шахсий намуна булиши керак деб хисоблаймиз!
Конун коидага буйсунмай юриш (Маданятли хайдовчи булмаслик) худдики бир жиноят содир этганлик даражасига олиб чикилиши шарт!
Нафосат Аманатовна
Ассалому алайкум .жуда огрикли нуктамиз бу тезлик.шу туфайли улимлар сони куп.АКШда дугонам яшайди 40 50 тезлик дан оширсак штраф тулаймиз дейди .бизда эса бемалол тезликни оширишади.Афгонистон уруш туфайли фарзандларини ташкарига чикариш учун курккан бир пайтда ,биз ЙТХ дан юрагимизни ховучлаб утирамиз .чунки тезлик анча баланд.демак штрафлани сонини купайтириш керак
28...Муқаддас Турсунова
Автомактабларда ўқишни катъий назоратга олиш керак.Чунки аксарият холларда шофёрлар ўқимасдан хайдовчилик гувоҳномасини олишябди.Йўл-транспорт ходисаларида Инструкторларни ҳам жавобгарликка тортиш керак,
Infrastrukturani yaxshilash kerak!!! Shunday joylar borki yo'l belgilari yaroqsiz xolatga kelgan, yo'l chiziqlari o'chib ketgan, svetafor noto'g'ri ornatilgan (biron belgi ortida qolib ketgan yoki daraxt to'sib qo'ygan), piyodalar yo'laklari bazi joylarda noto'g'ri o'rnatilgan yoki xavfsiz emas, shunga o'xshash bir nechta xatoliklar bor va biz bu xatolarni kimga aytishni bilmaymiz!!! Biron elektron platforma yaratib shu orqali murojaat qilinganda yuqoridagiga o'xshash xolatlarni tezkorlik bilan bartaraf qiluvchi tizim yaratish kerak.
Баходир Мирзаев
Ассалому алайкум, Хушнудбек!
Сизга таклиф, шу https://yhxbb.uz сайтида статистика сахифасини юргизилмаетганлигини бир тахлил килиб курсангиз. Колаверса йул ходисаси окибатидаги улимлар сони халкаро статистика маълумотларига тугри келмайди, сабаб ходиса пайтидаги улимларни хисоблашади, ходисадан кейинги улимларни хисоблашмас экан.
Яна битта таклиф, нега миллий йул хавфсизлиги стратегиямиз йук?
Shaharda yurganda bu qaysa ko'cha ekan deb ko'pchilik qiynaladi va adashib ko'chalarni qidirib yuradi. Shu masalaga etibor qilish lozim xar bir ko'chaga nomini yozib chiqish va shox ko'chalarni qaysi ko'chalar bilan kesishgani to'g'risida axborot belgilarini o'rnatish kerak. Ko'priklardan o'tishda sxemalar bo'lishi kerak va xakozo...
o'qitishga jiddiy etibor berish kerak degan fikrlarga qo'shilgan holda , shuni taklif beramanki:
1. haydovchining aybi bilan inon jarohatlanishiga sababchi bo'lgan haydovchilarni qonun oldida javob berishi bilan birga haydovchilik huquqidan ham mahrum etish, haydovchilik guvohnomasini bekor qilish kerak. bunday haydovchi avtoboshqaruv huquqini qayta o'qib olishi kerak.
2. piyodalar harakatini ham qattiy nazoratga olish k.k.
Magistral yo'llarimizni joyiga qaytarishsin... Toshkent-Chinoz yo'li aslida magistral yo'l xisoblangan, chunki shunga moslab qurilgan. Etibor bersangiz bu yo'lda bironta razvarot bo'lmagan, buning uchun mostlar qurilgan. Xozir xoxlagan joyidan razvarot ochib, magistral yo'l yoqasiga "xo'ja ko'rsinga" bir qator uylar qurib tashlashmoqda. Buyam ertaga boshqa muammolarni olib kelishiga sabab bo'ladi
☆Go‘zal☆
Тугри права олди танишим 1 кун хам укишига бормасдан
Bzani guruxda taxminan 25 nafar oquvchi bolsa
2 yoki 3 kishi o'zimiz oldik
Qolganlar sotvoliwti
Qando bilmiman
Corrupsyaga judda qarwiman
Фарзандларни камтар ва босик килиб тарбиялаш, хайдовчилик гувохномаси олишни кийинлаштириш, жарима ва жазони огирлаштириш керак, бошкалари фойдасиз
Avvalo yo'llar tekis bo'lishi kerak. Islohotni tepadan boshlash kerak.
Қиличбек
Avto maktabda o‘qishni kuchaytirish kerak birinchi urinda keyin faqat qoyda iznaklarni urgatish bilan ish bitmaydi bir birga hurmatni o‘qtirish kerak masalan rassiyada bir palasadan ikkinchisiga utmoqchi bulsaiz yonga qayrilish chiroqni yoqsaiz yonizdagi yoki orqadagi mashina sekinlashib yul beradi bizda esa uziz bir amallab qoshilib olasiz, avto maktabda shularni ham tushintirib utish kerak.
Буни йули жуда хам осон аммо иложи йук
1чи уринда кора малибуларни хам жазога тортиш кк
2 чи телни нариги тамонидаги инсонни хам жазолаш кк
3чиси имтихонларни ракамлаштириш кк булди
Қиличбек
Piyodalarga ham sharoit yaratish kerak kup hollarda piyodalar yulda yuradi piyodalar yulagi yuq kup joylarda, keyin qoydani kopincha piyoda buzadi yulni kesib utadi bungayam chora kurish kerak, kerak bulsa jarimaga tortish kerak gayilar bunga ahamiyat ham bermaydi
Yollarimiz tekis bulishi kerak
Show next 82 comments