Тестсиз ўтган 1 август
Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!
Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.
Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба
1 август куни тест синовлари ўтказилмади.
Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.
Изоҳларда фикрларингизни кутаман.
👉 @xushnudbek 👈
Lekin hozir shuncha to'siqlarni yengib o'tganimga o'zimdan faxrlanib, hayratlanib ham qolaman.
Hozir abitruyentlar un sharoitlar ancha yaxshi, faqat bilim tarozida. Ularga o'qishda aslo g'ayratni so'ndirmaslikni va omad tilayman.
2- imtihon 1-avgust Buxoro eng oson tekshiruv passport ichidagi spravkamni olib qo'yib o'tkazishgan , 1 qop shpargalka bn kirib ketganman imtihonga . Mazza qilib shpargalka ishlatishga sharoit bo'lgandi.
2017-yilda savollar sal osonlashtirilganligi sabab bir amallab o'qishga kirdim ammo lekin biroooq ismini to'g'ri yoza olmaydiganlar bilan 1 patokda o'qish nasib qildi superkontrakt sharofati bilan.
Abituriyentlar uchun "keraksiz" maslahat- iloji boricha Top-1000dagi universitetlarni tanlang . 4-5 yillik umrni faqat baxo va keraksiz qog'ozbozlik , 1 parcha diplom uchun sarflamang.
P.s. O'zbekistondan boshqa davlatda o'qishga sharoitingiz bo'lmasa ingliz tilini o'rganib o'zingizga yoqqan kasbni internet orqali o'rganing yoki masofaviy ta'lim oling . Ota- onanggizning peshona teri bilan topgan pullarini havoga sovurmang, talaba bo'lgandan keyin 90% talaba oliy ta'limni shuncha harakat va xarajatga arzimasligini tushunib 1 marta bo'lsa ham afsuslanishadi.
Insha olloh yaxshi niyati xolislarga xam nasib etsin