Тестсиз ўтган 1 август
Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!
Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.
Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба
1 август куни тест синовлари ўтказилмади.
Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.
Изоҳларда фикрларингизни кутаман.
👉 @xushnudbek 👈
2- imtihon 1-avgust Buxoro eng oson tekshiruv passport ichidagi spravkamni olib qo'yib o'tkazishgan , 1 qop shpargalka bn kirib ketganman imtihonga . Mazza qilib shpargalka ishlatishga sharoit bo'lgandi.
2017-yilda savollar sal osonlashtirilganligi sabab bir amallab o'qishga kirdim ammo lekin biroooq ismini to'g'ri yoza olmaydiganlar bilan 1 patokda o'qish nasib qildi superkontrakt sharofati bilan.
Abituriyentlar uchun "keraksiz" maslahat- iloji boricha Top-1000dagi universitetlarni tanlang . 4-5 yillik umrni faqat baxo va keraksiz qog'ozbozlik , 1 parcha diplom uchun sarflamang.
P.s. O'zbekistondan boshqa davlatda o'qishga sharoitingiz bo'lmasa ingliz tilini o'rganib o'zingizga yoqqan kasbni internet orqali o'rganing yoki masofaviy ta'lim oling . Ota- onanggizning peshona teri bilan topgan pullarini havoga sovurmang, talaba bo'lgandan keyin 90% talaba oliy ta'limni shuncha harakat va xarajatga arzimasligini tushunib 1 marta bo'lsa ham afsuslanishadi.
Insha olloh yaxshi niyati xolislarga xam nasib etsin
Siz ham bir biz kabi sessiyalarda adolatsizliklarni korib his qiling talabalikni
Sessiyadan qutulgan paytda sizdan baxtli inson qolmasin
Yaxshilab tayyorlanib boring uyda mustaqil
Chalg'imang befoyda narsalarga
Man imtixonga oxirgi 3 kun qolganda uhlamay kitoblani qaytarganman
Aslida ustozimiz oxirgi 3 kun faqat uhlab chiroyli dam olinglar deganla
Lekin man aksini qilganman va bundan afsuslanmayman kitoblani oqib qaytarib sal ozimga iwonchim ortgan