Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
2 marta 1-avgust sinovidan o'tishga to'g'ri kelganligini eslashni o'zi daxshat. 1-martada dadamga va'da berganim uchun shpargalka ishlatmaganim uchun yiqilganman ( Abituriyentlarga maslahat o'z bilimingga ishon deyishsa ishoning lekin shpargalkasiz imtihonga kira ko'rmang - urushga avtomatsiz borgan askarga o'xshab qolasiz, chunki tekshiruv eeeeng qattiq bo'lganda ham shpargalka olib kirishni uddalaydiganlar juda ko'p va ular sizdan talaba bo'lish imkonini olib qo'yishlari mumkin)
2- imtihon 1-avgust Buxoro eng oson tekshiruv passport ichidagi spravkamni olib qo'yib o'tkazishgan , 1 qop shpargalka bn kirib ketganman imtihonga . Mazza qilib shpargalka ishlatishga sharoit bo'lgandi.
2017-yilda savollar sal osonlashtirilganligi sabab bir amallab o'qishga kirdim ammo lekin biroooq ismini to'g'ri yoza olmaydiganlar bilan 1 patokda o'qish nasib qildi superkontrakt sharofati bilan.
Abituriyentlar uchun "keraksiz" maslahat- iloji boricha Top-1000dagi universitetlarni tanlang . 4-5 yillik umrni faqat baxo va keraksiz qog'ozbozlik , 1 parcha diplom uchun sarflamang.
P.s. O'zbekistondan boshqa davlatda o'qishga sharoitingiz bo'lmasa ingliz tilini o'rganib o'zingizga yoqqan kasbni internet orqali o'rganing yoki masofaviy ta'lim oling . Ota- onanggizning peshona teri bilan topgan pullarini havoga sovurmang, talaba bo'lgandan keyin 90% talaba oliy ta'limni shuncha harakat va xarajatga arzimasligini tushunib 1 marta bo'lsa ham afsuslanishadi.
Маматалиева Шахноза Ғуломовна
Noble abc...
TAVBA, KULGIM KELYAPTI, BIR YG'LAGIM KELYAPTI... NEGA?! BU YERDA YOZYOTGANLARNI DEYARLI HAMMASI, AYRIMLARI DEYLIK SHAFFOF, "bunkersiz" , "telefonsiz", "shpargalkasiz" UMUMAN "HAQQONIY" KIRGANINI YOZISHYAPTI... "TARIXNI G'OLIBLAR YOZADI" DEGAN GAP BORLIGIGA ISHONAMAN.
Ассалому алайкум. 1999 йилда бункер деган сўз бўлмаган биз ўз билмимиз билан кирганмиз. Биз ўқиган даврларда лицейлар ЯНГИ очилган давр бўлган деярли 100% бюджетга кирарди битирганлар
Холбоева К
Menga Esa 1avgust birinchi yil dan Omad olib kelgan.har doimy duolarimda yiqilish hissini tuymay derdim Allohga shukur.buyil tugatdim.Nasib bòlsa magistranturaga tayyorgarlik.Alloh Barcha mehnat qilgan abutirentlarga omad Bersin
Yiqilgandim😢
3- марта абитуриент булишим🤣😂😂😂 😃😃😄😄😄😃😄😄😃😃
Bahodir
tugatganman
Voy qanday yaxshi
Insha olloh yaxshi niyati xolislarga xam nasib etsin
Tòģrisi testga tayyorlanaverish shartli refleksga aylangan ekan test topshirib kelgandan keyin kechki payt nima qilishga hayron bòlib òtirganman😅. Ollohga shukur mehnatlarim halol bolib 1-yilning òzida talaba bolganman.
ривожланган давлатларда булганидака онлайн тест килса бумидими, еки айримларни кармонлари буш коладими, еки биза хали бунга тайермасмизми
Ман учун 1-августни қизиғи йўқ, 2012 йил тестлар 2-август куни бўлганди ва бир уринишда киргандим
H.Abdurahmonova
Birinchi o‘rinda sog‘liq qolgani bo‘laveradi.
Mani yon atrofimda tavakkalchilar òtirgandi, rosa ikki soat vaqt ketkazib titul varaqni san'at asari ustida ishlayotganday qilib bòyab chiqib ketishgandi, savollar kitobchasini ochib ham kòrishmagandi. Qolgan bir soatida bitta partada bir òzim xon òzim sulton bòlib yayrab test ishlagandim 😊😊😊 1- grant bòganman 😊😊😊
Сайёра Рузимурадова
Ассалому алайкум. Мен хам бугун бомдодга турганимда, 1 август хотираларимни эслагандим.5 та фарзандим олийгохга имтихон топширганида то имтихондан чикгунча Оллохдан ёрдам сураб дуо килиб утирганман.Оллохга шукур хаммаси укишга кириб битирди.Хозирги абитуриентларга енгиллик бор.5та жойни танлайдилар.Мени фарзандларимда 1та имконият бор эди.Мехнат килиб тайерланган абитуриентларга омад тилайман.Оллох имтихонда аклини уткир, фикрини теран килсин, омадини берсин🤲
Ismailova...
Abituryent
Unda sizga shu yil talabalik baxtini tilab qolaman
Siz ham bir biz kabi sessiyalarda adolatsizliklarni korib his qiling talabalikni
Sessiyadan qutulgan paytda sizdan baxtli inson qolmasin
Yaxshilab tayyorlanib boring uyda mustaqil
Chalg'imang befoyda narsalarga
Man imtixonga oxirgi 3 kun qolganda uhlamay kitoblani qaytarganman
Aslida ustozimiz oxirgi 3 kun faqat uhlab chiroyli dam olinglar deganla
Lekin man aksini qilganman va bundan afsuslanmayman kitoblani oqib qaytarib sal ozimga iwonchim ortgan
Hayrullo
Assalomu alaykum hammaga men uchun 1 avgustni hayotimda oʻrni juda katta 100 oʻquvchilarim shu kuni talaba boʻliwgin baribir gawti boʻlakcha edi. Ollohga shukur magistraturani ham bitirganman sohami yaxshi koʻraman.
Show next 100 comments